Sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-140-son)
01.05.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Sogʻliqni saqlash tizimiga ilgʻor raqamli texnologiyalarni tatbiq etish, raqamli sogʻliqni saqlash platformasini yaratish, sohaning barcha darajalaridagi davolash profilaktika muassasalari uchun maʼlumotlar bazasi kompleksini joriy etish, dasturiy taʼminot va elektron platformani ishlab chiqish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi va “KfW” banki oʻrtasida “Raqamli sogʻliqni saqlash islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) moliyalashtirish uchun 5 yillik imtiyozli davr bilan 12 yil muddatga 45 million yevro miqdorida qarz bitimi hamda 5,5 million yevro miqdorida grant bitimi imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Raqamli sogʻliqni saqlash islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
“Raqamli sogʻliqni saqlash islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish doirasida “KfW” bankining qarz mablagʻlarini qaytarish, shu jumladan qoʻshimcha haq va foizlar toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
“Raqamli sogʻliqni saqlash islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
a) Sogʻliqni saqlash vazirligi:
loyihani oʻz vaqtida amalga oshirish hamda muvofiqlashtirish, shuningdek, “KfW” bankining qarz hamda grant mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha masʼul ijro etuvchi organ;
loyihani amalga oshirish doirasida tender komissiyasining ishchi organi va tuzilgan shartnomalar boʻyicha kontragent hisoblanadi;
b) “KfW” bankining qarz mablagʻlarini qaytarish, shu jumladan qoʻshimcha haq va foizlar, boshqa toʻlovlar bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
v) loyihani amalga oshirish doirasida xarid qilinadigan va olib kiriladigan tovarlar (xizmatlar) uchun toʻlanishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi. Bunda, soliq va bojxona imtiyozlari qoʻllanishi yoki budjet mablagʻlari hisobidan toʻlab berilishi natijasida iqtisod qilingan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga qoʻshgan ulushi sifatida hisobga olinadi.
4. Loyihani oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish uchun Raqamli sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish loyiha ofisi tashkil etilsin hamda ushbu loyiha ofisi faoliyati loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarida belgilangan tartibda jalb qilinayotgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishi taʼminlansin.
Bunda, Sogʻliqni saqlash vazirligi Raqamli sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish loyiha ofisining faoliyatini muvofiqlashtirib borsin.
5. Adliya vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi hamda “KfW” banki oʻrtasida imzolangan qarz va grant bitimlari boʻyicha yuridik xulosa bersin.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
loyiha doirasida joriy etilayotgan axborot tizimlaridan foydalanish boʻyicha litsenziyalar uchun toʻlovlar ularni joriy etish xarajatlari tarkibiga kiritiladi hamda mazkur litsenziyalar axborot tizimi amaliyotga toʻliq joriy etilgandan soʻng kamida 5 yil mobaynida amal qiladi;
loyihani amalga oshirish jarayonida iqtisod qilingan mablagʻlar ustuvor ravishda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini raqamlashtirish hamda kompyuter texnikasi vositalarini xarid qilishga yoʻnaltiriladi;
loyiha doirasida ishlab chiqiladigan axborot tizimlarini amaliyotga tatbiq etish uchun qabul qilib olish Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
davlat tibbiyot tashkilotlari uchun zarur axborot dasturlari va tizimlarini ishlab chiqish, oʻrnatish hamda texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjetidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplab beriladi.
7. Sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhi 5-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ishchi guruhi (A. Inoyatov)ga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
sogʻliqni saqlash tizimi va tashkilotlaridagi jarayonlarni raqamlashtirish, shuningdek, ularning boshqa davlat organlari axborot tizimlari bilan integratsiyasini taʼminlash;
2023 — 2025-yillarda sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirish hamda loyihani amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”da belgilangan topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish;
loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarida belgilangan maqsadlarga erishilishini nazorat qilish;
mazkur qarorda belgilangan topshiriqlarning samarali va oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlash hamda amalga oshirilayotgan ishlar natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga har chorakda maʼlumot kiritib borish.
