“500 kV kuchlanishli Sarimoy-Jonkeldi elektr uzatish tarmogʻini qurish hamda “Bash SHES”ni yangi 500 kV kuchlanishli “Navoiy-Muruntov OTQ” elektr uzatish tarmogʻi bilan bogʻlaydigan kirish-chiqish tarmogʻini qurish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash toʻgʻrisida (156-son)
14.04.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi PQ-459-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, Buxoro viloyatida joylashgan har birining quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyalarini yagona elektr energetikasi tizimiga ulash va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — YETTB) oʻrtasida 2022-yilning 6-oktabrida Xorazm va Buxoro viloyatlarida “Uzunligi 127 km boʻlgan 500 kV kuchlanishli Sarimoy-Jonkeldi elektr uzatish tarmogʻini qurish hamda uzunligi 10 km boʻlgan “Bash SHES”ni yangi 500 kV kuchlanishli “Navoiy-Muruntov OTQ” elektr uzatish tarmogʻi bilan bogʻlaydigan kirish-chiqish tarmogʻini qurish” investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) amalga oshirish uchun 4 yillik imtiyozli davr bilan 18 yil muddatda qaytarish sharti bilan 47,1 million AQSH dollari miqdoridagi qarz bitimi imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“500 kV kuchlanishli Sarimoy-Jonkeldi elektr uzatish tarmogʻini qurish hamda “Bash SHES”ni yangi 500 kV kuchlanishli “Navoiy-Muruntov OTQ” elektr uzatish tarmogʻi bilan bogʻlaydigan kirish-chiqish tarmogʻini qurish” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
“500 kV kuchlanishli Sarimoy-Jonkeldi elektr uzatish tarmogʻini qurish hamda “Bash SHES”ni yangi 500 kV kuchlanishli “Navoiy-Muruntov OTQ” elektr uzatish tarmogʻi bilan bogʻlaydigan kirish-chiqish tarmogʻini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida jalb etilgan YETTB krediti boʻyicha asosiy qarzni soʻndirish, foiz va komissiya toʻlovlarini toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ:
Loyihaning samarali amalga oshirilishi va YETTB kreditidan maqsadli foydalanilishi uchun masʼul tashabbuskor hamda ijrochi hisoblanadi;
kreditni soʻndirish, foiz va komissiya toʻlovlarini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiradi.
4. Iqtisodiyot va moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan YETTB tomonidan ajratiladigan kreditni qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash vakolati berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va YETTB oʻrtasida imzolangan qarz bitimi boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa berilishini taʼminlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi D.A. Isaqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 14-aprel,
156-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-apreldagi 156-son qaroriga 1-ILOVA
“500 kV kuchlanishli Sarimoy-Jonkeldi elektr uzatish tarmogʻini qurish hamda “Bash SHES”ni yangi 500 kV kuchlanishli “Navoiy-Muruntov OTQ” elektr uzatish tarmogʻi bilan bogʻlaydigan kirish-chiqish tarmogʻini qurish” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy
KOʻRSATKICHLARI
T/r Koʻrsatkichlar nomi Oʻlchov birligi Jami * shu jumladan: “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ oʻz mablagʻlari YETTB krediti 1. Loyiha umumiy qiymati mln AQSH dollari (ekv) 56,0 8,9 47,10 2. Havo liniyasi qurilishi, shu jumladan: mln AQSH dollari (ekv) 44,04 5,74 38,3 2.1 500 kV Sarimoy-Jonkeldi havo liniyasini qurish mln AQSH dollari (ekv) 42,71 5,57 37,14 2.2 500 kV “Bash SHES”ning yangi ochiq taqsimot qurilmasi (ORU) 500 kV “Navoiy-Muruntov” elektr uzatish tarmogʻi bilan bogʻlaydigan 10 km boʻlgan kirish-chiqish tarmogʻini qurish mln AQSH dollari (ekv) 1,33 0,17 1,16 3. Loyihani amalga oshirish ustidan nazorat mln AQSH dollari (ekv) 2,5 - 2,5 4. Yerdan foydalanish xarajatlari (Yaylov xoʻjaliklarini rivojlantirish uyushmasi) mln AQSH dollari (ekv) 0,11 0,11 - 5. Moliyaviy xarajatlar mln AQSH dollari (ekv) 3,05 3,05 - 6. Koʻzda tutilmagan xarajatlar mln AQSH dollari (ekv) 5,83 - 5,83 7. Kreditni tashkil etish yigʻimi mln AQSH dollari (ekv) 0,47 - 0,47 8. Loyiha quvvati 1,5 mlrd kVt soat yagona elektr energetikasi tizimiga elektr energiyasini uzatish 9. Investitsiya davrining davomiyligi Oy 24
* Loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan keyin hamda tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender natijalariga koʻra belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-apreldagi 156-son qaroriga 2-ILOVA
“500 kV kuchlanishli Sarimoy-Jonkeldi elektr uzatish tarmogʻini qurish hamda “Bash SHES”ni yangi 500 kV kuchlanishli “Navoiy-Muruntov OTQ” elektr uzatish tarmogʻi bilan bogʻlaydigan kirish-chiqish tarmogʻini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida jalb etilgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki krediti boʻyicha asosiy qarzni soʻndirish, foiz va komissiya toʻlovlarini toʻlashning
PROGNOZ JADVALI
Qarz summasi 47,1 mln AQSH dollari ekv Qarz muddati 18 yil shu jumladan, imtiyozli muddat 4 yil Foiz stavkasi 6 oylik SOFR + 0,414%(spred) + 1,0% Majburiyat uchun komissiya 0,5% qarz miqdorining ishlatilmagan qismidan Kreditni tashkil etish yigʻimi (bir martalik toʻlov) 1,0% umumiy qarz miqdoridan toʻlanadi Oʻzbekiston Respublikasi marjasi 0,75 foiz AQSH dollari ekv. Toʻlov sanasi Kreditni olish miqdori Qarz qoldigʻi Toʻlov miqdori Yigʻim toʻlovlari Jami toʻlovlar miqdori **** asosiy qarz kredit foizi * kreditni tashkil etish yigʻimi ** majburiyatlar uchun vositachilik haqi *** 15.03.2023 0,00 471 000,00 0,00 15.09.2023 100 000,00 100 000,00 0,00 120 366,67 120 366,67 15.03.2024 20 000 000,0 20 100 000,00 3033,33 118 805,56 121 838,89 15.09.2024 27 000 000,0 47 100 000,00 616 400,00 69 000,00 685 400,00 15.03.2025 47 100 000,00 1 420 850,00 1 420 850,00 15.09.2025 47 100 000,00 1 444 400,00 1 444 400,00 15.03.2026 47 100 000,00 1 420 850,00 1 420 850,00 15.09.2026 45 475 863,00 1 624 137,00 1 444 400,00 3 068 537,00 15.03.2027 43 851 726,00 1 624 137,00 1 371 855,20 2 995 992,20 15.09.2027 42 227 589,00 1 624 137,00 1 344 786,26 2 968 923,26 15.03.2028 40 603 452,00 1 624 137,00 1 280 903,53 2 905 040,53 15.09.2028 38 979 315,00 1 624 137,00 1 245 172,53 2 869 309,53 15.03.2029 37 355 178,00 1 624 137,00 1 175 876,00 2 800 013,00 15.09.2029 35 731 041,00 1 624 137,00 1 145 558,79 2 769 695,79 15.03.2030 34 106 904,00 1 624 137,00 1 077 886,40 2 702 023,40 15.09.2030 32 482 767,00 1 624 137,00 1 045 945,06 2 670 082,06 15.03.2031 30 858 630,00 1 624 137,00 979 896,80 2 604 033,80 15.09.2031 29 234 493,00 1 624 137,00 946 331,32 2 570 468,32 15.03.2032 27 610 356,00 1 624 137,00 886 779,62 2 510 916,62 15.09.2032 25 986 219,00 1 624 137,00 846 717,58 2 470 854,58 15.03.2033 24 362 082,00 1 624 137,00 783 917,61 2 408 054,61 15.09.2033 22 737 945,00 1 624 137,00 747 103,85 2 371 240,85 15.03.2034 21 113 808,00 1 624 137,00 685 928,01 2 310 065,01 15.09.2034 19 489 671,00 1 624 137,00 647 490,11 2 271 627,11 15.03.2035 17 865 534,00 1 624 137,00 587 938,41 2 212 075,41 15.09.2035 16 241 397,00 1 624 137,00 547 876,38 2 172 013,38 15.03.2036 14 617 260,00 1 624 137,00 492 655,71 2 116 792,71 15.09.2036 12 993 123,00 1 624 137,00 448 262,64 2 072 399,64 15.03.2037 11 368 986,00 1 624 137,00 391 959,21 2 016 096,21 15.09.2037 9 744 849,00 1 624 137,00 348 648,90 1 972 785,90 15.03.2038 8 120 712,00 1 624 137,00 293 969,61 1 918 106,61 15.09.2038 6 496 575,00 1 624 137,00 249 035,17 1 873 172,17 15.03.2039 4 872 438,00 1 624 137,00 195 980,01 1 820 117,01 15.09.2039 3 248 301,00 1 624 137,00 149 421,43 1 773 558,43 15.03.2040 1 624 164,00 1 624 137,00 98 531,80 1 722 668,80 15.09.2040 0,00 1 624 164,00 49 807,70 1 673 971,70 Jami 47 100 000,00 0,00 47 100 000,0 26 416 168,97 471 000,00 308 172,23 73 824 341,20
* Qarz boʻyicha foizlarni hisoblab chiqishda SOFR+0,414 % kutilishi oʻrtacha 5,00 % ga teng deb olinadi.
** Boshlangʻich bir martalik toʻlov qarz mablagʻi hisobidan toʻlanadi.
*** Majburiyat uchun toʻlov qarz bitimi imzolangandan soʻng 60 kundan keyin hisoblanadi.
**** toʻlov summalari qarzlarning amalda oʻzlashtirilishidan kelib chiqib aniqlanadi.
