9-may-Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-143-son)
02.05.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqimiz asrlar davomida ogʻir sinovlarda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib kelgan.
Oʻz ozodligi, erkinligi yoʻlida kurashib, behisob qurbonlar bergan ota-bobolarimiz jasorati xotiramizdan hech qachon oʻchmaydi.
Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, jang maydonlaridan omon qaytgan bobolarimizga, front ortida ogʻir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan ajdodlarimizga mehr-oqibat koʻrsatish tom maʼnoda milliy anʼanaga aylandi.
Butun dunyoda millionlab insonlar halok boʻlishiga sabab boʻlgan, mislsiz yoʻqotishlar, talafot va musibatlarni olib kelgan Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixidagi eng dahshatli, qonli qirgʻin boʻlganligi bugun barchamizga maʼlum. Ushbu beshafqat urushda qatnashgan 2 millionga yaqin oʻzbekistonliklarning yarim milliondan ziyodi halok boʻlgani, urushdan qaytganlari ham butun umr urush dahshatlari yodi bilan yashab oʻtganliklarini xalqimiz aslo yodidan chiqarmaydi.
Mamlakatimizda 9-may — Xotira va qadrlash kunini umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaga hissa qoʻshgan barcha mehnat va urush faxriylariga hurmat-ehtirom koʻrsatish, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xotirasini abadiylashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ishchi guruh (A. Aripov):
Dasturda belgilangan madaniy-maʼnaviy tadbirlar, targʻibot aksiyalari, ijodiy kechalar, ommaviy sport musobaqalari va boshqa chora-tadbirlarning “Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi” shiori ostida oʻtkazilishini tashkil etsin;
yolgʻiz va kam taʼminlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turar joylarini taʼmirlash hamda obodonlashtirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi, mehnat fronti faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatsin.
Bunda, tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda harbiy qismlar komandirlari tomonidan ushbu toifadagi shaxslarni yoʻqlash uchun ularning yashash joylariga tashrif buyurish hamda ular koʻrsatgan mardlik va jasoratning ahamiyatini aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida targʻib qilish boʻyicha madaniy-maʼrifiy va vatanparvarlik tadbirlarini tashkil qilsin;
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan biryoʻla toʻlanadigan pul mukofotini tantanali ravishda topshirsin;
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tibbiy va ijtimoiy xizmat koʻrsatish, zarur dori vositalarini ajratish, ularni parvarish qilish maqsadida tibbiy xodimlarni (shartnoma asosida) biriktirgan holda, doimiy ravishda patronaj xizmatini tashkil qilsin;
1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarining oʻz xohishlariga koʻra respublika hududidagi sanatoriylarga bir nafar kuzatuvchisi bilan birga bepul yuborilishini taʼminlasin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan birgalikda:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, shahar va tumanlarda bayramga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
viloyatlardagi “Vatanparvarlar” bogʻlari va boshqa belgilangan joylarda harbiy texnikalar namoyishi, Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi kompozitsiyalar installyatsiyasini, shu jumladan urush yillarining qoʻshiq va kuylari ijro etilishi hamda tegishli sharoitlar yaratish bilan bogʻliq tadbirlarni tashkil etsin;
koʻchalar va maydonlarning 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan koʻrgazmali targʻibot vositalari bilan bezatilishini taʼminlasin.
4. Belgilansinki, oʻtkaziladigan tadbirlar hamda respublikaning turli hududlarida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylarining bayram marosimlariga transportda kelib-ketishi, mehmonxonalarda joylashishi, ovqatlanishi, madaniy hordiq chiqarishi bilan bogʻliq barcha xarajatlar, shuningdek, zarur hollarda tegishli kiyim-kechaklar bilan taʼminlanishi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti hamda mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobidan;
Toshkent shahrida — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hamda Toshkent shahri mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
5. Mudofaa vazirligi Toshkent shahrida 2023-yil 9-may kuni soat 21.00 da Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan bayram mushakbozligini tashkil qilsin.
6. Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiya tantanali tadbirlar oʻtkaziladigan hamda bayram mushakbozligi tashkil etiladigan joylarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrsin.