8. Raqamli texnologiyalar vazirligi loyiha doirasida joriy etiladigan axborot tizimlari natijadorligining baholab borilishini hamda biznes jarayonlarini amalga oshirishning zamonaviy usullari joriy etilishini taʼminlasin.
9. Hisob palatasi loyiha doirasida jalb etiladigan hamda ajratiladigan mablagʻlardan samarali foydalanilishi, shuningdek, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarida koʻzda tutilgan koʻrsatkichlarga erishilishi yuzasidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
10. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri A.Sh. Inoyatov va raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
Qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 1-may,
PQ-140-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-maydagi PQ-140-son qaroriga 1-ILOVA
“Raqamli sogʻliqni saqlash islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasining
TEXNIK-IQTISODIY KOʻRSATKICHLARI
mln yevro T/r Asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar Jami * Moliyalashtirish manbalari “KfW” banki mablagʻlari Budjet mablagʻlari ** qarz grant 1. Loyihaning umumiy qiymati 58,21 45,00 5,50 7,71 2. Kapital qoʻyilmalar summasi, jami: 56,76 45,00 5,50 6,26* shu jumladan, komponentlar boʻyicha: 2.1. 1-komponent: Raqamli sogʻliqni saqlash platformasini yaratish 17,94 15,60 2,34* 2.2. 2-komponent: Davolash-profilaktika muassasalari uchun maʼlumotlar bazasini yaratish 5,18 4,50 0,68* 2.3. 3-komponent: Tibbiyot muassasalarining axborot kommunikatsiya tizimi infratuzilmasini jihozlash va texnika vositalari bilan taʼminlash 13,80 12,00 1,80* 2.4. 4-komponent: Respublika elektron vizualizatsiya va teleradiologiya tizimini yaratish 7,59 6,60 0,99* 2.5. 5-komponent: Loyihani boshqarish boʻyicha maslahat xizmatlari, shu jumladan, Raqamli sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish loyiha ofisini tashkil etish 3,45 3,00 0,45* 2.6. Koʻzda tutilmagan xarajatlar 3,30 3,30 2.7. Kompetensiya va salohiyatni oshirish hamda oʻqitish 1,50 1,50 2.8. Konsalting xizmatlari 1,00 1,00 2.9. Dispozitsiya jamgʻarmasi/Moslashuvchan ekspertlar jamgʻarmasi 3,00 3,00 3. Investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar*** 1,32 1,32 4. Boshqa xarajatlar*** 0,13 0,13 4.1. Xarid qilish boʻyicha xizmatlar (0,8%) + QQS*** 0,11 0,11 4.2. Bojxona yigʻimi (0,2%)*** 0,02 0,02 5. Muassasalar salohiyati 5.1. Yillik ambulator tadqiqotlar 270 mln 5.2. Yillik kasalxonaga yotqizishlar 5 mln 6. Bemorlarning taxminiy soni 27 mln 7. Investitsiya davrining davomiyligi 48 oy 8. Qarzni qaytarish muddati 12 yil shu jumladan, asosiy qarz uchun imtiyozli davr 5 yil
Izohlar:
* Soʻnggi qiymat koʻrsatkichlari tovarlar va xizmatlarni yetkazib berish boʻyicha oʻtkaziladigan xalqaro tender savdolari natijalariga asosan aniqlanadi.
