2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PF-51-son)
13.04.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Jismoniy shaxslarga ipoteka krediti berishning zamonaviy va barqaror tizimini shakllantirish, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oilalarni davlat tomonidan manzilli qoʻllab-quvvatlash, mahalliy va xalqaro kapital bozorlarida moliyaviy resurslarni jalb qilish va keyinchalik ularni ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yoʻnaltirish maqsadida:
1. Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashning amaldagi tartibiga 2023-yil 1-maydan boshlab quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsinki, ularga muvofiq:
banklarga rasmiy daromadga ega boʻlmagan shaxslarga ipoteka kreditini ajratishda ularning toʻlov qobiliyatini aniqlashning muqobil usullaridan foydalanishga, shu jumladan qarz oluvchilarning bank kartasi aylanmasi, ijara, kommunal va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlarini inobatga oluvchi skoring tizimini joriy qilishga ruxsat etiladi;
banklarga qarz oluvchi tomonidan toʻlangan dastlabki badal miqdori, imtiyozli davr muddati va boshqa koʻrsatkichlardan kelib chiqib, subsidiyasiz ajratiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha tabaqalashtirilgan foiz stavkalarini oʻrnatish huquqi beriladi;
professional taʼlim tashkilotlarining muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalaridagi maxsus fanlar boʻyicha dars berayotgan yoki oʻquv amaliyotini oʻtkazayotgan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlim ustalariga imtiyozli shartlarda subsidiya xabarnomalarini berish tartibi joriy etiladi;
uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun olinadigan ipoteka kreditlari boʻyicha berilgan subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomalarning amal qilish muddati 4 oy etib belgilanadi;
2023-yil uchun ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratishga doir arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2023-yil 1-maydan 2023-yil 1-dekabrga qadar qabul qilinadi;
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga “Xalqparvar” komissiyalarining axborotiga asosan xato ajratilgan deb topilgan subsidiya xabarnomalarini dasturiy taʼminotdan toʻgʻridan-toʻgʻri bekor qilish va toʻlovlarni toʻxtatish huquqi beriladi.
Bunda:
2023-yil uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori 2022-yilda belgilangan miqdorda saqlab qolinadi;
mazkur Farmon qabul qilinguniga qadar subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomaga ega boʻlgan shaxslarga subsidiyalar 2022-yilda amalda boʻlgan shartlar va miqdorlarda ajratiladi.
2. Ipoteka bozorini uzoq muddatli resurslar bilan taʼminlash hamda uy-joy qurilishini tezlashtirish maqsadida:
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga 100 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablagʻlar 2028-yil 1-mayga qadar qaytarish sharti bilan Markaziy bankning asosiy stavkasidan ikki foiz band past stavkada ajratilsin;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) 2023-yil aprel oyida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan banklarga 3 trln soʻm miqdoridagi mablagʻlarni belgilangan tartibda depozitga joylashtirsin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Davlat budjeti likvidligidan kelib chiqib, ipoteka kreditlarini ajratish uchun belgilangan mablagʻlar hajmini oshirishga ruxsat etilsin.
3. Belgilansinki, mazkur Farmonning 2-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlarning 500 mlrd soʻmi qurilish-pudrat tashkilotlarining aylanma mablagʻlarini toʻldirishga yoʻnaltiriladi.
Bunda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi banklarga pul mablagʻlarini Markaziy bankning asosiy stavkasidan ikki foiz band past stavkada joylashtiradi hamda banklar qurilish-pudrat tashkilotlariga kreditlarni 18 oygacha muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasiga teng foiz stavkada ajratadi.
4. Quyidagilar:
2023-yilda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun ipoteka kreditlari ajratishning maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
2023-yilda ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratishning maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga mahalliy budjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismi hisobidan ushbu Farmon bilan tegishli hudud uchun belgilangan ipoteka kreditlari va subsidiyalar sonini oshirishga ruxsat berilsin.
5. Belgilansinki, 2023-yil 1-maydan boshlab:
qurilayotgan koʻp kvartirali uy-joylarning qurilishi yakunlangan qismini (qavatlarini) banklar tomonidan kredit taʼminoti sifatida bosqichma-bosqich garovga olish amaliyoti joriy etiladi;
2025-yil 1-yanvarga qadar roʻyxati 3-ilovada koʻrsatilgan qurilish materiallari va xom ashyo turlarini import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) banklarning oʻz resurslari hisobidan ulushdor-jismoniy shaxslarga berilgan ipoteka kreditlarini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qayta moliyalashtirish tajribasini davom ettirsin.
