Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. Umarovaga “Maktablarda qoʻshimcha oʻquvchi oʻrnini yaratish hamda maktablarning moddiy-texnika taʼminotini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida (3052-IV-son)
15.03.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi hamda Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. Umarovaga “Maktablarda qoʻshimcha oʻquvchi oʻrnini yaratish hamda maktablarning moddiy-texnika taʼminotini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Mazkur Qaror va parlament soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. Umarovaga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 15-mart,
3052-IV-son
