Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining 2023-yil birinchi yarim yilligiga moʻljallangan ish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (3013-IV-son)
06.03.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining 2023-yil birinchi yarim yilligiga moʻljallangan ish rejalari (bundan buyon matnda Ish rejalari deb yuritiladi) 1 — 12-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 — 12 ilovalar berilmaydi
2. Ish rejalarida nazarda tutilgan vazifa va tadbirlarni oʻz vaqtida, sifatli bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalari raislari va Devoni rahbari masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni Qoʻmitalar huzuridagi kotibiyatlar Ish rejalari ijrosi yuzasidan har oyning 25 sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Nazorat-tahlil boʻlimiga axborot taqdim etilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalariga:
oʻzlarining yigʻilishlarida Ish rejalarida nazarda tutilgan vazifalar va tadbirlarning bajarilishi holatini har oyda kamida bir marotaba muhokama qilib borish;
Ish rejalarida nazarda tutilgan tadbirlar xususida tegishli vazirlik va idoralarni xabardor qilish tavsiya etilsin.
6. Ish rejalarida nazarda tutilgan vazifalar va tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 6-mart,
3013-IV-son