7. 2022-yilda “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida koʻp kvartirali uy-joylarni qurish hamda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturlari oʻz vaqtida bajarilmaganligi uchun Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Fargʻona va Toshkent viloyatlari hokimlarining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari hamda Markaziy bankning ushbu viloyatlardagi hududiy bosh boshqarmalari rahbarlariga hayfsan eʼlon qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Yangi Oʻzbekiston” massivlari, shuningdek, oldingi yillarda barpo etilgan massivlarning boʻsh turgan yer uchastkalarida uy-joylar qurishni davom ettirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2023-yilda “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida koʻp kvartirali uy-joylar qurishning maqsadli koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. 5-ilovada koʻrsatilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari “Yangi Oʻzbekiston” va boshqa massivlarni qurish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan tegishincha aholi punktlarining yerlari hamda sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, mazkur Farmonga 5-ilovada koʻrsatilgan yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari qisqarib ketishining oldini olish maqsadida 2024-yil 1-yanvarga qadar ushbu Farmon bilan toifasi oʻzgarayotgan sugʻoriladigan yer uchastkalari maydonining besh baravari miqdorida yangi yerlar oʻzlashtirilishini taʼminlasin. Bunda, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yangi yer uchastkalari Kadastr agentligi tomonidan belgilangan tartibda hisobga olinganidan soʻng oʻzlashtirilgan hisoblanadi.
9. “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida ichki avtomobil yoʻllarini qurish boʻyicha buyurtmachi etib Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi belgilansin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida ichki avtomobil yoʻllari qurilishini belgilangan prognoz parametrlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirsin.
10. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yilda fuqarolarning alohida toifalari (harbiy xizmatchilar) uchun 4 000 ta kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 2023-yilda fuqarolarning alohida toifalariga (harbiy xizmatchilarga) ipoteka kreditlarini ajratish koʻrsatkichlarini tasdiqlasin.
11. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan “Mening birinchi uyim” dasturi ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Toshkent viloyati hokimligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining “Mening birinchi uyim” dasturini tajriba-sinov tariqasida Zangiota tumani “Turkiston” MFYda amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (B. Zokirov) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mening birinchi uyim” dasturini amalga oshirishga oid qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan koʻp qavatli uy-joylar qurilishi sifati yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatilib, bu borada normativ-texnik hujjatlar va loyiha hujjatlaridan chetga chiqish holatlari aniqlangan taqdirda, masʼul shaxslarga, shu jumladan buyurtmachi tashkilotning texnik nazorat, pudrat tashkilotining ichki nazorat va loyihachi tashkilotning mualliflik nazorati mutaxassislariga nisbatan choralar qoʻllanilsin.
12. 2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar:
Bosh vazir oʻrinbosari A.J. Ramatov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining hamda viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari bilan birgalikda yer uchastkalari elektron auksion savdolariga chiqarilishini, koʻp kvartirali uy-joylar hamda muhandislik-transport kommunikatsiya tarmoqlari oʻz vaqtida qurib bitkazilishini taʼminlasin;
Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining hamda viloyatlar va Toshkent shahri birinchi oʻrinbosarlari hamda Markaziy bank hududiy boshqarmalari boshliqlari bilan birgalikda ipoteka kreditlari va subsidiyalar oʻz vaqtida aholiga ajratilishi va moliyalashtirilishini taʼminlasin, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga qurilgan uy-joylarni sotishda koʻmaklashsin;
Bosh vazir oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qoʻchqorov 2023-yil yakuniga qadar har oyda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturining ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hisobot kiritib borsin.
13. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.D. Kudbiyev, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B.I. Zakirov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Farmonning ijrosini nazorat qilish hamda ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 13-aprel,
PF-51-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-apreldagi PF-51-son Farmoniga 1-ILOVA
2023-yilda ipoteka kreditlari ajratishning maqsadli koʻrsatkichlari
mlrd soʻm T/r Hududlar nomi Jami Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan “Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ tomonidan qayta moliyalashtiriladigan kreditlar kvartiralar sotib olish uchun ajratiladigan kreditlar yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan kreditlar soni summasi soni summasi soni summasi soni summasi Respublika boʻyicha jami 44 690 10 732,8 31 017 8 098,9 10 006 1 500,9 3 667 1 133,0 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1 946 426,6 895 223,1 762 114,3 289 89,2 2. Andijon viloyati 3 072 702,9 2 097 522,7 762 114,3 213 65,8 3. Buxoro viloyati 1 691 356,8 747 186,2 762 114,3 182 56,3 4. Jizzax viloyati 2 375 522,9 1 507 375,7 762 114,3 106 32,9 5. Qashqadaryo viloyati 2 892 657,3 1 931 481,4 762 114,3 199 61,6 6. Navoiy viloyati 1 758 383,3 647 161,3 762 114,3 349 107,7 7. Namangan viloyati 1 537 316,5 627 156,3 762 114,3 148 45,9 8. Samarqand viloyati 3 421 784,9 2 529 630,4 762 114,3 130 40,2 9. Surxondaryo viloyati 5 976 1 419,8 5 117 1 275,6 762 114,3 97 29,9 10. Sirdaryo viloyati 2 195 477,7 1 331 331,8 762 114,3 102 31,6 11. Toshkent viloyati 4 376 1 045,0 3 115 776,5 762 114,3 499 154,1 12. Fargʻona viloyati 4 177 980,2 3 169 790,0 762 114,3 246 75,9 13. Xorazm viloyati 2 757 626,1 1 752 436,7 762 114,3 243 75,0 14. Toshkent shahri 6 516 2 032,9 5 553 1 751,1 100 15,0 863 266,8
Izoh:
2023-yilda ipoteka kreditlari ajratishning maqsadli koʻrsatkichlariga, zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasi Rayosati qarori bilan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
2024-yilda “Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ tomonidan umumiy qiymati 566 milliard soʻmga teng boʻlgan 1833 ta kredit qayta moliyalashtiriladi.
2023-yilda ajratiladigan kreditlarning kamida 30 foizi xotin-qizlarga ajratiladi.
Toshkent shahrida yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan kreditlarning manzilli roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-apreldagi PF-51-son Farmoniga 2-ILOVA
2023-yilda ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratishning maqsadli koʻrsatkichlari
mlrd soʻm T/r Koʻrsatkichlar 2023-yilda jami ajratiladigan subsidiyalar shu jumladan: respublika budjeti mablagʻlari hisobidan ajratiladigan subsidiyalar: mahalliy budjetlar qoʻshimcha manbalarining mablagʻlari hisobidan ajratiladigan subsidiyalar: respublika budjetidan 2020–2022-yillarda ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlari uchun subsidiyalar: soni summasi soni shundan: summasi shundan: yangi taqdim etiladigan subsidiya xabarnomalari summasi shundan: soni summasi yangi taqdim etiladigan subsidiya xabarnomalari 2022-yilda berilgan va amalda boʻlgan subsidiya xabarnomalari dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasi foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya summasi dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasi foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya summasi Respublika boʻyicha jami 30 000 1 655,9 15 000 9 958 5 042 566,1 480,0 86,1 15 000 566,1 480,0 86,1 32 992 523,7 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1 974 79,9 987 900 87 37,1 31,6 5,5 987 37,1 31,6 5,5 380 5,7 2. Andijon viloyati 2 000 124,8 1 000 700 300 37,6 32,0 5,6 1 000 37,6 32,0 5,6 3 290 49,7 3. Buxoro viloyati 1 980 117,2 990 726 264 37,2 31,7 5,5 990 37,2 31,7 5,5 2 839 42,9 4. Jizzax viloyati 1 980 89,6 990 790 200 37,2 31,7 5,5 990 37,2 31,7 5,5 1 007 15,2 5. Qashqadaryo viloyati 1 988 99,9 994 740 254 37,3 31,8 5,5 994 37,3 31,8 5,5 1 673 25,3 6. Navoiy viloyati 2 122 101,9 1 061 775 286 39,9 34,0 5,9 1 061 39,9 34,0 5,9 1 469 22,2 7. Namangan viloyati 2 000 128,6 1 000 916 84 37,6 32,0 5,6 1 000 37,6 32,0 5,6 3 541 53,5 8. Samarqand viloyati 1 980 151,9 990 551 439 37,2 31,7 5,5 990 37,2 31,7 5,5 5 136 77,6 9. Surxondaryo viloyati 1 978 135,7 989 880 109 37,1 31,6 5,5 989 37,1 31,6 5,5 4 066 61,4 10. Sirdaryo viloyati 1 976 78,7 988 645 343 37,1 31,6 5,5 988 37,1 31,6 5,5 295 4,5 11. Toshkent viloyati 2 450 101,9 1 225 225 1 000 46,0 39,2 6,8 1 225 46,0 39,2 6,8 651 9,8 12. Fargʻona viloyati 2 000 141,3 1 000 790 210 37,6 32,0 5,6 1 000 37,6 32,0 5,6 4 382 66,2 13. Xorazm viloyati 1 972 95,1 986 820 166 37,0 31,6 5,5 986 37,0 31,6 5,5 1 394 21,0 14. Toshkent shahri 3 600 209,5 1 800 500 1 300 70,3 57,6 12,7 1 800 70,3 57,6 12,7 2 867 68,8
Izoh:
2022-yilda berilgan va 2023-yilda muddati oʻtgan, foydalanilmagan yoki talabgor tomonidan oʻz xohishiga koʻra rad etilgan subsidiya taqdim etish toʻgʻrisida ijobiy xabarnomalar hisobidan 2023-yilda fuqarolarga yangi xabarnomalar taqdim etiladi.