7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga bayramga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq jarayonlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 2-may,
PQ-143-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-maydagi PQ-143-son qaroriga 1-ILOVA
9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish
DASTURI
T/r Chora-tadbirlar Bajarish muddati Moliyalashtirish manbalari Masʼul ijrochilar I. Tashkiliy-amaliy tadbirlar 1. Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazish va ularga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkiliy ishchi guruhlarni tuzish. 2023-yil 3-may kuniga qadar - Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat va turizm vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Vatanparvar” tashkiloti 2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda barcha shahar va tumanlar markazlarida “Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi” shiori ostida kompleks tadbirlar oʻtkazish rejasini tasdiqlash va amalga oshirish. 2023-yil reja-jadval asosida - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat va turizm vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Mudofaa vazirligi 3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bayramga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarni oʻtkazish uchun shu hududda istiqomat qilayotgan taniqli fan arboblari, ijodkor ziyolilar, sportchilar, shu bilan birga, belgilangan tartibda shartnoma asosida madaniyat, sanʼat xodimlari ishtirokini taʼminlash, shuningdek, yoshlarni oʻz ortidan ergashtira oladigan faol yoshlardan iborat targʻibot-tashviqot va ijodiy guruhlarni tuzish. 2023-yil may - Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat va turizm vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi, Kinematografiya agentligi 4. “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida “Matonat madhiyasi” monumenti poyiga gulchambarlar qoʻyish marosimi oʻtkazilishi munosabati bilan: majmuaga olib boruvchi koʻcha va yoʻllarni taʼmirlash hamda majmua hududini obodonlashtirish, manzarali daraxt va gullar ekish, ularga shakl berish, majmuani bayramona bezatish, amfiteatr ustki qismini tozalash ishlarini tashkillashtirish; mehmonlarni kutib olish hududini va gulchambarlar qoʻyish joylarini tozalash uchun maxsus texnika (pol yuvish mashinasi)ni xarid qilish. 2023-yil may Toshkent shahri mahalliy budjeti mablagʻlari Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Toshkent shahri hokimligi 5. “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida Ikkinchi jahon urushi janglarida mardlik va jasorat, front ortida matonat hamda insonparvarlik namunalarini koʻrsatgan koʻp millatli Oʻzbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan buyuk Gʻalabani taʼminlashga qoʻshgan hissasi, yurtimizga evakuatsiya qilingan turli millat vakillari bagʻrikenglik bilan kutib olinishi singari tarixiy voqealarni aks ettiruvchi “Ulugʻ ajdodlardan meros — shijoat” nomli ekspozitsiyani yaratish. 2023-yil may — iyul oylarida Toshkent shahri maha?liy budjeti mablagʻlari Mudofaa vazirligi, Badiiy akademiya, Badiiy ijodkorlar uyushmasi 6. “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi hududida Ikkinchi jahon urushi davriga oid samolyot va zirhli texnikalar eksponatlariga texnik xizmat koʻrsatish va zarur taʼmirlash ishlarini tashkillashtirish. 2023-yil 5-may kuniga qadar “Uzbekistan Airways” AJ mablagʻlari va Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari va uning budjetdan tashqari mablagʻlari Transport vazirligi, “Uzbekistan Airways” AJ, Mudofaa vazirligi 7. “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi hududida joylashgan temir yoʻl vokzalidagi parovoz, vagonlar va temir yoʻllarga texnik xizmat koʻrsatish va zaruriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirish. 2023-yil 5-may kuniga qadar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mablagʻlari Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Mudofaa vazirligi 8. “Urush xotiralarda” ruknida oʻtkazilgan yozma ijodiy ishlar tanlovi gʻoliblarining ijodiy ishlari va “Oʻzbekistonliklarning Ikkinchi jahon urushida erishilgan gʻalabaga qoʻshgan hissasi” mavzusida oʻtkazilgan respublika ilmiy-nazariy konferensiya materiallari toʻplamini oʻz ichiga olgan “Xotiralarda jonlangan tarix” kitobini nashrga tayyorlash va chop ettirish. 2023-yil may Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari Mudofaa vazirligi, Badiiy akademiya, Badiiy ijodkorlar uyushmasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Milliy rassomlik va dizayn instituti 9. “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasining shon-sharaf.uz va warheroes.uz veb-saytlari dizaynini yangilash va uni Ikkinchi jahon urushi davri mavzusiga oid videoroliklar bilan boyitish. Majmuaning warheroes.uz veb-saytini yagona integrator UZINFOCOM xostingiga oʻtkazish, shuningdek, “Shon-sharaf” davlat muzeyida oʻrnatilgan infokiosklarni sensorli ekranda ishlashga moslashtirish va ularni masofadan boshqarish tizimini yaratish. Ikkinchi jahon urushi mavzusida yaratilgan videoroliklarni “Shon-sharaf” davlat muzeyi hududida namoyish etish uchun zamonaviy texnologiyalar yordamida 3D gologrammalar yaratish. 