** Oʻzbekiston Respublikasining davlat ulushi imtiyozlar va soliq toʻlovlarini qoplash shaklida ifodalanadi.
*** Haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda aniqlik kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-maydagi PQ-140-son qaroriga 2-ILOVA
“Raqamli sogʻliqni saqlash islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish doirasida “KfW” bankining qarz mablagʻlarini qaytarish, shu jumladan qoʻshimcha haq va foizlar toʻlashning
PROGNOZ JADVALI
Qarz summasi 45 mln yevro Foiz stavkasi 6 oylik Eurobor+0,57 foiz Qarz muddati 12 yil Imtiyozli davr 5 yil Majburiyat uchun toʻlov 0,25 foiz (oʻzlashtirilmagan qarz miqdoridan) Boshqarish uchun toʻlov 1,0 foiz (umumiy qarz miqdoridan) yevro Toʻlov davri Qarz oʻzlashtirilishi Qarz qoldigʻi Toʻlov miqdori Jami toʻlanadigan summa **** asosiy qarz foizlar * boshqarish uchun toʻlov ** majburiyat uchun toʻlov *** 15.05.2023 7 500 000,0 7 500 000,0 0,0 450 000,0 0,0 450 000,0 15.11.2023 7 500 000,0 15 000 000,0 74 625,0 46 875,0 121 500,0 15.05.2024 7 500 000,0 22 500 000,0 149 250,0 37 500,0 186 750,0 15.11.2024 7 500 000,0 30 000 000,0 223 875,0 28 125,0 252 000,0 15.05.2025 7 500 000,0 37 500 000,0 298 500,0 18 750,0 317 250,0 15.11.2025 7 500 000,0 45 000 000,0 373 125,0 9 375,0 382 500,0 15.05.2026 45 000 000,0 447 750,0 447 750,0 15.11.2026 45 000 000,0 447 750,0 447 750,0 15.05.2027 45 000 000,0 447 750,0 447 750,0 15.11.2027 45 000 000,0 447 750,0 447 750,0 15.05.2028 42 000 000,0 3 000 000,0 447 750,0 3 447 750,0 15.11.2028 39 000 000,0 3 000 000,0 417 900,0 3 417 900,0 15.05.2029 36 000 000,0 3 000 000,0 388 050,0 3 388 050,0 15.11.2029 33 000 000,0 3 000 000,0 358 200,0 3 358 200,0 15.05.2030 30 000 000,0 3 000 000,0 328 350,0 3 328 350,0 15.11.2030 27 000 000,0 3 000 000,0 298 500,0 3 298 500,0 15.05.2031 24 000 000,0 3 000 000,0 268 650,0 3 268 650,0 15.11.2031 21 000 000,0 3 000 000,0 238 800,0 3 238 800,0 15.05.2032 18 000 000,0 3 000 000,0 208 950,0 3 208 950,0 15.11.2032 15 000 000,0 3 000 000,0 179 100,0 3 179 100,0 15.05.2033 12 000 000,0 3 000 000,0 149 250,0 3 149 250,0 15.11.2033 9 000 000,0 3 000 000,0 119 400,0 3 119 400,0 15.05.2034 6 000 000,0 3 000 000,0 89 550,0 3 089 550,0 15.11.2034 3 000 000,0 3 000 000,0 59 700,0 3 059 700,0 15.05.2035 0,0 3 000 000,0 29 850,0 3 029 850,0 Jami 45 000 000,0 - 45 000 000,0 6 492 375,0 450 000,0 140 625,0 52 083 000,0
Izohlar:
* Qarz boʻyicha foizlarni hisoblab chiqishda 6 oylik Eurobor kutilishi oʻrtacha 1,50 foizga teng deb hisoblanadi.
** Boshqarish uchun toʻlov birinchi mablagʻ yechib olingunga qadar yoki qarz bitimi imzolangandan soʻng 3 oydan keyin toʻlanadi.
