Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisini oʻtkazish toʻgʻrisida (3035-IV-son)
14.03.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2023-yil 15-mart kuni videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga quyidagi masalalar kiritilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni boʻyicha kelishuv komissiyasining xulosasi haqida;
“Tashqi mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni boʻyicha kelishuv komissiyasining xulosasi haqida;
“Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida (uchinchi oʻqish);
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-990-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan tartibga solish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”) (ikkinchi oʻqish);
“Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-996-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (ikkinchi oʻqish);
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1001-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish);
QL-996 va QL-1001-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida;
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida;
“Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilishni yanada kuchaytirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-1002-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (ikkinchi oʻqish);
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari tizimini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-995-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish);
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Ramatovga “Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini toʻxtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash boʻyicha hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida;
Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri I. Maxkamovga “Avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida;
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. Umarovaga “Maktablarda qoʻshimcha oʻquvchi oʻrnini yaratish hamda maktablarning moddiy-texnika taʼminotini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida;
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2022-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida;
Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2022-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida;
Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2022-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida;
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining 2022-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida;
Oʻzbekiston Ekologik partiyasining 2022-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 14-mart,
3035-IV-son
