2023-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (195-son)
11.05.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-maydagi PQ-4302-son qaroriga muvofiq sanoat mahsulotlari bozorining barcha qatlamlaridagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni maqsadli jalb qilish, manfaatdor doiralarga respublikada ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari turlari, texnik tavsiflari va sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisida maʼlumot berish orqali dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda muntazam ravishda sanoat yarmarkalarini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2023-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini oʻtkazish reja-jadvali 1-ilovaga muvofiq;
2023-yilda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
2023-yilda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlarning namunaviy tarkibi 3-ilovaga muvofiq;
2023-yilda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari rejasi 4-ilovaga muvofiq;
2023-yilda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar ushbu yarmarkalarni tashkil etuvchi hamda ularda ishtirok etuvchi tadbirkorlik subyektlarining oʻz mablagʻlari hisobidan mustaqil ravishda amalga oshirilishi inobatga olinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portali (keyingi oʻrinlarda — Portal) orqali:
kelgusida respublikadagi iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarning alohida turlari boʻyicha roʻyxatni shakllantirsin va doimiy ravishda yangilab borsin;
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning salohiyatini yanada samarali amalga oshirish uchun hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasida ishtirok etadigan korxonalar roʻyxatini oldindan aniqlash va Portal orqali onlayn roʻyxatdan 10 kun oldin oʻtkazishni taʼminlasin;
yarmarka yakunlari boʻyicha tuzilgan shartnomalar va memorandumlar toʻgʻrisidagi kelishuvlar bajarilishining monitoringini tashkil etsin;
hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarida yagona ishtirokchi sifatida nogironligi boʻlgan shaxslarning hamda jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslarning oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotlari bilan qatnashishi uchun tegishli joylar ajratilishini taʼminlasin, ularning ishtiroki bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarni hal etish choralarini koʻrsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi:
xorijiy korxonalarni va xorijiy ishtirokchilarni 2024-yil uchun mahsulot yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzish rejalashtirilgan hududiy va respublika sanoat yarmarkalari toʻgʻrisida xabardor qilsin hamda ularni sanoat yarmarkalarida ishtirok etishga taklif qilsin;
xorijiy investorlarning hududiy hamda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalariga faol jalb qilinishini taʼminlasin;
iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijga sotish boʻyicha yarmarka doirasida eksport shartnomalarini tuzish imkoniyatini yaratsin;
xorijiy investorlarni hududiy hamda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalariga faol jalb qilgan holda ular bilan aloqalar oʻrnatsin, eksport masalalari boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlariga va hududiy korxonalarga maslahat bersin.
4. Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 16-fevraldagi PQ-57-son qarori ijrosini jadallashtirish maqsadida barcha hududiy yarmarkalarga mahalliy qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlab chiqaradigan va yetkazib beradigan tashkilotlar faol jalb etilishini;
mazkur qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarmoqlararo sanoat yarmarkalarida yangi va innovatsion mahsulotlari, startap ishlanmalari va taqdimotlari bilan faol ishtirok etsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalarning hududiy hamda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarida ixtiyoriy ravishda faol ishtirok etishlariga koʻmaklashsin;
sanoat yarmarkalari yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritilishini hamda imzolangan shartnomalarning ijro holati Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisida muhokama qilinishini tashkil etsin.
7. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 24-yanvardagi PQ-99-son qarori asosida ishlab chiqarish tashkil etilgan, ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulotlarni (xizmatlarni) iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar tomonidan reklama qilishda chegirmalar berish;
hududiy va respublika sanoat yarmarkalari hamda Portal faoliyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 11-may,
195-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-maydagi 195-son qaroriga 1-ILOVA
2023-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini oʻtkazish
REJA-JADVALI
T/r Hudud nomi Sanoat yarmarkasining ixtisoslashuvi Oʻtkazish muddati I. Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalari 1. Samarqand viloyati Turizm, gastronomik turizm, oziq-ovqat sanoati, mebelsozlik va elektrotexnika sanoati hamda gilam mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha 2023-yil 30-31-may 2. Fargʻona viloyati Toʻqimachilik va ipakni qayta ishlash, charm-poyabzal, mebelsozlik, neft va gaz, kimyo sanoati, qurilish materiallarini ishlab chiqarish boʻyicha 2023-yil 15-16-iyun 3. Andijon viloyati Qurilish materiallari, toʻqimachilik, avtomobilsozlik, elektrotexnika, farmatsevtika sanoati, mebelsozlik, kimyo sanoati, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha 2023-yil 6-7-iyul 4. Namangan viloyati Toʻqimachilik, charm-poyabzal, qurilish materiallari, elektr energetikasi, elektro-texnika, oziq-ovqat va mebelsozlik sanoati boʻyicha 2023-yil 20-21-iyul 5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tabiiy va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash, neft-kimyo sanoati mahsulotlari, qurilish materiallari, mebelsozlik, elektr energetikasi va elektrotexnika mahsulotlari sanoati boʻyicha 2023-yil 3-4-avgust 6. Surxondaryo viloyati Qishloq xoʻjaligi va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish materiallari, dorivor oʻsimliklarni qayta ishlash sohalari va oziq-ovqat sanoati boʻyicha 2023-yil 24-25-avgust 7. Navoiy viloyati Togʻ-kon metallurgiyasi, elektrotexnika, energetika va kimyo sanoati va qurilish materiallari boʻyicha 2023-yil 7-8-sentabr 8. Xorazm viloyati Turizm, turizm sohasi uchun toʻqimachilik mahsulotlari, transport va logistika, avtomobilsozlik, qishloq xoʻjaligi texnikasi, mebelsozlik sanoati boʻyicha 2023-yil 21-22-sentabr 9. Qashqadaryo viloyati Neft va gaz sanoati, elektr-energetikasi, kimyo sanoati, charm-poyabzal, toʻqimachilik, elektrotexnika va farmatsevtika sanoati boʻyicha 2023-y�l 5-6-oktabr 10. Toshkent viloyati Metallurgiya, kimyo sanoati, elektr energetikasi, elektrotexnika, qurilish materiallari va qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarish boʻyicha 2023-yil 19-20-oktabr 11. Sirdaryo viloyati Kimyo sanoati, charm-poyabzal, toʻqimachilik va ipakni qayta ishlash, qurilish materiallari, mebelsozlik va farmatsevtika sanoati boʻyicha 2023-yil 2-3-noyabr II. Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi 12. Toshkent shahri Respublikaning barcha tarmoqlari tomonidan 2024-yil uchun buyurtmalar portfelini shakllantirish 2023-yil 12 — 15-dekabr
Izoh: Ishchi guruhga sanoat yarmarkalarining iqtisodiy ixtisoslashuviga va ularni oʻtkazish muddatiga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-maydagi 195-son qaroriga 2-ILOVA
2023-yilda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tarkibi
1. L.Sh. Kudratov — investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri, ishchi guruh rahbari 2. N.Q. Xolmurodov — investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari 3. D.S. Kasimov — Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil 4. E.J. Xamrayev — tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari 5. I.I. Norqulov — iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari 6. J.T. Maxsudov — raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari 7. D.A. Vahobov — Savdo-sanoat palatasi raisi 8. D.N. Sattarov — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori 9. U.X. Muradov — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi bosh direktori 10. S.Z. Mirzayev — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti 11. O.M. Saidxonov — “Oʻzekspomarkaz” AJ boshqaruvi raisi 12. Sh.X. Sodikov — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazi direktori, ishchi guruh kotibi 13. Z.O. Tursunov — Toshkent shahar hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisi, ishchi guruh kotibi
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-maydagi 195-son qaroriga 3-ILOVA
2023-yilda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlarning namunaviy tarkibi
1. Lavozimiga koʻra — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ishchi guruh rahbari 2. Lavozimiga koʻra — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha yordamchilari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari 3. Lavozimiga koʻra — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari 4. Lavozimiga koʻra — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari — investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi 5. Lavozimiga koʻra — Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi boshligʻi 6. Lavozimiga koʻra — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimidagi tashkilotning hududiy filiali boshligʻi 7. Kelishuv asosida — hududlardagi iqtisodiyot tarmoqlari rahbarlari
Izoh: Ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-maydagi 195-son qaroriga 4-ILOVA