2023-yilda ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratishning maqsadli koʻrsatkichlariga, zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasi Rayosati bayoni bilan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-apreldagi PF-51-son Farmoniga 3-ILOVA
2025-yil 1-yanvarga qadar import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladigan qurilish materiallari va xom ashyolar
ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-apreldagi PF-51-son Farmoniga 4-ILOVA
2023-yilda “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida koʻp qavatli uy-joylarni qurishning maqsadli koʻrsatkichlari
T/r Hududlar nomi Tuman (shahar) nomi Mahalla va massivlar nomi Quriladigan uy-joylar: shundan: yildan yilga oʻtuvchi: yangi quriladigan: uy-joylar soni kvartiralar soni uy-joylar soni kvartiralar soni uy-joylar soni kvartiralar soni Respublika boʻyicha jami 38 ta 837 30 639 532 18 223 305 12 416 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kegeyli tumani “Aktuba” OFY 12 360 10 300 2 60 Qoraoʻzak tumani “Yesim” MFY 8 228 6 168 2 60 Qonlikoʻl tumani “Nauriz” MFY 9 280 7 220 2 60 2. Andijon viloyati Andijon shahri “Yangi Andijon” massivi 80 2 070 56 1 441 24 629 3. Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani “Baraka” MFY 24 480 24 480 Qorakoʻl tumani “Doʻrmon” massivi 12 240 12 240 4. Jizzax viloyati Sh. Rashidov tumani “Oqtosh ota” MFY 14 1 120 14 1 120 Sh. Rashidov tumani “Qahramon” MFY 2 160 2 160 Doʻstlik tumani “Chinobod” MFY 10 200 10 200 5. Qashqadaryo viloyati Koson tumani “Doʻstlik” MFY 32 688 30 648 2 40 Yakkabogʻ tumani “Aygʻirkoʻl” MFY 27 748 25 708 2 40 Qarshi tumani “Chaman” MFY 8 468 8 468 6. Navoiy viloyati Karmana tumani “Doʻstlik” MFY 18 420 18 420 Qiziltepa tumani “Malikobod” MFY 8 200 8 200 7. Namangan viloyati Chust tumani “Gulzor” MFY 14 280 14 280 Pop tumani “Mirishkor” MFY 16 320 16 320 8. Samarqand viloyati Bulungʻur tumani “Gʻoʻbdin” MFY 34 650 18 330 16 320 Urgut tumani “Mergancha” MFY 35 1 852 18 944 17 908 9. Surxondaryo viloyati Angor tumani “Sharq guli” MFY 23 526 17 408 6 118 Jarqoʻrgʻon tumani “Qorayantoq” MFY 47 992 20 452 27 540 Sariosiyo tumani “Lutfukor” MFY 35 1 152 19 728 16 424 Boysun tumani “Mustaqillik” MFY 22 440 10 200 12 240 Termiz tumani “Yangiobod” MFY 18 1 980 18 1 980 10. Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri “A. Jomiy” MFY 40 800 20 400 20 400 Boyovut tumani “Yangi avlod” MFY 14 504 14 504 11. Toshkent viloyati Chirchiq shahri “Iftixor” MFY 15 1 140 15 1 140 Olmaliq shahri “I. Karimov” va “A. Qahhor” MFYlar 15 948 15 948 Nurafshon shahri “Yangiobod” MFY 29 1 000 29 1 000 12. Fargʻona viloyati Fargʻona shahri “Ekoshahar” massivi 73 2 658 73 2 658 Fargʻona tumani “Yangi asr” MFY 9 268 9 268 Yozyovon tumani “Yuqori soyboʻyi” MFY 10 216 10 216 13. Xorazm viloyati Yangiariq tumani “Doʻstlik” MFY 9 180 1 20 8 160 Tuproqqalʼa tumani “Obod” MFY 6 120 5 100 1 20 Xonqa tumani “Yosh kuch” MFY 13 296 4 96 9 200 Qoʻshkoʻpir tumani “Yovgʻur” MFY 15 420 15 420 Urganch tumani “Al-Xorazmiy” massivi 27 709 27 709 14. Toshkent shahri Yangihayot tumani “Yangi Darxon” MFY 22 1 814 12 1 074 10 740 Sergeli tumani “A. Navoiy” MFY 32 3 712 24 1 536 8 2 176
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-apreldagi PF-51-son Farmoniga 5-ILOVA
“Yangi Oʻzbekiston” va boshqa massivlarni qurish uchun toifasi oʻzgarayotgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari
ROʻYXATI
T/r Hududlar nomi Tuman, shahar nomi MFY nomi Dala kontur raqami Yer maydoni (ga) shundan: sugʻoriladigan boʻz yerlar yaylov va pichanzorlar boshqa yerlar Jami 140,46 127,6 1,78 2,54 8,54 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kegeyli tumani “Aqtuba” OFY 3732q 0,85 0,85 Ellikqalʼa tumani “Ellikqalʼa” OFY 35q, 36q, 37q 3,64 3,64 2. Andijon viloyati Andijon tumani “Istiqlol” MFY 4780, 4768q, 4767q, 4782q, 4783q, 4781, 4840, 4839q, 4842, 4843, 4844, 4784, 4838, 4922, 4923, 4925, 4921, 4919, 4918, 4916, 4917, 4705, 4915q, 4913q 30,0 21,77 1,69 6,54 3. Sirdaryo viloyati Boyovut tumani “Yangi avlod” MFY 3q, 4q, 13q 41,8 41,8 4. Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumani “Yovgʻir” MFY 459, 462, 452q, 447, 444, 443, 442, 441, 464 21,1 18,5 0,6 2,0 5. Toshkent shahri Yangihayot tumani “Yangi Darxon” MFY 368q 12,75 12,47 0,28 “Yangi Gulzor” MFY 470, 471, 469q, 468q, 295q, 30q, 36q, 294q 30,32 29,42 0,9
