Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-124-son)
19.04.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi PQ-72-son qaroriga muvofiq shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi doirasida aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yanada yaxshilash, shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
“Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — OTB) bilan 59,0 mln AQSH dollari miqdoridagi qarz bitimini imzolash boʻyicha dastlabki kelishuvga erishilganligi;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari (qarzlari, kreditlari) hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida olinadigan tovarlar bojxona bojidan ozod qilinganligi;
Loyihani amalga oshirish muddati 5 yil (2023 — 2027-yillar) etib belgilanganligi;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Loyihaning oʻz vaqtida amalga oshirilishi, OTB qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ sifatida belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
“Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasi boʻyicha Osiyo taraqqiyot banki qarzini soʻndirish va foizlarni toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
“Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasi doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarzini 2028-yildan boshlab qoplash yuzasidan ulushlar taqsimotining prognoz jadvali 2a-ilovaga muvofiq;
“Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasi 2-komponenti doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarzi boʻyicha xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash yuzasidan ulushlar taqsimotining prognozi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida yuridik shaxs sifatida Loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etilsin.
Bunda, Loyihani amalga oshirish guruhi xodimlariga OTB krediti hisobidan taʼminlanadigan oylik maoshi yagona ijtimoiy toʻlovni inobatga olgan holda toʻlanadi.
4. Belgilansinki, Loyihani amalga oshirish doirasida hosil boʻladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari hisobidan toʻlanadi, toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
5. Iqtisodiyot va moliya vaziriga:
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Loyihani amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi va OTB oʻrtasida qarz va grant bitimlarini imzolash hamda zarur hollarda ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Sirdaryo, Jizzax, Xorazm viloyatlari hokimliklari, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ va Tabiat resurslari vazirligi bilan birgalikda tegishliligi boʻyicha OTB qarzini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlarni imzolash hamda zarur hollarda ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin.
6. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va OTB oʻrtasidagi qarz bitimi, shuningdek, zarur hollarda, ushbu bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha bitimlarga belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi, Sirdaryo, Jizzax, Xorazm viloyatlari hokimliklari hamda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ zimmasiga qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq OTB qarzini soʻndirish va ular boʻyicha foizlarni toʻlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
8. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi har yili investitsiya dasturlari parametrlarini shakllantirishda Loyihaning belgilangan tartibda tegishli davr uchun moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilishini taʼminlasin.
9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi, Sirdaryo, Jizzax, Xorazm viloyatlari hokimliklari va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ:
qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq OTB qarzini qaytarish va foizlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlar oʻz vaqtida jamlanib borilishini taʼminlash uchun javobgar hisoblansin;
