32-modda. Davlat qarzi hisoblanmaydigan majburiyatlar
Davlat qarzi toʻgʻrisida (O‘RQ-836-son) · Sana: 29.04.2023 · Amalda
Ushbu Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlardan farq qiladigan boshqa majburiyatlar, shu jumladan:
davlatning shartli majburiyatlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiyatlari davlat qarzi hisoblanmaydi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining, shu jumladan davlat ishtirokidagi korxonalarning qarzlari Oʻzbekiston Respublikasi nomidan yoki davlat kafolati ostida jalb qilinmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi bunday qarzlar boʻyicha javobgar boʻlmaydi.
