2023-yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-113-son)
05.04.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2023-yilda amalga oshirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish orqali oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish, ichki bozorda aholi talabini taʼminlash va narxlar barqarorligini saqlash hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni iqtisodiy va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
1. Respublikada 2023-yil hosili uchun asosiy maydonlarning 3,2 mln gektar, takroriy maydonlarning 783 ming gektar, bogʻ-tok qator oralarining 140 ming gektar, dala chetlarining 34,6 ming gektar, lalmi yerlarning 373 ming gektar maydoniga qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish rejalashtirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahri, viloyatlar va tumanlar hokimlarining 2023-yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning prognoz hajmlari toʻgʻrisidagi taklifi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
2. 2023-yil 15-apreldan boshlab eksperiment tariqasida xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan mablagʻlar hisobidan Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi huzuridagi “Agroservis operator” DUK orqali tashabbuskorlar loyihalarini moliyalashtirishning quyidagi yangi tizimi joriy etilsin, unga koʻra:
a) tashabbuskorlar tomonidan ishlab chiqilgan meva-sabzavotlarni saqlash, qayta ishlash, logistika quvvatlarini yaratish, shuningdek, yetishtirilgan mahsulotlarni xarid qilish hamda maxsus texnikalarni, jumladan oziq-ovqat sanoatidagi texnologiyalarni xarid qilish yoʻnalishidagi loyihalar Agrosanoatni rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tumandagi loyiha ofislariga taqdim etilib, Qishloq xoʻjaligi vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) yagona elektron axborot platformasi orqali “Agroservis operator” DUKka yetkaziladi. Bunda:
“Agroservis operator” DUK belgilangan tartibda loyihalarni shakllantiradi hamda Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markaziga taqdim etadi;
Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi belgilangan tartibda loyihalarni moliyalashtirishni tashkil etadi;
b) “Agroservis operator” DUK mazkur mablagʻlar hisobidan intensiv bogʻ va tokzorlar, agrologistika obyektlarini hamda texnologik liniyalarni (zamonaviy issiqxonalar, laboratoriyalar, kichik agrologistika markazlari, qayta ishlash quvvatlari), oziq-ovqat sanoatidagi liniyalarni qurib, tayyor holda tashabbuskorlarga lizing asosida topshiradi. Bunda lizing toʻlovi 10 foizi oldindan toʻlash, 10 foizi tashabbuskorlar ulushi, 80 foizi 10 yil davomida boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan amalga oshiriladi.
Belgilansinki, mazkur tartib doirasida ajratiladigan mablagʻlar:
milliy valyutada 14 foiz stavkada ajratiladi. Bunda AQSH dollariga nisbatan oʻzbek soʻmining valyuta kursi tebranishlari tufayli yuzaga keladigan xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan qoplanadi;
xorijiy valyutada jalb qilingan foiz stavkasiga bir foizlik punkt qoʻshilgan holda taqdim etiladi.
Vazirlik mazkur bandda nazarda tutilayotgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan 130 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni yoʻnaltirsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
a) Vazirlikning Geoaxborot tizimida 8 ta asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi (paxta, gʻalla, sholi, piyoz, sabzi, kartoshka, makkajoʻxori hamda moyli ekinlar) mahsulotlarining ekilishini, vegetatsiya davrini monitoring va tahlil qilish amaliyoti joriy etiladi. Bunda, “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan “Elektron hukumat” tizimining tegishli platformalari orqali oʻzaro integratsiya qilinadi.
Soliq qoʻmitasi, Kadastr agentligi, Bojxona qoʻmitasi bir oy muddatda oʻzining tegishli platformalari Vazirlikning yagona integratsion platformasiga integratsiya qilinishini taʼminlasin;
b) 2023-yil 1-iyunga qadar paxta, gʻalla, meva-sabzavotlar yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish jarayonlari raqamlashtiriladi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyilida xizmat koʻrsatish uchun “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etiladi.
