Muomaladagi naqd pullarni kamaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida (356-son)
11.07.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Naqd pul muomalasini tartibga solish va pullarning asossiz ravishda koʻpayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Belgilab qoʻyilsinki, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi hisob-kitoblar bank muassasalari orqali naqd pulsiz amalga oshiriladi;
davlat (aksionerlik) korxonalari va tashkilotlaridan kooperativlar, fermerlar, xususiy va kichik korxonalarning hisob-kitob schyotlariga tushadigan pul mablagʻlari operatsiyalar va toʻlovlar ularning ustav faoliyati sohasiga muvofiq kelgan taqdirda qoʻshib qoʻyiladi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasida ilgari qabul qilingan qarorlarga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar taqdim etsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 11-iyul,
356-son