2023-yil may — iyul Toshkent shahri mahalliy budjeti mablagʻlari Mudofaa vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi II. Madaniy-maʼnaviy tadbirlar 10. Joylarda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, faxriylar tashkilotlari faollari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va faol yoshlar ishtirokida bayramga bagʻishlab tadbirlar tashkil etish. 2023-yil 7 — 9-may kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari mablagʻlari Madaniyat va turizm vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 11. Toshkent shahridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida joylashgan “Matonat madhiyasi” monumenti, Xotira maydonida joylashgan “Motamsaro ona” monumenti, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlaridagi “Motamsaro ona” monumentlari poyiga gulchambarlar qoʻyish marosimlarini tashkil etish. 2023-yil 7 — 9-may kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, vazirlik va idoralar 12. Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga, front orti mehnat faxriylariga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish maqsadida tegishli vazirlik, idora va boshqa tashkilot hamda harbiy qism va muassasa boshliqlari tomonidan ularning yashash joylariga tashriflarini uyushtirish. 2023-yil 3 — 9-may kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari mablagʻlari, vazirliklar va idoralarga ajratilgan budjet mablagʻlari va ularning budjetdan tashqari mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Vatanparvar” tashkiloti 13. Oʻsib kelayotgan yosh avlod vakillarini Vatanga muhabbat, sadoqat, mardlik va fidoyilik ruhida tarbiyalash maqsadida ular ishtirokida mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, aholining tinch va osoyishta hayotini taʼminlashda qahramonlik koʻrsatib, xizmat burchini bajarish vaqtida halok boʻlgan xizmatchilar oʻqigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ularga oʻrnatilgan byustlar poyiga gul qoʻyish. 2023-yil 3 — 9-may Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari, vazirliklar va idoralarga ajratilgan budjet mablagʻlari va ularning budjetdan tashqari mablagʻlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Vatanparvar” tashkiloti 14. “Koʻp millatli Oʻzbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushi yillarida front va front ortida koʻrsatgan beqiyos jasorati: tarix, talqin, texnologiya” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyasini oʻtkazish. 2023-yil 9-may kuniga qadar Toshkent shahri mahalliy budjeti mablagʻlari Mudofaa vazirligi, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi, Toshkent shahri hokimligi 15. Vafot etgan urush va mehnat faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining qabrlarini obodonlashtirish. 2023-yil may Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining orttirib bajarilgan qismi hamda homiylik xayriyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, “Vatanparvar” tashkiloti 16. Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi mobil aloqa operatorlari tomonidan abonentlarga SMS tabriklar yoʻllash. 2023-yil 9-may kuni - Raqamli texnologiyalar vazirligi 17. Yosh avlodning maʼnaviy olamini yuksaltirish, ona Vatanga muhabbat va ajdodlar jasoratiga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida “Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” mavzusida ijodiy ishlar koʻrik-tanlovini tashkil etish. 2023-yil 9-may kuniga qadar Ijrochilar va tashkilotchilar mablagʻlari Mudofaa vazirligi, Badiiy akademiya, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Milliy rassomlik va dizayn instituti, Badiiy ijodkorlar uyushmasi 18. “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida Ikkinchi jahon urushida Oʻzbekiston xalqining front va front ortidagi jasorati, sabr-matonati, mardligi, vatanparvarligini madh etuvchi “Oʻchmas u kunlar shuhrati” mavzusida fotolavhalar koʻrgazmasini tashkil etish. 2023-yil 3 — 10-may Ijrochilar va tashkilotchilar mablagʻlari Mudofaa vazirligi, Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi, Badiiy akademiya 19. Davlat hamda nodavlat telekanallarda 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan hujjatli va badiiy filmlarni efirga uzatish, maxsus koʻrsatuv va eshittirishlar tashkil etish. 