50-modda. Davlat qarzi toʻgʻrisidagi axborotning taqdim etilishi
Davlat qarzi toʻgʻrisida (O‘RQ-836-son) · Sana: 29.04.2023 · Amalda
Qarz oluvchi-rezidentlar, loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi moliya tashkilotlari davlat qarzi toʻgʻrisidagi axborotni belgilangan shakllarda, hisobot choragidan keyingi oyning 15 sanasidan kechiktirmay vakolatli organga taqdim etadi.
Davlat ishtirokidagi korxonalar oʻzi jalb qilgan qarzlar toʻgʻrisidagi (bundan Oʻzbekiston Respublikasi nomidan yoki davlat kafolati ostida jalb qilingan qarzlar mustasno) axborotni belgilangan shakllarda, har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 15 sanasidan kechiktirmay vakolatli organga taqdim etishi kerak.
Davlat qarzi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish shakllari vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
