“1281-modda. Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish
Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-829-son) · Sana: 11.04.2023 · Amalda
Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish, —
uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan toʻrt yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan toʻrt yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
17) 129-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan zoʻrlik ishlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish, —
ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan;
b) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
v) oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan;
g) nogironlik belgisiga ega ekanligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan;
d) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 118, 119, 121 va (yoki) 128-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
e) yaqin qarindoshiga yoki bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsga nisbatan;
j) jabrlanuvchini tarbiyalash, oʻqitish va (yoki) unga gʻamxoʻrlik qilish majburiyatlarini bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun bilan zimmasiga yuklatilgan taʼlim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar zoʻrlik ishlatib yoki qoʻrqitib sodir etilgan boʻlsa, —