Bunda, tijorat banklari imtiyozli kredit ajratishi uchun ularga “Agroplatforma” axborot tizimi orqali idoralararo elektron maʼlumot almashinuvi yordamida taqdim etilgan yer ijara shartnomalari yoki koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida Davlat reyestri koʻchirmalaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning vakillari boʻlgan jismoniy shaxslar 2-ilovadagi roʻyxatga muvofiq chakana savdo obyektlarida tovarlar xaridini amalga oshirganda va ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid chekining fiskal belgisini matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali roʻyxatdan oʻtkazganda, ularning bank kartalariga har oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi miqdoridagi toʻlov oʻrniga, xarid summasida toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi respublika budjetidan qaytariladi. Bunda qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qaytarish oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha boʻlgan xaridlar summasi doirasida amalga oshiriladi;
mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan toʻlovlar respublika budjetining daromadlar qismida qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarishga rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
2023-yil 1-iyundan boshlab qishloq xoʻjaligi sohasidagi barcha subsidiyalar Vazirlikning “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga subsidiya berish” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish va ularni xarid qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-225-son qarori doirasida Agentlikning Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga 12 oy muddatga, shu jumladan 11 oylik imtiyozli davr bilan, 2023-yilda 400 milliard soʻm (birinchi yarim yillikda 200 mlrd soʻm) budjet ssudasini yillik 10 foiz stavkada ajratsin.
6. Vazirlik:
a) 2023-yil 1-noyabrga qadar xalqaro moliya institutlarining 2 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlari hisobidan hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, Marhamat, Toshloq, Mingbuloq, Nukus, Ellikqalʼa, Urganch, Buxoro, Xatirchi, Bulungʻur, Jomboy, Qamashi, Yakkabogʻ, Sherobod, Denov, Sharof Rashidov, Boyovut, Ohangaron va Chinoz tumanlarida xususiy sektorni jalb qilgan holda meva-sabzavot, kartoshka, poliz ekinlarini intensiv usulda yetishtirish boʻyicha koʻrgazmali dala maydonlarini tashkil qilish choralarini koʻrsin;
b) 2025-yil mart oyiga qadar xalqaro moliya institutlarining 3 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlari hisobidan Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti hamda Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti huzurida xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan oziq-ovqat va meva-sabzavotchilik yoʻnalishidagi laboratoriyani tashkil etsin;
v) har oyda bitta hududda xalqaro moliya institutlarining grant mablagʻlari hisobidan Bilim va innovatsiyalar milliy markazi, tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa ilmiy muassasalarni jalb qilgan holda xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislar ishtirokida meva-sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli va moyli ekinlar, dorivor oʻsimliklar yetishtirish, ularni qayta ishlash, eksport qilish boʻyicha seminar-treninglar oʻtkazib borsin;
g) 2023-yil 1-noyabrga qadar Bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzurida Yuqori Chirchiq tumanida, agrar biznes sohasidagi mutaxassislar, tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan agroklasterlar, fermerlar, dehqon xoʻjaliklarining bilimlarini oshirish, ularda yangi zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirish, shuningdek, biznes loyihalarini tayyorlash boʻyicha agrar sohada biznes maktab tashkil qilsin.
Bunda, ushbu maktab “Agrobank” ATBning joylardagi agromarkazlari, maʼmuriy boʻysunuvidan qatʼi nazar, agrar sohadagi agromaslahat va tavsiyalarni berish faoliyatini olib borayotgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining tegishli tuzilmalari va ilmiy muassasalar bilan oʻzaro muvofiqlashgan holda tashkil etiladi;
d) respublika hududlaridagi oziq-ovqat bozorlari va savdo komplekslarida asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻsishi yuzasidan monitoring olib borsin hamda ushbu maʼlumotlarni Vazirlik saytida hamda ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilib borsin.