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-apreldagi PF-51-son Farmoniga 6-ILOVA
2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Masʼul ijrochilar 1. Aholi uchun yangi uy-joylar qurish hajmini 1,6 baravarga oshirib, 90 mingga yetkazish va imtiyozli shartlar asosida ipoteka kreditlari berishni davom ettirish. 1. Oldingi yillarda barpo etilgan massivlarning boʻsh turgan yer uchastkalarida va uy-joyga talab yuqori boʻlgan boshqa hududlarda quriladigan uy-joylarning manzilli roʻyxati va qurilish koʻrsatkichlarini tasdiqlash. 2023-yil 1-may Vazirlar Mahkamasi (Ramatov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Zokirov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2. 90 mingta xonadondan iborat boʻlgan uy-joylar qurish uchun zaruratga koʻra yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish. 2023-yil 1-iyun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Zokirov), Kadastr agentligi (Pulatov) 3. Koʻp qavatli uy-joylar qurilishida energiya tejamkor materiallardan foydalanilishi hamda ushbu uy-joylar qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari bilan taʼminlanishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish. Doimiy Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Zokirov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2. Koʻp qavatli uy-joylarning qurilishi yakunlangan qismini (qavatlarini) garovga qoʻyish amaliyotini joriy qilish. Koʻp qavatli uy-joylarning qurilishi yakunlangan qismini (qavatlarini) bosqichma-bosqich garovga qoʻyish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2023-yil 1-may Markaziy bank (Nurmuratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Zokirov), Adliya vazirligi (Tashkulov) 3. “Yangi Oʻzbekiston” massivlariga tutash va yaqin boʻlgan hududlarda tashkil etilgan kichik sanoat zonalari, texnoparklar va mikromarkazlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 1. 2022-yilda qurilishi boshlangan “Yangi Oʻzbekiston” massivlariga tutash va yaqin boʻlgan hududlarda tashkil etilgan kichik sanoat zonalari, texnoparklar va mikromarkazlarda 2023-yilda investitsiya loyihalarini tashkil etish boʻyicha reja- grafikni ishlab chiqish hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2023-yil 1-sentabr Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Qudratov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2. Investitsiya loyihalarining lozim darajada bajarilishini taʼminlash. Loyihalarda belgilangan muddatlarda 4. “Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJning (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) faoliyatini rivojlantirish. 1. Elektron garov xatini joriy etishni nazarda tutuvchi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish. 2023-yil 1-oktabr Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Qudratov), Markaziy bank (Nurmuratov) 2. Ipoteka qimmatli qogʻozlari muomalasini tartibga solish maqsadida xalqaro moliya tashkilotlarini jalb etgan holda “Ipoteka qimmatli qogʻozlari toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2023-yil 1-dekabr 3. Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari tomonidan oʻz kapitali miqdoridan ortiq qiymatda korporativ obligatsiyalar chiqarishning huquqiy asosini yaratish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2023-yil 1-dekabr 4. Ipoteka obligatsiyalarini chiqarish uchun xalqaro moliya tashkilotlarining texnik koʻmagini jalb qilish. 2024-yil 1-iyun 5. Kompaniya ustav fondini 100 million AQSh dollari ekvivalentga yetkazish. 