Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining rasmiy matnini nashr qilish toʻgʻrisida (3154-IV-son)
10.05.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qoʻshma qarori
Joriy yil 30-aprel kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi rasmiy matni nashr qilinishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining rasmiy matnini nashr qilish boʻyicha ishchi guruh (bundan buyon matnda Ishchi guruh deb yuritiladi) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ishchi guruh bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining rasmiy matnini oʻzbek (kirill va lotin alifbosida), qoraqalpoq (kirill va lotin alifbosida), rus va ingliz tillarida nashr qilishga tayyorlasin.
3. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) Ishchi guruh tomonidan tayyorlangan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining rasmiy matni 2023-yilning 1-iyuniga qadar nashr qilinishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining rasmiy matnini nashr qilish uchun zarur miqdorda mablagʻ ajratsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 10-may,
3154-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2023-yil 10-may,
KQ-497-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 10-maydagi 3154-IV/KQ-497-IV-sonli Qoʻshma qaroriga ILOVA
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining rasmiy matnini nashr qilish boʻyicha ishchi guruh
TARKIBI
Narbayeva Tanzila Kamalovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, ishchi guruh rahbari Umarov Nariman Madjitovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Shirinov Djahongir Djabborovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi Abdusalomov Mirza-Ulugʻbek Elchiyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi (kelishuv asosida) Xodjayev Asadjon Azatbekovich — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Ikramov Muzraf Mubarakxodjayevich — Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari Fazilov Gʻayrat Gʻaniyevich — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Saparbayev Rustam Tursinbayevich — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgi Kengesi Raisining oʻrinbosari (kelishuv asosida) Nurmatov Nizamitdin Nuritdinovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni Tarjima va tahrir boʻlimining mudiri, ishchi guruh kotibi