Bunda, Vazirlik huzurida asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini tahlil qilish markazi (yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan) tashkil etiladi.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Suv xoʻjaligi vazirligi, Vazirlik 2023-yilda 3-ilovada keltirilgan prognoz koʻrsatkichlariga muvofiq 100,4 ming gektar yer maydonlarining qishloq xoʻjaligida foydalanishga kiritilishini taʼminlasin.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hamda tumanlar hokimliklari, Vazirlik, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bir oy muddatda mahsulot yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, taʼminotchi, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi, savdo-xarid tashkilotlari va qishloq xoʻjaligi kooperativlari oʻrtasida 2023-yil hosili uchun mahsulot yetkazib berish va xarid qilish boʻyicha shartnomalar tuzilishiga va ularning oʻz vaqtida bajarilishiga masʼul etib belgilansin.
9. Agentlik:
import qilinayotgan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat import mahsulotlarini, shu jumladan 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini respublikada ishlab chiqarish va koʻpaytirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlariga koʻmaklashsin va xizmat koʻrsatsin;
Akademik Maxmud Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda 2023-yilda mevali bogʻ va uzumzorlar barpo etadigan fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari talabidan kelib chiqqan holda muvofiqlik sertifikatiga ega mevali bogʻ va uzum koʻchatlari yetkazib berishni tashkil etsin;
hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, 2023-yil bahor va kuz oylarida har bir viloyatda oʻrtacha 250 — 300 gektardan namunaviy bogʻ-tokzorlar barpo etsin;
uch oy muddatda bogʻdorchilik va uzumchilik bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini toʻliq raqamlashtirgan holda ularning pasportlari yaratilishini taʼminlasin.
10. Suv xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda sugʻorish mavsumida tasdiqlangan suv olish limitlari doirasida qishloq xoʻjaligi ekinlarini suvga boʻlgan talabdan kelib chiqib, sugʻorish jadvallari asosida oʻz vaqtida suv bilan taʼminlasin.
11. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvaga ozuqa yetishtirish uchun aholiga dehqon xoʻjaligi yuritish maqsadida beriladigan yerlarning maydoni 2 gektardan 5 gektarga oshiriladi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2023-yilda amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
14. Vazirlik ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Vazirlik bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 5-aprel,
PQ-113-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi PQ-113-son qaroriga 1-ILOVA
Respublikada 2023-yil hosili uchun barcha toifa xoʻjaliklari tomonidan yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining
PROGNOZ HAJMLARI
(tonna) T/r Hudud nomi Jami shundan qishloq xoʻjaligi ekinlari: Sabzavot Poliz Kartoshka Dukkakli Moyli Sholi Ozuqabop Meva Uzum Boshqalar 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 3 469 476 331 421 185 826 144 240 16 590 56 815 147 250 2 490 732 67918 12741 15943 2. Andijon viloyati 4 823 850 1 853 649 214 711 418 312 25 454 36 740 36 918 1 414 493 725556 93295 4721 3. Buxoro viloyati 3 613 110 927 000 208 000 249 218 10 453 26 090 13 065 1 601 615 302000 228000 47669 4. Jizzax viloyati 3 494 610 479 989 287 896 144 807 114 648 48 123 2 400 2 275 490 98146 33927 9183 5. Qashqadaryo viloyati 4 349 528 560 266 189 575 214 007 58 797 22 518 400 3 010 856 