“2242-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasida barpo etilgan muhandislik-texnika inshootlarini va toʻsiqlarni, shuningdek qoʻriqlashning texnik vositalarini yoʻq qilish yoki ularga shikast yetkazish
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilishni yanada kuchaytirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida (O‘RQ-832-son) · Sana: 25.04.2023 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasida barpo etilgan muhandislik-texnika inshootlarini va toʻsiqlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish uchun qoʻllaniladigan qoʻriqlashning texnik vositalarini yoʻq qilish yoki ularga shikast yetkazish”;
6) 245-moddaning birinchi qismi “1961” raqamidan keyin “1962” raqami bilan toʻldirilsin;
7) 247-moddaning matnidagi “194 va 1941-moddalarida” degan soʻzlar “194, 1941 va 1961-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 2482-moddaning birinchi qismidagi “224-moddasida va 2241-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlar “224-moddasida, 2241-moddasining birinchi qismida, 225-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 287-moddaning 2-bandidagi “1842, 1843, 1961, 224-moddalarida, 2241-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 2242-moddasida” degan soʻzlar “1842, 1843, 1961, 1962, 224-moddalarida, 2241-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 2242-moddasida, 225-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 291-modda birinchi qismining “e” bandidagi “1961, 224-moddalarida, 2241-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 2242-moddasida” degan soʻzlar “1961, 1962, 224-moddalarida, 2241-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 2242-moddasida, 225-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 305-moddaning ikkinchi qismidagi “Ushbu Kodeksning 512, 513, 514, 515, 516, 517, 518, 519, 170, 180, 181, 183, 187, 194, 1941-moddalarida” degan soʻzlar “Ushbu Kodeksning 512, 513, 514, 515, 516, 517, 518, 519, 170, 180, 181, 183, 187, 194, 1941, 1961-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