2023-yilda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish
ChORA-TADBIRLARI REJASI
T/r Chora-tadbir nomi Bajarish muddati Masʼullar Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalari 1. Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarida (keyingi oʻrinlarda — sanoat yarmarkalari) ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi hududiy korxonalar, shu jumladan, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ishtirokini taʼminlash maqsadida ularni xabardor qilish va jalb etish. Yarmarkalarni oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatdan bir oy oldin Investitsiyala�, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 2. Sanoat yarmarkalarida ishtirok etadigan iqtisodiyot tarmoqlari, xorijiy investorlarni hamda hududiy korxonalar roʻyxatini shakllantirish. Yarmarkalarni oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatdan bir oy oldin Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 3. Iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar, shu jumladan, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan namoyish etiladigan yangi turdagi mahsulotlar shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari tomonidan import qilinadigan mahsulotlar (xomashyo, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, uskuna va materiallar) roʻyxatini shakllantirish hamda Raqamli transformatsiya markazining Elektron kooperatsiya portali (keyingi oʻrinlarda — Portal) orqali mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarga yetkazish. Yarmarkalarni oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatdan bir oy oldin Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 4. Respublikada faoliyat yuritayotgan korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sanoat yarmarkalarida namoyish etish maqsadida ular toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotni Portalga joylashtirish. Sanoat yarmarkalarini oʻtkazish vaqtida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 5. Koʻrgazma stendlarining maketlarini hamda sanoat yarmarkalarini oʻtkazish dasturini ishlab chiqish. Unda sanoat yarmarkalarining ochilish va yopilish marosimlari ssenariysini, hududiy korxonalar, jumladan, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillarining taqdimotlarini nazarda tutish. Yarmarkalarni oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatdan 10 kun oldin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 6. “Oʻzekspomarkaz” AJ bilan hamkorlikda sanoat yarmarkalari ishtirokchilarining koʻrgazma stendlarini joylashtirish hamda dizaynini ishlab chiqish boʻyicha amaliy choralar koʻrish. Bunda koʻrgazma stendlarida joylashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarilayotgan, ishlab chiqarilishi oʻzlashtiriladigan hamda ishlab chiqarilishi tavsiya etiladigan mahsulotlarga ajratgan holda joylashtirishni taʼminlash. Sanoat yarmarkalarini oʻtkazish vaqtida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 7. Iqtisodiyot tarmoqlarining ishlab chiqarish faoliyatida talab etiladigan mahsulotlarga (xomashyo, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, uskuna va materiallar) boʻlgan ehtiyojlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻyicha taqdimotlar oʻtkazilishini hamda ularning Portal orqali yoritib borilishini taʼminlash. Sanoat yarmarkalarini oʻtkazish vaqtida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi 8. Sanoat yarmarkalari oʻtkaziladigan hududni, jumladan, taqdimotlar, muzokaralar hamda hamkorlik shartnomalari imzolanadigan joylarni tayyorlash va bezash. Yarmarkalarni oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatdan toʻrt kun oldin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 9. Koʻrgazma stendlarini loyihalashtirish, oʻrnatish ishlarini yakunlash. Yarmarkalarni oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatdan toʻrt kun oldin Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 10. Sanoat yarmarkalari davomida Portal orqali mahsulotlarni sotish va xarid qilish boʻyicha hamkorlik shartnomalari hamda import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha texnik jihatdan hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi memorandumlarni imzolash. Sanoat yarmarkalarini oʻtkazish vaqtida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshke�t shahar hokimliklari 11. Sanoat kooperatsiyasi boʻyicha tuzilgan shartnomalar soni, ishlab chiqarish moʻljallangan mahsulot turlari, shuningdek, yangi yuqori texnologik mahsulotlar, innovatsion ishlanmalar va boshqa koʻrsatkichlar boʻyicha eng yaxshi natijalarga erishgan sanoat yarmarkalari ishtirokchilarini ragʻbatlantirish. Sanoat yarmarkalarini yakunlash vaqtida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 12. Sanoat yarmarkalari yakunlari boʻyicha bajarilgan ishlar va erishilgan natijalar, jumladan, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tayyorlash va ishchi guruhga taqdim etish. Sanoat yarmarkalarini yakunlash vaqtida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 13. Sanoat yarmarkalarini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhning yigʻilishini tashkil etish. Yigʻilishda sanoat yarmarkalari natijalarini muhokama qilish, yangi turdagi mahsulotlarni oʻzlashtirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish ishlarini yanada takomillashtirish hamda belgilangan samaradorlikka erishish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Sanoat yarmarkalari yakunlanganidan soʻng uch kun