172438 111687 8984 6. Navoiy viloyati 1 686 398 338 246 106 074 85 735 15 561 13 161 6 000 897 371 115371 94504 14376 7. Namangan viloyati 3 596 830 1 001 548 136 836 528 932 85 325 28 027 17 317 1 298 414 346066 154033 332 8. Samarqand viloyati 4 686 926 1 941 443 174 007 930 252 65 801 15 100 377 249 390618 709653 82804 9. Surxondaryo viloyati 3 319 965 1 193 118 345 264 350 518 70 464 12 467 11 458 1 009 822 188377 119796 18680 10. Sirdaryo viloyati 1 904 289 355 287 299 805 74 702 51 693 12 337 59 040 936 208 44043 15320 55856 11. Toshkent viloyati 4 202 803 1 183 375 67 761 473 474 58 273 24 793 40 100 2 115 256 120596 118680 495 12. Fargʻona viloyati 3 770 121 1 328 192 163 457 361 466 32 632 31 370 48 722 1 181 404 406363 204333 12182 13. Xorazm viloyati 3 055 243 680 099 165 452 144 093 8 849 11 231 144 650 1 680 329 167625 52432 483 14. Toshkent shahri 33 272 18 622 5 354 1 086 920 3 611 3679 Jami: 46 006 422 12 192 255 2 544 665 4 125 109 615 625 338 774 528 240 20 292 848 3 145 117 1 948 400 275 388
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi PQ-113-son qaroriga 2-ILOVA
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganda qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi qaytarib beriladigan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari
ROʻYXATI*
1. Qoʻy goʻshti
2. Parranda goʻshti
3. Mol goʻshti
4. Tuxum
5. Oʻsimlik yogʻi
6. Un
7. Shakar
8. Dori vositalari va tibbiy xizmatlar.
*Izoh: mahsulotlar (tovarlar va xizmatlarning) identifikatsiya kodlari (MXIK) asosida aniqlanadi va ushbu kodlar Soliq qoʻmitasi tomonidan mustaqil belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi PQ-113-son qaroriga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2023-yilda qayta foydalanishga kiritiladigan va oʻzlashtiriladigan yer maydonlarining
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
T/r Hudud nomi 2023-yilda foydalanishga kiritiladigan maydon (gektar) shu jumladan: sugʻoriladigan maydonlar hisobidan lalmi-yaylov maydonlarni oʻzlashtirish hisobidan 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 13 175 13 175 2. Andijon viloyati 1 440 1 4401440 3. Buxoro viloyati 15 000 5 000 10 000 4. Jizzax viloyati 10 661 2 042 8 620 5. Qashqadaryo viloyati 14 000 4 539 9 461 6. Navoiy viloyati 5 048 198 4 850 7. Namangan viloyati 2 151 2 151 8. Samarqand viloyati 6 420 6 420 9. Surxondaryo viloyati 2 925 1 567 1 358 10. Sirdaryo viloyati 3 501 3 501 11. Toshkent viloyati 22 115 2 115 20 000 12. Fargʻona viloyati 2 578 2 578 13. Xorazm viloyati 1 400 1 400 Jami *100 414 37 128 63 287
*Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-27-son Farmonida 2023-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda jami 100 ming gektar yer maydonlari qayta foydalanishga kiritilishi belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi PQ-113-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2023-yilda amalga oshirish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
T/rTadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiMoliyalashtirish manbalariIjro muddatiIjro uchun masʼullarI. Aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash1.