2024-yil 1-iyun 6. Xalqaro va mahalliy investorlarni jalb etgan holda Kompaniya korporativ obligatsiyalarini chiqarish. 2024-yil 1-iyun 5. “Yashil” ipoteka krediti mahsulotini joriy etish. 1. “Yashil” uy-joy standartlarini tasdiqlash. 2024-yil 1-oktabr Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Zakirov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (Abduxakimov) Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (Jumanazarov) 2. “Yashil” uy-joy standartlari asosida quriladigan koʻp qavatli uy-joylarning namunaviy loyihalarini ishlab chiqish, ularni Qurilishi va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirish hamda ulardan bepul foydalanish imkoniyatini yaratish. 2024-yil 1-dekabr 3. “Yashil” ipoteka mahsulotlarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlaridan mablagʻlarni jalb qilish. 2025-yil 1-aprel Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sadullayev), Markaziy bank (Kamalov) 4. “Yashil” uy-joy standarti talablari asosida qurilgan uy-joylarni sotib olish uchun jismoniy shaxslarga “yashil” ipoteka kreditlarini ajratish. 2025-yil 1-aprel 6. “Mening birinchi uyim” dasturini taqdimot qilish. 1. “Mening birinchi uyim” dasturining master-rejasini ishlab chiqish va taqdimot qilish. 2023-yil 15-aprel Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Zokirov), Toshkent viloyati hokimligi (Mirzayev) 2. “Mening birinchi uyim” dasturini jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish. 2023-yil 1-may 7. “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida muhandislik-transport kommunikatsiyalarini qurish ishlarini moliyalashtirish. 1. “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida 2022-yilda qurilgan uy-joylarni muhandislik-transport kommunikatsiyalari bilan taʼminlash ishlarini yakunlash. 2. “Yangi Oʻzbekiston” massivlarining bosh rejalariga asosan massivlarning muhandislik-transport kommunikatsiyalarini qurish ishlarini bosqichma-bosqich moliyalashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. 2023-yil 1-iyul Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Zokirov) 8. Auksionga chiqariladigan yer uchastkalari sonini ikki baravarga oshirish. 1. Yer uchastkalarini auksionga chiqarish boʻyicha malakali mutaxassislardan iborat respublika va hududiy ishchi guruhlarni shakllantirish. 2. Ishchi guruhlar tomonidan yetakchi loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda respublika hududlaridagi boʻsh yer uchastkalarini xatlovdan oʻtkazish. 3. Xatlov natijalari asosida shakllangan manzilli roʻyxat boʻyicha yer uchastkalarini auksionga chiqish. 2023-yil 1-iyun Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi 9. Ekspluatatsiya muddatini oʻtab boʻlgan va maʼnan eskirgan koʻp qavatli uy-joylarni renovatsiya qilishning huquqiy asoslarini yaratish. 1. Ekspluatatsiya muddatini oʻtab boʻlgan va maʼnan eskirgan koʻp qavatli uy-joylarni renovatsiya qilishga oid qonun loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhni tuzish. 2023-yil 20-aprel Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Zokirov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev), Adliya vazirligi (Tashkulov), manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar 2. Ilgʻor xorijiy tajriba asosida ekspluatatsiya muddatini oʻtab boʻlgan va maʼnan eskirgan koʻp qavatli uy-joylarni renovatsiya qilishga oid qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2024-yil 1-iyul 10. Eksperiment tariqasida Toshkent shaharning transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilma obyektlari qurilishini moliyalashtirishning yangi tartibini joriy qilish. Transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilma obyektlari qurilishini moliyalashtirishning yangi tartibini joriy qilishga oid Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda, qaror loyihasida: yangi barpo etiladigan qurilish obyektlari uchun transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish toʻlovlari joriy eti�ishini; ushbu toʻlovlarni jamlash va ulardan samarali foydalanish maqsadida muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalari tashkil etilishini nazarda tutish. 