muddatda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududiy korxonalar oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va kengaytirib borish, shuningdek, ushbu jarayonda kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokini faollashtirish toʻgʻrisida taklif ishlab chiqish 14. Iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar tomonidan quyidagi maʼlumotlarni Portalda joylashtirish hamda ularning doimiy ravishda yangilanib borishini taʼminlash, xususan: ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, oʻzlashtiriladigan ya?gi turdagi mahsulotlar, barqaror talabga ega hamda rivojlanish istiqbolli boʻlgan korxonalar import tovarlari toʻgʻrisida; hamkorlik aloqalarini oʻrnatishda masʼul boʻlgan rahbarlar toʻgʻrisida. Doimiy ravishda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 15. Sanoat yarmarkalari natijalariga koʻra ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi boʻyicha takliflarni xatlovdan oʻtkazish, sanoat kooperatsiyasi doirasida mahsulot yetkazib berish boʻyicha shartnomalar reyestrini va import oʻrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish memorandumlarini shakllantirish. Tayyorlangan maʼlumotlarni ishchi guruhga kiritish. Sanoat yarmarkalarini oʻtkazish vaqtida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar 16. Iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar tomonidan import qilinadigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni ishlab chiqarish jarayoniga kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqish. Tayyorlangan maʼlumotlarni ishchi guruhga kiritish. Sanoat yarmarkalarini oʻtkazish vaqtida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 17. Import tarkibi va ichki bozor ehtiyojlari tahlili asosida ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish uchun tavsiya etilayotgan mahsulotlar boʻyicha kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga buyurtma berish. Sanoat yarmarkalarini oʻtkazish vaqtida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 18. Hududiy korxonalarga, shu jumladan, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga quyidagi masalalarda yordam koʻrsatish: ularga boʻsh bino va inshootlarni, foydalanilmayotgan texnologik uskunalarni va yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun asbob-uskunalarni ijaraga berish; oʻzlashtirilayotgan mahsulotlar uchun texnik parametrlar va sifat talablarini muvofiqlashtirib borish. Doimiy ravishda Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-maydagi 195-son qaroriga 5-ILOVA
2023-yilda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha
ChORA-TADBIRLARI REJASI
T/r Chora-tadbir nomi Bajarish muddati Masʼullar 1. Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika sanoat yarmarkasi) doirasidagi takliflar asosida iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar, shu jumladan, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishni oʻrganish, import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni jalb qilishda mahalliy korxonalar va xorijiy investorlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish. 2023-yil mart — noyabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar 2. Ixtisoslashgan tashkilotlarning respublika sanoat yarmarkasida yangi aloqalar va hamkorlik aloqalarini rivojlantirish doirasida yangi texnologiyalar va ishlab chiqarish loyihalarini, shuningdek, talab etiladigan mahsulotlar boʻyicha takliflarni taqdim etish. 2023-yil mart — noyabr Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 3. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish tadbirlari doirasida yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, mahsulotning texnik parametrlari va sifat koʻrsatkichlarini takomillashtirish yoʻllarini ishlab chiqish. Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish doirasida Vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi 4. Sanoat kooperatsiyasi asosida mahsulot yetkazib berish boʻyicha Portal orqali tuzilgan shartnomalarning reyestrini shakllantirib borish. 2023-yil mart — noyabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 5. Respublikada faoliyat yuritayotgan korxonalarga va xorijiy investorlarga respublika sanoat yarmarkasida ishtirok etish uchun taklifnomalar yuborish. 2023-yil 1-noyabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirlig� 6. Respublika sanoat yarmarkasida ishtirok etish uchun ariza berish, yarmarkada ishtirok etadiganlar roʻyxatini shakllantirish, stend eskizlari bilan tanishish, shuningdek, yarmarka ishtirokchisining yangi va namoyish etadigan mahsuloti turlarini Portal orqali onlayn tarzda joylashtirish tizimini ishga tushirish. 2023-yil 1-noyabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 7. Stendlarni loyihalashtirish va joylashtirishni respublika sanoat yarmarkasi ishtirokchilari bilan kelishish. 2023-yil 10-noyabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, vilo�tlar va Toshkent shahar hokimliklari 8. Respublika sanoat yarmarkasida tuzilgan shartnomalar doirasida mahsulotlarni yetkazib berishning prognoz parametrlarini aniqlash va Respublika sanoat yarmarkasini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhga tasdiqlash uchun taqdim etish. 2023-yil 10-noyabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 9. Respublika sanoat yarmarkasini oʻtkazish dasturini tayyorlash. 2023-yil 5-noyabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi 10. Respublika sanoat yarmarkasi ishtirokchilarining koʻrgazma stendlarini oʻrnatish va loyihalash ishlarini yakunlash. 