“Oziq-ovqat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.Qonun loyihasida quyidagilarni nazarda tutish:oziq-ovqat xavfsizligi va sogʻlom ovqatlanishni taʼminlash, yer va suv resurslari, ekologik va moliyaviy boshqaruv tizimlarini takomillashtirish;samarali bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi, shu jumladan strategik mahsulotlar zaxirasini yaratish;yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni boshqarishda oldindan ogohlantirish va monitoring platformasini yaratish;ijtimoiy himoyaning milliy tizimlarini takomillashtirish va barqarorligini taʼminlash;oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi darajasini yaxshilash uchun sogʻlom ovqatlanish tamoyillarini hamda xavfsizlikni taʼminlash amaliyotlari va koʻrsatkich meʼyorlarini targʻib qilishni koʻzda tutish. Loyihani manfaatdor vazirlik idoralar bilan kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Mablagʻ talab etilmaydi2023-yil dekabrQishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi2.Boshoqli don hosildorligini oʻrtacha 68 sentnerga yetkazish.1. Hududlarning ob-havo sharoitidan kelib chiqib, azotli mineral oʻgʻitlar bilan tabaqalashtirilgan holda oziqlantirishni tashkil etish.2. Begona oʻt, zang va boshqa kasalliklar hamda zararkunanda hasharotlarga qarshi tizimli chora-tadbirlar koʻrish.3. 100 ming ga gʻalla maydonlarini lazerli yer tekislash, 184 ming ga gʻallani zamonaviy seyalkada ekishni tashkil etish.4. Yangi ertapishar, don sifat koʻrsatkichlari va hosildorligi yuqori boʻlgan navlar maydonini 585 ming gektarga kengaytirish.Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va mahsulot yetishtiruvchi subyektlar mablagʻlari, bank kreditlari2023-yil davomidaQishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari3.Yuqori avlodli urugʻlik kartoshka yetishtirishni yoʻlga qoʻyish.1. Super va super elita urugʻlik kartoshka yetishtirishni yoʻlga qoʻyish uchun boshlangʻich material sifatida yuqori hosildorlikka ega, sifat koʻrsatkichlari yaxshi, kasallikka chidamli, davlat reyestriga kiritilgan kartoshka navlarini tanlash.Tashabbuskorlar mablagʻlari, bank kreditlari, XMI mablagʻlari2023-yil aprel-mayQishloq xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Urugʻchilikni rivojlantirish markazi, viloyatlar hokimliklari2. Mavjud 5 ta “in-vitro” laboratoriyalari tomonidan yetishtirilgan kartoshka oʻsimligidan maxsus issiqxonalarda va ochiq joylarda yil yakuniga qadar 23 mln dona super va super elita urugʻlik yetishtirishni yoʻlga qoʻyish.2023-yil oktabr-noyabr3. Super va super elita urugʻlik kartoshka yetishtirish boʻyicha joylarda koʻrgazmali seminarlar oʻtkazish va doimiy ravishda nazorat oʻrnatish.doimiy4. Urugʻlik kartoshka ekilgan maydonlarda agrotexnik tadbirlar olib borilishi yuzasidan doimiy monitoring yuritish.mavsum davomida4.Respublikadagi mavjud “in-vitro” laboratoriyalarida meva va uzumning sifatli koʻchatlarini koʻpaytirish.1. Respublikada mavjud meva-uzum koʻchatchiligiga ixtisoslashgan 9 ta “in-vitro” laboratoriyalarida virusdan holi boʻlgan 8 mln dona koʻchatlar, payvandtaglar va oʻsimliklar tayyorlash.2. Koʻchatchilikka ixtisoslashgan xoʻjaliklarning ochiq va yopiq maxsus dala maydonlarida laboratoriyada yetishtirilgan oʻsimliklarni ekish va parvarishlash ishlarini tashkil etish.3. Xalqaro moliya institutlarining kredit mablagʻlarini jalb etish.Tashabbuskorlar mablagʻlari, bank kreditlari, XMI mablagʻlari2023-yil davomidaQishloq xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari5.Meva (danakli, yongʻoq mevali, anor) va uzum yetishtirishni koʻpaytirish uchun yangi mevali bogʻ va uzumzorlar barpo etish.1. Hududlarda 25 ming gektar bogʻlar va 35 ming gektar uzumzorlar barpo etish.2. Talab etiladigan koʻchatlar va boshqa moddiy resurslarni yetkazib berish choralarini koʻrish.3. Iqtisodiy samara bermayotgan 8 ming gektar yaroqsiz bogʻ va 3,5 ming gektar yaroqsiz uzumzorlarni rekonstruksiya qilish.4. Yerosti suvlarining zaxirasi va tarkibini oʻrganish, barpo