2023-yil 1-may Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Zokirov), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev), Transport vazirligi (Maxkamov) 11. Temir-beton ishlab chiqaruvchi tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish. 1. Temir-beton ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda zamonaviy laboratoriyalar tashkil qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Temir-beton ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda zamonaviy laboratoriyalar tashkil qilish uchun 10 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasini ochish. 2023-yil 1-may Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Qudratov), Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (Sattorov), “Sanoatqurilishbank” ATB (Annaqlichev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 12. Seysmik xavfsizlikni taʼminlashning yangi usullarini joriy qilish va qurilish ishlarini bajarishda nazoratni yanada kuchaytirish. Seysmik xavfsizlikni taʼminlash va qurilishda nazoratni kuchaytirishga oid Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. Bunda, qaror loyihasida: qurilish obyektlarining shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda majburiy ravishda ushbu obyektlar qurilish maydonining muhandislik-geologik tadqiqotlari oʻtkazilishini; seysmik xavfsizligi III-IV toifadagi bino va inshootlarni qurish ishlari Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingida “A” va “B” toifaga ega boʻlgan pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilishini nazarda tutish. 2023-yil 1-may Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Qoʻldoshev), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Zokirov) 13. Koʻp qavatli uy-joylarni qurish ishlari sifatini oshirish. Koʻp qavatli uy-joylarni qurish ishlari sifatini oshirishga oid qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2023-yil 1-sentabr Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Zokirov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Qoʻldoshev), Biznes-ombudsman (Kasimov) 14. Toshkent shaharning kommunal drenaj tizimini yaxshilash. Toshkent shaharning kommunal drenaj tizimini yaxshilash dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2023-yil 1-may Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Zokirov), Toshkent shahar hokimligi (Umurzoqov) 15. Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturida qatnashadigan banklarni saralash tartibini takomillashtirish. Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturida qatnashadigan banklarni saralash tartibini takomillashtirish, shu jumladan ushbu jarayonga xususiy banklarni jalb qilish mezonlarini belgilash. 2024-yil 1-yanvar Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev), Markaziy bank (Nurmuratov) 16. Quruvchi-pudrat tashkilotlari tomonidan koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ekspluatatsiya xizmatlarini koʻrsatish. Qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ushbu uylar qurilishi tugallangan va foydalanishga qabul qilingan paytdan boshlab dastlabki ikki yil davomida ekspluatatsiya xizmatlarini koʻrsatish. Ekspluatatsiya xizmatlarini koʻrsatish uchun qurilish-pudrat tashkilotlari huzurida servis kompaniyalarni tashkil etish yoki mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun shartnomaga asosan boshqaruvchi tashkilotlarni jalb qilish. Doimiy Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Zokirov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 17. Banklarning mijozlarni identifikatsiya qilishda zarur maʼlumotlarni olish boʻyicha imkoniyatlarini kengaytirish. Davlat idoralarining yangi maʼlumotlar bazalarini kredit byurosiga integratsiya qilishga oid Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2023-yil 1-iyul Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov), Markaziy bank (Nurmuratov), Adliya vazirligi (Tashkulov)
