Davlat qarzi toʻgʻrisida (O‘RQ-836-son) · Sana: 29.04.2023 · Amalda
Davlat qarzining miqdori yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz koʻrsatkichiga nisbatan oltmish foizdan oshmasligi kerak.
Moliya yili davomida yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz koʻrsatkichi oʻzgarganda yalpi ichki mahsulotning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan aniqlangan prognozi qoʻllaniladi.
Davlat qarzining miqdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan ellik foizga yetganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat qarzi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan davlat qarzi miqdoridan oshmasligini taʼminlovchi chora-tadbirlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga kiritadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-6446817
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 35-modda. Davlat qarzining eng yuqori miqdori Davlat qarzi toʻgʻrisida (O‘RQ-836-son). neolex.uz/uz/laws/law-6446825/35 (lex.uz/docs/-6446817)