2028-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda budjet parametrlarida OTB qarzi boʻyicha foizlarni va asosiy qarzni qaytarish uchun mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 19-aprel,
PQ-124-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-apreldagi PQ-124-son qaroriga 1-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari
T/r Komponent xarajatlari kategoriyasi Oʻlchov birligi Hammasi* Moliyalashtirish manbai, shu jumladan: OTB qarzi OTB granti Oʻzbekiston Respublikasi ulushi 1. Loyihaning umumiy qiymati ming AQSH doll. ekv. 68 152,24 59 000,00 500,00 8 652,24 2. Kapital qoʻyilmalar qiymati, jami ming AQSH doll. ekv. 56 373,34 55 873,34 500,00 2.1. Shahar infratuzilma va xizmat koʻrsatish sohalarini yaxshilash ming AQSH doll. ekv. 24 523,67 24 023,67 500,00 2.2. Suv taʼminoti va oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish ming AQSH doll. ekv. 19 234,33 19 234,33 2.3. Qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish ming AQSH doll. ekv. 6 547,59 6 547,59 2.4. Institutsional salohiyatni oshirish va rivojlantirish ming AQSH doll. ekv. 6 067,75 6 067,75 3. Moliyaviy xarajatlar, boshqa toʻlovlar ming AQSH doll. ekv. 3 126,66 3 126,66 4. Soliq va bojxona imtiyozlari ming AQSH doll. ekv. 8 652,24 8 652,24
* Loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan keyin hamda tovarlar (ishlar va xizmatlar)ni yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalariga koʻra aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-apreldagi PQ-124-son qaroriga 2-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasi boʻyicha Osiyo taraqqiyot banki qarzini soʻndirish va foizlarni toʻlashning
PROGNOZ JADVALI
OTB qarz miqdori — 59,0 mln AQSH doll. Qarz muddati — 25 yil Imtiyozli davr — 5 yil Foiz stavkasi — 2 foiz ming AQSH doll. Yillar Toʻlanadigan foizlar Asosiy qarz qaytarilishi Jami qaytariladigan mablagʻ 2028-yil 15-aprel 575,0 1 475,0 2 050,0 2028-yil 15-oktabr 561,0 1 475,0 2 036,0 2029-yil 15-aprel 546,0 1 475,0 2 021,0 2029-yil 15-oktabr 531,0 1 475,0 2 006,0 2030-yil 15-aprel 516,0 1 475,0 1 991,0 2030-yil 15-oktabr 502,0 1 475,0 1 977,0 2031-yil 15-aprel 487,0 1 475,0 1 962,0 2031-yil 15-oktabr 472,0 1 475,0 1 947,0 2032-yil 15-aprel 457,0 1 475,0 1 932,0 2032-yil 15-oktabr 443,0 1 475,0 1 918,0 2033-yil 15-aprel 428,0 1 475,0 1 903,0 2033-yil 15-oktabr 413,0 1 475,0 1 888,0 2034-yil 15-aprel 398,0 1 475,0 1 873,0 2034-yil 15-oktabr 384,0 1 475,0 1 859,0 2035-yil 15-aprel 369,0 1 475,0 1 844,0 2035-yil 15-oktabr 354,0 1 475,0 1 829,0 2036-yil 15-aprel 339,0 1 475,0 1 814,0 2036-yil 15-oktabr 325,0 1 475,0 1 800,0 2037-yil 15-aprel 310,0 1 475,0 1 785,0 2037-yil 15-oktabr 295,0 1 475,0 1 770,0 2038-yil 15-aprel 280,0 1 475,0 1 755,0 2038-yil 15-oktabr 266,0 1 475,0 1 741,0 2039-yil 15-aprel 251,0 1 475,0 1 726,0 2039-yil 15-oktabr 236,0 1 475,0 1 711,0 2040-yil 15-aprel 221,0 1 475,0 1 696,0 2040-yil 15-oktabr 207,0 1 475,0 1 682,0 2041-yil 15-aprel 192,0 1 475,0 1 667,0 2041-yil 15-oktabr 177,0 1 475,0 1 652,0 2042-yil 15-aprel 162,0 1 475,0 1 637,0 2042-yil 15-oktabr 148,0 1 475,0 1 623,0 2043-yil 15-aprel 133,0 1 475,0 1 608,0 2043-yil 15-oktabr 118,0 1 475,0 1 593,0 2044-yil 15-aprel 103,0 1 475,0 1 578,0 2044-yil 15-oktabr 89,0 1 475,0 1 564,0 2045-yil 15-aprel 74,0 1 475,0 1 549,0 2045-yil 15-oktabr 59,0 1 475,0 1 534,0 2046-yil 15-aprel 44,0 1 475,0 1 519,0 2046-yil 15-oktabr 30,0 1 475,0 1 505,0 2047-yil 15-aprel 15,0 1 475,0 1 490,0 2047-yil 15-oktabr 1 475,0 1 475,0 Jami: 11 505,0 59 000,0 70 505,0
Izoh. Investitsiya davridagi qarz boʻyicha foizlarni toʻlash bilan bogʻliq moliyaviy xarajatlar OTB hisobidan qoplanadi va asosiy qarzga kapitalizatsiya qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-apreldagi PQ-124-son qaroriga 2a-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasi doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarzini 2028-yildan boshlab qoplash yuzasidan ulushlar taqsimotining
