“Maʼmuriy jarimalarni toʻlashda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 332-1-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida (3077-IV-son)
04.04.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Maʼmuriy jarimalarni toʻlashda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 332-1-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari O. TOJIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 4-aprel,
3077-IV-son
