Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-117-son)
10.04.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida budjet mablagʻlarining bir qismini jamoatchilik fikri asosida yoʻnaltirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni izchil davom ettirish, tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarida fuqarolarning faolligini oshirish hamda oʻtgan davr mobaynida jamlangan tajribalarni inobatga olgan holda mazkur jarayonni yanada takomillashtirish hamda uni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida:
1. 2023-yil birinchi mavsum doirasida oʻtkazilgan tashabbusli budjetlashtirish jarayonida qiymati 1,5 trillion soʻm boʻlgan 1 666 ta loyiha gʻolib boʻlganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil birinchi mavsum doirasida oʻtkazilgan tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarida har biri 2 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib deb topilmagan 1 309 ta loyihani amalga oshirish uchun qoʻshimcha ravishda 1,3 trln soʻm mablagʻni 1-ilovaga muvofiq ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Belgilansinki, qoʻshimcha ajratilayotgan mablagʻ 2023-yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan yoʻnaltiriladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi respublika budjetidan mablagʻlarni bir hafta muddatda mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq loyihalarni amalga oshirish uchun mahalliy budjetlarga belgilangan tartibda yoʻnaltirish choralarini koʻrsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlari:
mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq qoʻshimcha ajratilayotgan mablagʻlarning bir hafta muddatda Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmalariga oʻtkazilishini hamda mazkur jamgʻarmalar mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini;
obyektlarning bosh loyiha-qidiruv va bosh qurilish-pudrat tashkilotlari Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida inson omilisiz oʻtkaziladigan elektron tender (tanlov) savdolari orqali aniqlanishini;
har bir loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlari nazorat qilib borilishini hamda loyihalarning ijrosi natijalariga koʻra tashabbuskor fuqarolar ishtirokida ularni qabul qilib olish tadbirlari tashkil etilishini taʼminlasin.
3. Tuman (shahar) hokimliklari qoshida tashkil etilgan Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish boʻyicha ishchi komissiyalar 2023-yil birinchi mavsumda gʻolib deb topilgan 2 975 ta loyihaning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini qatʼiy nazoratga olsin. Shuningdek, buyurtmachilar tomonidan pudratchilar bilan shartnomalarni rasmiylashtirishda:
jihozlash boʻyicha loyihalarni amalga oshirishning soʻnggi muddati etib joriy yilning iyul oyi;
qurilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha loyihalarni amalga oshirishning soʻnggi muddati etib joriy yilning avgust oyi belgilanishi nazarda tutilsin.
4. Hisob palatasi (B. Turabov) va Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi (L. Umurzaqov)ga tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari doirasida quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmalariga mablagʻlarning oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazilishini nazorat qilish;
har oyda kamida bir marotaba barcha loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda oʻrganish va ularni doimiy nazorat qilib borish;
qurilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha loyihalarning yakunida qurilishda nazorat oʻlchovini oʻtkazish.
5. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar “Ochiq budjet” axborot portaliga kelib tushgan va har biri 1,5 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib deb topilmagan loyihalar tahlillari asosida jihozlash bilan bogʻliq loyihalarda koʻzda tutilgan tovar (xizmat)larni xarid qilish xarajatlari 2024-yil uchun budjet soʻrovida koʻzda tutilishiga eʼtibor qaratsin.
6. Belgilansinki, tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari doirasida budjet tashkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz yigʻish boʻyicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi. Bunda, majburiy ovoz yigʻishga majburlash tegishli tashkilot xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflansin.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari Jamgʻarmaga mablagʻlarning oʻz vaqtida oʻtkazilishi hamda “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmalari” mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi boʻyicha shaxsan masʼul ekanligi belgilansin.
8. Tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirish, joylarda kuzatilayotgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish hamda ushbu jarayonlarning yanada shaffof va haqqoniy tashkil etilishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qarorning 2-ilovasidagi chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan topshiriqlar oʻz muddatida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda tashabbusli budjetlashtirish jarayoni doirasida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha maʼlumotlarni keng jamoatchilikka muntazam ravishda yetkazish tavsiya etilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.D. Kudbiyev hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 10-aprel,
PQ-117-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-117-son qaroriga 1-ILOVA
2023-yilning fevral — aprel oylari davomida oʻtkazilgan tashabbusli budjet jarayonlarida har biri 2 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib deb topilmagan 1309 ta loyihani amalga oshirish uchun ajratilayotgan mablagʻlar
MIQDORI
T/r Hudud nomi Loyihalar soni (birlik) Mablagʻ miqdori (mln soʻm) Respublika boʻyicha jami 1309 1 310 928 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 29 27 513 1. Amudaryo tumani 9 9 800 2. Kegayli tumani 1 900 3. Qoraoʻzak tumani 2 2 400 4. Qoʻngʻirot tumani 5 5 300 5. Nukus tumani 1 1 000 6. Nukus shahri 1 440 7. Toʻrtkoʻl tumani 8 6 645 8. Ellikqalʼa tumani 2 1 028 Andijon viloyati 111 113 706 9. Andijon tumani 13 14 350 10. Andijon shahri 5 4 730 11. Asaka tumani 16 15 400 12. Baliqchi tumani 10 11 100 13. Boʻston tumani 2 1 000 14. Buloqboshi tumani 1 1 200 15. Jalaquduq tumani 2 2 200 16. Izboskan tumani 3 3 600 17. Qoʻrgʻontepa tumani 7 8 150 18. Marhamat tumani 10 10 578 19. Oltinkoʻl tumani 11 11 300 20. Paxtaobod tumani 11 11 198 21. Xoʻjaobod tumani 2 2 200 22. Shahrixon tumani 18 16 700 Buxoro viloyati 50 45 820 23. Buxoro shahri 13 8 420 24. Vobkent tumani 1 850 25. Gʻijduvon tumani 20 23 600 26. Jondor tumani 1 600 27. Olot tumani 1 1 000 28. Romitan tumani 6 4 250 29. Shofirkon tumani 8 7 100 Jizzax viloyati 82 87 760 30. Arnasoy tumani 2 1 000 31. Baxmal tumani 14 12 100 32. Gʻallaorol tumani 7 7 640 33. Jizzax shahri 17 20 250 34. Zarbdor tumani 2 1 750 35. Zafarobod tumani 3 2 100 36. Zomin tumani 5 5 600 37. Paxtakor tumani 5 6 000 38. Forish tumani 4 3 720 39. Sharof Rashidov tumani 23 27 600 Qashqadaryo viloyati 128 141 047 40. Gʻuzor tumani 10 11 572 41. Dehqonobod tumani 5 5 700 42. Kasbi tumani 13 13 095 43. Kitob tumani 11 12 600 44. Koson tumani 14 14 750 45. Koʻkdala tumani 8 9 600 46. Qamashi tumani 10 10 100 47. Qarshi tumani 12 14 200 48. Qarshi shahri 1 700 49. Muborak tumani 1 1 000 50. Chiroqchi tumani 12 13 680 51. Shahrisabz tumani 9 8 050 52. Shahrisabz shahri 3 3 400 53. Yakkabogʻ tumani 19 22 600 Navoiy viloyati 57 47 733 54. Karmana tumani 7 6 700 55. Qiziltepa tumani 3 1 800 56. Navbahor tumani 10 7 460 57. Navoiy shahri 20 19 725 58. Nurota tumani 5 3 148 59. Xatirchi tumani 12 8 900 Namangan viloyati 182 154 421 60. Davlatobod tumani 7 6 625 61. Kosonsoy tumani 15 10 500 62. Mingbuloq tumani 5 3 400 63. Namangan tumani 13 8 291 64. Namangan shahri 36 30 220 65. Norin tumani 10 9 756 66. Pop tumani 20 23 100 67. Toʻraqoʻrgʻon tumani 21 3 950 68. Uychi tumani 8 8 394 69. Uchqoʻrgʻon tumani 8 8 050 70. Chortoq tumani 6 4 700 71. Chust tumani 7 6 735 72. Yangiqoʻrgʻon tumani 26 30 700 Samarqand viloyati 135 137 669 73. Bulungʻur tumani 9 9 100 74. Jomboy tumani 7 7 871 75. Ishtixon tumani 13 12 695 76. Kattaqoʻrgʻon tumani 18 19 400 77. Qoʻshrabot tumani 7 7 500 78. Narpay tumani 5 5 099 79. Nurobod tumani 8 9 400 80. Oqdaryo tumani 3 3 600 81. Pastdargʻom tumani 2 2 000 82. Payariq tumani 5 6 000 83. Samarqand tumani 16 15 050 84. Samarqand shahri 23 18 404 85. Toyloq tumani 2 1 300 86. Urgut tumani 17 20 250 Sirdaryo viloyati 13 8 445 87. Boyovut tumani 9 6 095 88. Guliston tumani 2 1 