“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (2202-6-son)
05.04.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 5-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2202-6]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi 73-son “Sud ekspertizasi tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TAShKULOV
Toshkent sh.,
2023-yil 4-aprel,
5-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 4-apreldagi 5-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 2-martdagi 53-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2202, 2011-yil 2-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 9-son, 92-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 7-iyuldagi 174-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2202-1, 2017-yil 7-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 27-son, 633-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 17-oktabrdagi 340-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2202-2, 2017-yil 17-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 10/17/2202-2/0133-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 31-oktabrdagi 508-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 14-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2202-3, 2018-yil 31-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2018-y., 10/18/2202-3/2139-son).
5. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 22-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2202-4, 2021-yil 2-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2021-y., 10/21/2202-4/1136-son).
6. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 5-oktabrdagi 21-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2202-5, 2022-yil 5-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 10/22/2202-5/0895-son).