PROGNOZ JADVALI
mln AQSH doll. Komponent va subkomponent nomi Loyiha hududi OTB qarzi Qarzni qaytarish manbalari Tabiat resurslari vazirligi va hududiy “Toza hudud” DUKlari “Jizzax suv taʼminoti” MCHJ Viloyat budjeti* Respublika budjeti 1-komponent. “Shahar infratuzilma va xizmat koʻrsatish sohalarini yaxshilash” 1.1-subkomponent “Jizzax shahridagi uchta mahallani (“Ittifoq”, “Doʻstlik” va “Yoshlik”) obodonlashtirish” Jizzax shahri 12,09 12,09 1.2-subkomponent “Xivadagi Polvon kanali boʻyini obodonlashtirish” Xiva shahri 1,23 1,23 1.3-subkomponent “Xivada yangi koʻp funksiyali sayyohlik markazini qurish” Xiva shahri 4,03 4,03 1.4-subkomponent “Xovos istirohat bogʻini va kovorking markazini tashkil etish” Xovos tumani 6,67 6,67 2-komponent. “Suv taʼminoti va oqava tizimlarini rekonstruksiya qilish” 2.1-subkomponent “Jizzax shahrida suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish” Jizzax shahri 18,63 6,48 12,15 2.2-subkomponent “Jizzax shahrida suv taʼminoti tizimini boshqarish samaradorligini qoʻllab-quvvatlash” Jizzax shahri 0,55 0,19 0,36 2.3-subkomponent “Gigiyenani targʻib qilish hamda KOVID-19 bilan kurashish choralari” Jizzax shahri, Xiva shahri Yangiyer shahri, Xovos tumani 0,05 0,05 3-komponent. “Qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish” 3.1-subkomponent “Chiqindilarni minimallashtirish va qayta ishlash boʻyicha sinov dasturi” Jizzax shahri, Xiva shahri, Yangiyer shahri, Xovos tumani 3.2-subkomponent “Chiqindilarni yigʻish va tashishni modernizatsiya qilish” Jizzax shahri, Xiva shahri, Yangiyer shahri, Xovos tumani 5,51 5,51 3.3-subkomponent “Xovos tumanida qattiq maishiy chiqindilarni qayta yuklash stansiyasini qurish” Xovos tumani 1,04 1,04 4-komponent. “Institutsional salohiyatni oshirish va rivojlantirish” Jizzax shahri, Xiva shahri, Yangiyer shahri, Xovos tumani 6,07 6,07 Moliyaviy xarajatlar 3,13 3,13 Jami 59,00 6,55 6,67 42,65 3,13
Izoh. Har yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda yuqorida keltirilgan davlat tashkilotlari moliyaviy holatidan kelib chiqib OTBning moliyaviy mablagʻlariga xizmat koʻrsatishda ushbu maqsadlar uchun xarajatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ulushiga tegishli oʻzgartirish kiritgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishib mazkur tashkilotlarning ulushi oʻzgarishi mumkin.
Bunda qarzning 67,3 foizi — Jizzax, 18,3 foizi — Sirdaryo va 14,4 foizi — Xorazm viloyatlari mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan qoplanishi belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-apreldagi PQ-124-son qaroriga 3-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasi 2-komponenti doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarzi boʻyicha xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash yuzasidan ulushlar taqsimotining
PROGNOZI
Yillar “Jizzax suv taʼminoti” MCHJ Jizzax viloyati mahalliy budjeti 2028-yil 18,1% 81,9% 2029-yil 36,3% 63,7% 2030-yil 25,0% 75,0% 2031-yil 13,9% 86,1% 2032-yil 2,4% 97,6% 2033-yil 0,0% 100,0% 2034-yil 0,0% 100,0% 2035-yil 0,0% 100,0% 2036-yil 0,0% 100,0% 2037-yil 0,0% 100,0% 2038-yil 0,0% 100,0% 2039-yil 0,0% 100,0% 2040-yil 0,0% 100,0% 2041-yil 100,0% 0,0% 2042-yil 100,0% 0,0% 2043-yil 100,0% 0,0% 2044-yil 100,0% 0,0% 2045-yil 100,0% 0,0% 2046-yil 100,0% 0,0% 2047-yil 100,0% 0,0% Jami 34,8% 65,2%
Izoh. Har yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda “Jizzax suv taʼminoti” MCHJ moliyaviy holatidan kelib chiqib OTBning moliyaviy mablagʻlariga xizmat koʻrsatishda ushbu maqsadlar uchun xarajatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ulushiga tegishli oʻzgartirish kiritgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishib mazkur korxonaning ulushi oʻzgarishi mumkin.
