56-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish
Davlat qarzi toʻgʻrisida (O‘RQ-836-son) · Sana: 29.04.2023 · Amalda
2. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisida”gi 263-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 126-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 12, 350-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 1-moddaning:
beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilari tegishincha beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 2-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Davlat qarzi bilan bogʻliq munosabatlar alohida qonun bilan tartibga solinadi”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
3) 4, 5 va 8-moddalar chiqarib tashlansin;
4) 9-moddaning:
oltinchi va yettinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
sakkizinchi, toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilari tegishincha oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
5) 91-modda chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi OʻRQ-163-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyunda qabul qilingan OʻRQ-387-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 6, 227-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 3, 166-modda, № 4, 199-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 10, 968, 973-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 1-moddaning ikkinchi qismidagi “gʻazna majburiyatlari” degan soʻzlar “davlat gʻaznachilik obligatsiyalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 3-moddaning:
oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat qimmatli qogʻozlari — Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqarilgan davlat gʻaznachilik obligatsiyalari, xalqaro obligatsiyalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari”;
oʻttizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat gʻaznachilik obligatsiyalari — emissiyaviy qimmatli qogʻozlar boʻlib, toʻlanish muddatidan qatʼi nazar, ular egalik qiluvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga pul mablagʻlari kiritilganligini tasdiqlaydi va ushbu emissiyaviy qimmatli qogʻozlarga egalik qilishning butun muddati mobaynida qatʼiy belgilangan daromad olish huquqini beradi”.