2023-yil may - Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Kinematografiya agentligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya 20. Oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litseylar, umumtaʼlim maktablarida urush va mehnat faxriylari ishtirokida Ikkinchi jahon urushida gʻalabaga Oʻzbekiston xalqining qoʻshgan munosib hissasini aks ettirishga qaratilgan “Jasorat — mangu barhayot” mavzusida jasorat darslarini tashkil etish va oʻtkazish. 2023-yil may - Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, “Vatanparvar” tashkiloti 21. “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida “Musaffo osmon” shiori ostida Toshkent shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktablarining toʻgarak aʼzolari oʻrtasida rasmlar koʻrik-tanlovini tashkillashtirish va oʻtkazish. 2023-yil may - Mudofaa vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, tegishli tashkilotlar 22. Ikkinchi jahon urushi yillarida erishilgan gʻalabaga xizmat itlarining qoʻshgan hissasini yoritishga bagʻishlab “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tuzilmalarining xizmat itlari oʻrtasida musobaqa tashkil qilish va oʻtkazish. 2023-yil may - Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Bojxona qoʻmitasi, tegishli tashkilotlar III. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fronti faxriylari, xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari oilalarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish yoʻnalishidagi tadbirlar 23. 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini oʻz xohishlariga koʻra respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yuborishni tashkil etish. 2023-yil davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari, vazirliklar va idoralarga ajratilgan budjet mablagʻlari va ularning budjetdan tashqari mablagʻlari Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi 24. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan biryoʻla toʻlanadigan pul mukofotini tantanali ravishda topshirish. 2023-yil 9-may kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, “Vatanparvar” tashkiloti 25. Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti nogironlari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida sogʻligini yoʻqotgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlariga maqsadli yordam koʻrsatish, ularni protezlar, nogironlar aravachalari va boshqa zarur tibbiy asbob-anjomlar bilan taʼminlash. 2023-yil may Vazirlik va idoralarga ajratilgan budjet mablagʻlari hamda ularning budjetdan tashqari mablagʻlari Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, Sogʻliqni saqlash vazirligi 26. Yolgʻiz va kam taʼminlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turar-joylarini taʼmirlash hamda obodonlashtirish. 2023-yil 3 — 10-may kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari, vazirliklar va idoralarga ajratilgan budjet mablagʻlari va ularning budjetdan tashqari mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-maydagi PQ-143-son qaroriga 2-ILOVA
9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh
TARKIBI
1. A.N. Aripov — Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Ishchi guruh rahbari 2. V.V. Maxmudov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari 3. X.M. Sultanov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi 4. O.K. Abduraxmanov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi 5. A.A. Azizov — Davlat xavfsizlik xizmati raisi 6. B.N. Kurbanov — mudofaa vaziri 7. P.R. Bobojonov — ichki ishlar vaziri 8. A.H. Qoʻldoshev — favqulodda vaziyatlar vaziri 9. R.M. Djurayev — Milliy gvardiya qoʻmondoni 10. Sh.D. Kudbiyev — iqtisodiyot va moliya vaziri 11. B.A. Musayev — kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri 12. O.A. Nazarbekov — madaniyat va turizm vaziri 13. A.Sh. Inoyatov — sogʻliqni saqlash vaziri 14. Sh.X. Shermatov — raqamli texnologiyalar vaziri 15. I.Yu. Abduraxmonov — oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri 16. A.I. Ikramov — yoshlar siyosati va sport vaziri 17. X.U. Umarova — maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri 18. B.O. Saidov — tashqi ishlar vaziri v.b. 19. S.E. Xusanov — Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari — Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni 20. Q.M. Rafikov — Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi 21. S. Turdiyev — Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi respublika boshqaruvi raisi 22. U.M. Yusupov — Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi direktori 23. A.D. Xadjayev — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi 24. A.K. Koʻchimov — Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori 25. M.M. Hojimatov — Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari 26. S.S. Saidov — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi 27. R. Abdullayev — Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi 28. X.X. Salimov — Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisining oʻrinbosari 29. X.A. Batirov — Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi
