27-modda. Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (78-II-son) · Sana: 26.05.2000 · Amalda
Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi auditorlarning ixtiyoriy asoslarda birlashtiradigan nodavlat notijorat tashkilotidir.
Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi auditorlarning malaka darajasini rivojlantirishga va saqlab turishga, ularning kasbiy manfaatlari himoyalanishiga koʻmaklashishga daʼvat etilgandir.
Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi:
auditorlarning taʼlim dasturlarini va auditorlik malaka sertifikatini olish huquqiga doir malaka imtihonlarini topshirish tartibini ishlab chiqishda;
auditorlar malaka sertifikatini olish huquqiga doir malaka imtihonlarini oʻtkazishda;
auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlashda;
auditorlik tashkilotlari faoliyatini majburiy reyting baholashni tashkil qilishda ishtirok etadi.