650 89. Sayxunobod tumani 1 450 90. Sardoba tumani 1 250 Surxondaryo viloyati 110 111 754 91. Angor tumani 3 2 700 92. Bandixon tumani 1 900 93. Boysun tumani 2 650 94. Denov tumani 19 21 950 95. Jarqoʻrgʻon tumani 5 4 285 96. Qiziriq tumani 3 3 500 97. Qumqoʻrgʻon tumani 8 6 570 98. Muzrabot tumani 5 5 250 99. Oltinsoy tumani 16 16 880 100. Sariosiyo tumani 15 13 184 101. Termiz tumani 1 935 102. Termiz shahri 8 8 050 103. Uzun tumani 8 9 250 104. Sherobod tumani 11 11 850 105. Shoʻrchi tumani 5 5 800 Toshkent viloyati 84 87 603 106. Bekobod tumani 2 1 550 107. Bekobod shahri 2 1 500 108. Boʻka tumani 5 5 628 109. Zangiota tumani 1 1 200 110. Qibray tumani 4 4 455 111. Quyi Chirchiq tumani 3 3 560 112. Oqqoʻrgʻon tumani 9 7 450 113. Ohangaron tumani 5 6 000 114. Ohangaron shahri 2 730 115. Parkent tumani 10 11 020 116. Piskent tumani 1 1 200 117. Toshkent tumani 8 9 400 118. Oʻrta Chirchiq tumani 2 2 200 119. Chinoz tumani 8 8 070 120. Chirchiq shahri 6 5 570 121. Yuqori Chirchiq tumani 10 11 650 122. Yangiyoʻl tumani 6 6 420 Toshkent shahri 44 43 610 123. Mirzo Ulugʻbek tumani 4 4 080 124. Olmazor tumani 6 7 046 125. Chilonzor tumani 16 17 600 126. Shayxontohur tumani 2 1 800 127. Yunusobod tumani 14 10 684 128. Yangihayot tumani 2 2 400 Fargʻona viloyati 201 226 238 129. Beshariq tumani 5 5 450 130. Bagʻdod tumani 25 29 675 131. Buvayda tumani 8 9 475 132. Dangʻara tumani 9 10 787 133. Yozyovon tumani 4 3 660 134. Qoʻshtepa tumani 18 20 992 135. Quva tumani 15 16 660 136. Quvasoy shahri 12 12 648 137. Qoʻqon shahri 3 2 450 138. Margʻilon shahri 2 1 550 139. Oltiariq tumani 11 12 600 140. Rishton tumani 14 15 900 141. Toshloq tumani 8 7 985 142. Oʻzbekiston tumani 37 43 240 143. Uchkoʻprik tumani 12 13 273 144. Fargʻona tumani 7 7 800 145. Furqat tumani 11 12 094 Xorazm viloyati 83 77 609 146. Bogʻot tumani 1 800 147. Gurlan tumani 8 9 195 148. Qoʻshkoʻpir tumani 20 21 749 149. Urganch tumani 7 3 140 150. Urganch shahri 13 11 700 151. Hazorasp tumani 5 4 550 152. Xiva tumani 3 1 725 153. Shovot tumani 13 15 270 154. Yangiariq tumani 7 4 130 155. Yangibozor tumani 6 5 350
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-117-son qaroriga 2-ILOVA
Tashabbusli budjetlashtirish jarayonini yanada takomillashtirish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR REJASI
T/r Chora-tadbirlar nomi Amalga oshirish shakli Ijro muddatlari Masʼul ijrochilar 1. Ommaviy axborot vositalari orqali tashabbusli budjet jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha kampaniyalar oʻtkazilishi yuzasidan eʼlonlar berish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2023-yil 15-mayga qadar OʻzMTRK (A. Xadjayev), AOKA (A. Xodjayev) 2. Hududlarda fuqarolar va jamoat tashkilotlaridan tashabbusli budjet jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar yigʻish. Bunda: har bir tumanda grafik asosida fuqarolar ishtirokida ochiq muhokamalar tashkil etish; “Telegram” ijtimoiy tarmogʻida taklif va mulohazalarni qabul qilish uchun maxsus bot ishga tushirish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2023-yil 15-iyunga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) 3. Xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda xalqaro amaliyotda respublikamizda kuzatilgan holatlarga oʻxshash muammolar va ularning yechimlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni oʻrganish hamda munosib deb topilgan tajribalarni mamlakatimizda tatbiq etish maqsadida takliflar ishlab chiqish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2023-yil 15-iyul Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) 4. Kelib tushgan takliflarni OAV vakillari, bloger va mustaqil izlanuvchilar oʻrtasida muhokama qilish va tashabbusli budjet jarayoniga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha dastlabki roʻyxatni shakllantirish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2023-yil 31-iyul Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev), AOKA (A. Xodjayev) 5. Tashabbusli budjet jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni Oliy Majlis palatalarida muhokama qilish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2023-yil avgust Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Oliy Majlis palatalaridagi muhokama natijalariga koʻra umumlashtirilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etish. Axborot xati 2023-yil avgust 6. Tashabbusli budjet jarayonlarini tartibga solish boʻyicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat qabul qilish. Bunda, quyidagilar nazarda tutiladi: amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish orqali “Ochiq budjet” tizimini takomillashtirish; tashabbusli budjet doirasida ovoz berish tartibini yanada takomillashtirish boʻyicha keng muhokamalar oʻtkazish; Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish boʻyicha ishchi komissiya tarkibini tanqidiy qayta koʻrib chiqish hamda hududlarda loyihalarni shakllantirish va saralash bosqichlarida turli xil maʼmuriy aralashuvlarning oldini olish maqsadida komissiya tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023-yil noyabr Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) 7. Tashabbusli budjet jarayonining 2023-yil birinchi mavsumida faol ishtirok etgan 10 nafar hokim yordamchisi hamda 20 nafar faol fuqarolarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirish, jumladan, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlash choralarini koʻrish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2023-yil 1-may Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) 8. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari orqali amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023-yil 15-aprel Vazirlar Mahkamasi (A. Djuraboyev)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-117-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga aʼzolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4756-son qaroriga 1-ilovaning 13-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sugʻurta nazoratchilari xalqaro uyushmasi Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti Shaffoflik va soliq maqsadlarida axborot almashinuvi boʻyicha global forum Pensiya va ijtimoiy jamgʻarmalar xalqaro assotsiatsiyasi Xalqaro ijtimoiy taʼminot uyushmasi ”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5072-son qarorining 3-bandida:
a) quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tuman va shahar budjetlari qoʻshimcha mablagʻlarining kamida 30 foiz qismi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetida shakllangan qoʻshimcha mablagʻlarning 30 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi”;
b) uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-409-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda, 2023-yilga moʻljallangan dasturlarni tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari orqali shakllantirish, loyihalar paketi uchun ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorini 8 milliard soʻm etib belgilash, dasturlarni moliyalashtirish uchun har yili Davlat budjetidan kamida 4 trillion soʻm, 2023-yil uchun istisno tariqasida 2,7 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirish nazarda tutilsin”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-471-son qarorida:
a) 18-bandning ikkinchi xatboshisidagi “1-aprelga qadar” soʻzlari “1-iyunga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-ilovada:
4-pozitsiyasining “Ijro muddatlari” ustunidagi “2023-yil 1-mart” soʻzlari “2023-yil 1-iyul” soʻzlari bilan almashtirilsin;
19-pozitsiyasining “Ijro muddatlari” ustunidagi “2023-yil 1-aprel” soʻzlari “2023-yil 1-iyun” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 7-ilovada:
4-pozitsiyaning “Ijro muddatlari” ustunidagi “2023-yil 1-aprel” soʻzlari “2023-yil 1-iyun” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-pozitsiyaning “Ijro muddatlari” ustunidagi “2023-yil 1-mart” soʻzlari “2023-yil 1-iyun” soʻzlari bilan almashtirilsin.