etiladigan intensiv bogʻlar uchun sugʻorish tizimini (tik quduqlar burgʻilash) joriy qilish.5. Tomchilatib sugʻorish texnologiyalari joriy qilingan subyektlarga amaliy yordam berish.Tashabbuskorlar mablagʻlari, bank kreditlari, XMI mablagʻlari 2023-yil dekabrQishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi, “Agroservis operator” DUK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari6.Asosiy maydonlarda chorva ozuqasi ekinlari ulushini 12 foizga yetkazish.1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markaziga qarashli 200 gektar hamda Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutiga tegishli 12,5 gektar maydonlarda ozuqabop ekinlardan makkajoʻxori, lavlagi va oraliq ekinlarning elita va super elita urugʻlarini yetishtirishni yoʻlga qoʻyish.2. Yetishtirilgan urugʻlarni chorvachilik subyektlariga yetkazib berish.3. Chorva ozuqa maydonini 430 ming gektarga yetkazish.Bunda, bahor va kuz mavsumida 206 ming gektar paxta va gʻalla maydonlarida almashlab (beda va boshqa ozuqabop) ekishni 10 foizga yetkazish.Mazkur maydonlarning har gektaridan oʻrtacha 300 sentner hosil olish va 12,5 mln tonna ozuqabop mahsulotlar yetishtirish.4. Asosiy maydonlarga ekilgan bahorgi makkajoʻxoridan boʻshagan maydonlarning 102,2 ming gektariga oraliq ekinlar ekish.Xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari, shu jumladan bank kreditlari2023-yil davomidaQishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari7.Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini 3,8 foizga oshirish.Chorva mollari bosh sonini koʻpaytirish va mahsuldorligini oshirish boʻyicha yangi loyihalarni amalga oshirish. Bunda:1. 1 900 ta chorvachilik loyihalarini ishga tushirish hamda 250 ta chorvachilik subyektlarini “Naslchilik toifasi”ga oʻtkazish.2. Sunʼiy urugʻlantirishga jalb etilgan 3 ming nafar texnik oseminatorlardan (urugʻlantiruvchilar) 15 foizining bosqichma-bosqich malakasini oshirish.3. Yirik shoxli qoramol bosh sonini 14,7 mln boshga, qoʻy-echkilarni 24,3 mln boshga, parranda bosh sonini 100,1 mln boshga yetkazish.Xalqaro moliya institutlari va tijorat banklari kreditlari, tashabbuskorlar mablagʻlari2023-yil davomidaQishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 8.Aholi jon boshiga goʻsht (tirik vaznda) ishlab chiqarish 48 kg, sut ishlab chiqarish 340 l, tuxum ishlab chiqarish 230 dona va baliq ishlab chiqarishni 9 kgga yetkazish choralarini koʻrish.1. Aholi jon boshiga zarur boʻladigan goʻsht, sut, tuxum va baliq mahsulotlari bilan taʼminlash boʻyicha (Qoramolchilik, qoʻychilik, parrandachilik, yilqichilik, tuyachilik, baliqchilik) yangi loyihalar ishga tushirilishini taʼminlash.2. Barcha toifa xoʻjaliklari tomonidan chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikda naslni yaxshilash, toʻla qiymatli oziqlantirishni qoʻllash va saqlash sharoitlarini yaxshilash orqali goʻsht ishlab chiqarishni 2,8 mln tonnaga, sut ishlab chiqarishni 12,3 mln tonnaga, tuxum ishlab chiqarishni 8,7 mlrdga hamda baliq yetishtirishni 400 ming tonnaga yetkazish.Xalqaro moliya institutlari va tijorat banklari kreditlari, tashabbuskorlar mablagʻlari2023-yil davomidaQishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, respublika tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari9.Pillachilikda yillik oʻsish surʼatlarini kamida 6 foizga yetkazish hamda ipak qurti ozuqa bazasini mustahkamlash.1. Pillachilik mavsumlarida 443,5 ming quti ipak qurti parvarishlash hamda 25,7 ming tonna pilla ishlab chiqarish. 2. Ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida jami 123,8 mln tup tut koʻchatlari ekish ishlarini tashkil etish.3. 