*** Majburiyat uchun toʻlov qarz bitimi imzolangandan soʻng 3 oydan keyin toʻlanadi.
**** Toʻlovlar miqdori qarzni amalda oʻzlashtirish sanalariga qarab aniqlashtirib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-maydagi PQ-140-son qaroriga 3-ILOVA
“Raqamli sogʻliqni saqlash islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiMuddatiMoliyalashtirish manbasiLoyiha qiymati *(mln yevro)Masʼul ijrochilarI-Komponent. Raqamli sogʻliqni saqlashning yagona platformasini yaratish (RSSYAP)1.FNIR (Fast Nealthcare Interoperability Resources) xalqaro standarti asosida respublika raqamli sogʻliqni saqlashning quyidagilarni oʻz ichiga oladigan yagona platformasini yaratish:tibbiy maʼlumotlar registrlari va omborlari;axborot vositachiligi xizmatlari (Ochiq API);axborot tuzilmalari va tizimlarining oʻzaro aloqasi boʻyicha protokollari;milliy tibbiy registrlar (aholisini oʻz ichiga olgan bemorlar, shifokor va tibbiyot muassasalar va boshqalar);terminologiya serveri;tahlil va hisobot xizmatlari;mahalliylashtirish;dasturiy taʼminotning tegishli cheklovsiz litsenziyalari;texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash va kuzatib borish.1. Tibbiy maʼlumotlarni uzatish tizimlarini yaratish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish.2023-yil avgust“KfW” bankining kredit mablagʻlari15,6(tender yakuni boʻyicha)Sogʻliqni saqlash vazirligi(A. Inoyatov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(G. Raximova),Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi(S. Xamidov)2. Loyiha texnik hujjatlarini ishlab chiqish va vakolatli organlardan ekspertizadan oʻtkazish.2024-yil fevral3. Tender hujjatlarini tayyorlash hamda manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish.2024-yil aprel4. Tender savdolarini tashkil qilish va gʻolibni aniqlash.5. Shartnoma imzolash.2024-yil iyul2.Sogʻliqni saqlash tizimidagi axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish uchun zarur boʻladigan standartlar, klassifikator va maʼlumotnomalar hamda nomenklaturalarni ishlab chiqish hamda tasdiqlash.1. Xalqaro standartlar va klassifikatorlarni oʻrganish.2023-yil sentabr--Sogʻliqni saqlash vazirligi(A. Inoyatov)2. Milliy standartlar va klassifikatorlarni ishlab chiqish.2024-yil yanvar3. Ishlab chiqilgan standartlar va klassifikatorlarni Elektron hukumatning maʼlumotnomalar registriga joylash.2024-yil martII-Komponent. Davolash-profilaktika muassasalari uchun asosiy funksionallarini qamrab oluvchi tibbiy axborot tizimi3.Davolash-profilaktika muassasalari uchun asosiy funksionallarini qamrab oluvchi tibbiy axborot tizimi (Medical information system) yaratish (hududiy koʻp tarmoqli shifoxonalar).1. Loyihaning texnik hujjatlarini ishlab chiqish va vakolatli organlardan ekspertizadan oʻtkazish.2024-yil dekabr“KfW” bankining kredit mablagʻlari4,5(tender yakuni boʻyicha)Sogʻliqni saqlash vazirligi(A. Inoyatov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(G. Raximova),Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi(S. Xamidov)2. Tender hujjatlarini tayyorlash hamda manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish.2025-yil fevral3. Tender savdolarini tashkil qilish va gʻolibni aniqlash.4. Shartnoma imzolash.2025-yil mayIII-Komponent. Viloyat va tuman tibbiyot muassasalarining AKT infratuzilmasini jihozlash va texnika vositalari bilan taʼminlash4.Tuman va shahar markaziy shifoxonalarini kompyuter va boshqa texnika vositalari bilan taʼminlash (tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asosga muvofiq).1-Faza“KfW” bankining kredit mablagʻlari12,0(tender yakuni boʻyicha)Sogʻliqni saqlash vazirligi(A. Inoyatov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(G. Raximova)1. Loyihaning texnik hujjatlarini ishlab chiqish va vakolatli organlardan ekspertizadan oʻtkazish.2023-yil iyul2. Tender hujjatlarini tayyorlash hamda manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish.2023-yil oktabr3. Tender savdolarini tashkil qilish va gʻolibni aniqlash.4. Shartnoma imzolash.2024-yil mart2-Faza1. Loyihaning texnik hujjatlarini ishlab chiqish va vakolatli organlardan ekspertizadan oʻtkazish.2024-yil aprel2. Tender hujjatlarini tayyorlash hamda manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish.2024-yil iyul3. Tender savdolarini tashkil qilish va gʻolibni aniqlash.4. Shartnoma imzolash.2024-yil noyabrIV-Komponent. Respublika elektron vizualizatsiya va teleradiologiya tizimini yaratish6.