2023-yil 15-noyabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 11. Respublika sanoat yarmarkasida iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilishi tavsiya etilgan mahsulotlar roʻyxati va ilgʻor xorijiy texnologiyalar taqdimoti asosida koʻrgazma stendlarini bezatish. 2023-yil 15-noyabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 12. Koʻrgazma stendlarini bezatish va yarmarka ishtirokchilariga standartlashtirish, sertifikatlash, moliyaviy xizmatlar boʻyicha maslahatlar berish. Respublika sanoat yarmarkasini oʻtkazish vaqtida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, tijorat banklari, sugʻurta va lizing kompaniyalari 13. Portalda yarmarka doirasida tuzilgan shartnomalar hajmi va sohalar boʻyicha tahliliy materiallarni tayyorlash. 2023-yil 20 — 24-noyabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Asosiy tadbirlar uchun joylarni tayyorlash 14. Respublika sanoat yarmarkasi tadbirlarini oʻtkazish uchun yarmarka hududini, 1 — 4 pavilonlarni, 1,2-Atrium va konferensiyalar zalini tayyorlash, yoʻlaklarini kovrolan gilamlari bilan bezash. 2023-yil 15-noyabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 15. Respublika sanoat yarmarkasi haqidagi videorolikni, logotip va bannerlar dizaynini tayyorlash. 2023-yil 1-noyabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 16. Shartnomalar va memorandumlar imzolash uchun zonalar va “V2V” zonalarini jihozlash, onlayn shartnomalarni imzolash uchun ishtirokchilarini kompyuter orgtexnikasi bilan taʼminlash. 2023-yil 15-noyabr Toshkent shahar hokimligi 17. Elektr taʼminoti, zaxiradagi yoritish uskunalari, konditsioner, aloqa, telekommunikatsiya tizimlari hamda koʻrgazma majmuasi va konferensiyalar zalini tayyorlash. 2023-yil 10-noyabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi 18. Koʻrgazma majmuasining tashqi hududini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish. 2023-yil 10-noyabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 19. Respublika sanoat yarmarkasi davomida shartnomalar va memorandumlarni roʻyxatga olish joylarini shuningdek, matbuot markazini oʻrnatilgan tartibda zarur Internet (Wi-Fi) bilan taʼminlash. 2023-yil 18 — 24-noyabr Raqamli texnologiyalar vazirligi 20. “Oʻzekspomarkaz” AJ hududida respublika sanoat yarmarkasi oʻtkaziladigan joylarda yongʻin xavfsizligini taʼminlash. 2023-yil 20 — 24-noyabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi 21. Respublika sanoat yarmarkasining ochilish va yopilish marosimi joylarini rasmiylashtirish, shu jumladan, gullar bilan bezash, zarur asbob-uskunalar (ovoz kuchaytirgich apparaturasi, keng formatli monitorlar va proyektorlar) bilan taʼminlash hamda tadbir davomida taqdimotlar oʻtkazish. 2023-yil 18 — 24-noyabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi 22. Respublika sanoat yarmarkasining ochilishi va yopilishida madaniy tadbirlarni tashkil etish. 2023-yil 20 — 24-noyabr Madaniyat va turizm vazirligi 23. “�zekspomarkaz” AJ barcha pavilonlarida taqdimotlarni namoyish etish va jonli efirga uzatishni taʼminlash. Respublika sanoat yarmarkasini oʻtkazish vaqtida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 24. Respublika sanoat yarmarkasi oʻtkaziladigan joylarda jamoat tartibini saqlash. Respublika sanoat yarmarkasini oʻtkazish vaqtida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Milliy gvardiya, Toshkent shahar IIBB Reklama kampaniyasi, ommaviy axborot vositalarida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish haqida axborotlarni keng jamoatchilikka yetkazish 25. Iqtisodiyot tarmoqlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rasmiy veb-saytlarida, shuningdek, Portalda Respublika sanoat yarmarkasi haqidagi reklamalarni joylashtirish. 2023-yil 10-noyabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 26. Respublika sanoat yarmarkasi oʻtkazilishi haqida audio va video formatda reklama lavhasini ishlab chiqish hamda markaziy televideniye va radio kanallar orqali yoritib borish. 2023-yil oktyabr-noyabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 27. Respublika va hududiy sanoat yarmarkasi doirasida rejalashtirilgan tadbirlar haqida ommaviy axborot vositalarida, jumladan, markaziy va hududiy bosmaxonalar, shuningdek, radio va teleradiokanallarda reklamalarni joylashtirish. 2023-yil iyun — oktyabr 2023-yil 10 — 20-noyabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 28. Respublika sanoat yarmarkasi tadbirlari, ularni amalga oshirishning maqsad va vazifalari, kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish boʻyicha korxonalar tajribasi haqidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. Yarmarkalarni oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatlarda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 29. “Oʻzekspomarkaz” AJ hududida Respublika sanoat yarmarkasi toʻgʻrisidagi bannerlarni tayyorlash va oʻrnatish. 2023-yil 15-noyabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 30. Respublika sanoat yarmarkasi oʻtkazilishi haqida reklama bannerlarini chop etish va joylashtirish. 2023-yil 15 — 18-noyabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 31. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlarining markaziy koʻchalari�agi elektron monitorlarda Respublika sanoat yarmarkasi haqida tayyorlangan reklama roliklarini koʻrsatib borish. 2023-yil 1 — 20-noyabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