“Raqamli sogʻliqni saqlash islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish guruhi — Raqamli sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish loyiha ofisini tashkil etish.1. Raqamli sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish loyiha ofisi tarkibini tasdiqlash.2023-yil iyun“KfW” bankining kredit mablagʻlari3,0Sogʻliqni saqlash vazirligi(A. Inoyatov),Raqamli texnologiyalar vazirligi(O. Pekos),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(G. Raximova)2. Loyiha ofisi faoliyatini tashkillashtirish.2023-yil avgustGrant mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar7.Tibbiyot muassasalari xodimlarini kompyuter savodxonligi va tibbiy axborot tizimlaridan foydalanish boʻyicha oʻqitishni yoʻlga qoʻyish.1. Kompyuter savodxonligi boʻyicha oʻqitish dasturlarini ishlab chiqish.2023-yil dekabr“KfW” bankining grant mablagʻlari1,5Sogʻliqni saqlash vazirligi(A. Inoyatov),Raqamli texnologiyalar vazirligi(O. Pekos)2. Hududlar kesimida reja-jadval ishlab chiqib tasdiqlash.2024-yil yanvar3. Reja asosida oʻqitish ishlarini tashkil etish. 4. Axborot tizimlaridan foydalanish boʻyicha oʻqitish dasturlarini ishlab chiqish.5. Ishlab chiqilgan modullardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalar tayyorlash.Reja-jadval asosida8.Amalda mavjud axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha imkoniyatlarni kengaytirish.Xodimlarning raqamli texnologiyalar boʻyicha koʻnikmalarini oshirish maqsadida ularni rivojlangan mamlakatlarning oʻquv kurslari va amaliy treninglarida oʻqitish choralarini koʻrish.Reja-jadval asosida“KfW” bankining grant mablagʻlari1,0Sogʻliqni saqlash vazirligi(A. Inoyatov)9.Sogʻliqni saqlash sohasi strategiyasi — Sogʻliqni saqlash sohasining kelgusi investitsion rejasini ishlab chiqish.1. Sogʻliqni saqlash sohasini raqamlashtirish yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish va baholash.2. Xalqaro tajribani oʻrgangan holda sohaning kelgusi investitsion rejasini ishlab chiqish.3. Ishlab chiqilgan rejani vakolatli organlardan ekspertizadan oʻtkazish.2024-2025-yillar“KfW” bankining grant mablagʻlari2,0Sogʻliqni saqlash vazirligi(A. Inoyatov),Raqamli texnologiyalar vazirligi(O. Pekos),Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi(S. Xamidov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(G. Raximova)
Izohlar:
Loyiha doirasida kutilmagan xarajatlar uchun 3,3 mln yevro kredit hamda 1,0 mln yevro grant pul mablagʻlari hisobga olingan.
* Loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari tovarlar va xizmatlarni yetkazib berish boʻyicha oʻtkaziladigan tender savdolari natijalariga koʻra oʻzgarishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-maydagi PQ-140-son qaroriga 5-ILOVA
Sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhi
TARKIBI
A.Sh. Inoyatov — sogʻliqni saqlash vaziri, Ishchi guruh rahbari O.A. Pekos — raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari U.A. Gaziyeva — Sogʻliqni saqlash vazirligi departament boshligʻi J.Sh. Asamutdinov — Sogʻliqni saqlash vazirligi boshqarma boshligʻi A.X. Gafurov — Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori N.N. Safoyev — Navoiy viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi R.R. Nasirova — Chilonzor tumani Tibbiyot birlashmasi boshligʻi A.A. Bekmuratov — Boyovut tumani Tibbiyot birlashmasi boshligʻi S.U. Karimov — Akademik Yo.X. Toʻraqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassisi D.A. Jumanov — Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassisi D.N. Usmonov — Sogʻliqni saqlash vazirligi boʻlim boshligʻi A.A. Abdulahadov — Raqamli texnologiyalar vazirligi boʻlim boshligʻi M.B. Xadraliyev — Sogʻliqni saqlash vazirligi “IT-med” MCHJ rahbari, Ishchi guruh kotibi
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