3,1 trln soʻmlik ipak mahsulotlari ishlab chiqarish, yillik prognoz oʻsishni taʼminlash.Xalqaro moliya institutlari va tijorat banklari kreditlari va tashabbuskorlar mablagʻlari2023-yil davomidaQishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari10.Choʻl-yaylov oʻsimliklari urugʻchiligini rivojlantirish.1. Birlamchi urugʻchilik yetishtirish uchun yer maydonlarini tanlash.2. 3,6 ming gektar yaylov maydonlariga choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklarining birlamchi urugʻchiligini tashkil qilish.3. Mavjud choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklari urugʻchilik maydonlari hisobidan 15 turdagi 42 tn choʻl yaylov ozuqabop oʻsimliklari urugʻi zaxirasini yaratish.Tijorat banklari kreditlari va tashabbuskorlar mablagʻlari2023-yil davomidaQishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari11.Parrandachilik yoʻnalishida naslchilikni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish.Parrandachilik yoʻnalishidagi 281 ta loyihani amalga oshirish.Bunda, parrandachilik yoʻnalishida naslchilik xoʻjaliklari sonini 52 taga yetkazish;inkubatsion tuxum ishlab chiqarishni 290 mln donaga yetkazish.Xalqaro moliya institutlari va tijorat banklari kreditlari, tashabbuskorlar mablagʻlari2023-yil davomida“Parrandasanoat” uyushmasi, respublika tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari12.Baliqchilikni rivojlantirish va baliq yetishtirish hajmini koʻpaytirish.Baliqchilikni rivojlantirish va baliq yetishtirish hajmini koʻpaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash.Bunda, hududlardagi hosildorligi past boʻlgan sunʼiy suv havzalarini bosqichma-bosqich intensivlashtirish va baliq yetishtirish hosildorligini 4-5 barobarga oshirish;3 ta oqsilga boy omuxta yem ishlab chiqarish korxonalarini ishga tushirish;ishlab chiqarishga moʻljallangan 7 ta baliq lichinkalarini ishlab chiqaruvchi zamonaviy inkubatsiya sexlari va reproduktor havzalar barpo etish.Xalqaro moliya institutlari va tijorat banklari kreditlari, tashabbuskorlar mablagʻi2023-yil davomida“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, respublika tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari.13.Asalarichilikni rivojlantirish va asal yetishtirishni koʻpaytirish.1. 2023-yilda asalari oilalari sonini 1,4 mln donaga yetkazish va 31 ming tonna asal yetishtirish.2. Asalari paketlari eksportini 350 ming donaga yetkazish.Bank kreditlari va tashabbuskorlar mablagʻlari2023-yil davomidaOʻzbekiston asalarichilari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariII. Qulay agrobiznes muhitini va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish14.“Qishloq xoʻjaligi kooperativi” toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qabul qilish.1. “Qishloq xoʻjaligi kooperativi” toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.3. Qonunning qabul qilinishini taʼminlash.Mablagʻ talab etilmaydi2023-yil sentabrQishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon va tomorqa yer egalari kengashi15.Oziq-ovqat tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish maqsadida import oʻrnini bosuvchi 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni koʻpaytirish choralarini koʻrish.1. Oziq-ovqat sanoati uchun xomashyo bazasini bosqichma-bosqich kengaytirish. Bunda, qayta ishlash quvvatlarini meva-sabzavotda 3,2 mln tonnaga, sutda 3 mln tonnaga va goʻshtda 450 ming tonnaga yetkazish;qayta ishlash darajasini meva-sabzavotda 18 foizga, goʻshtda 22 foizga, sutda 28 foizga yetkazish choralarini koʻrish.2. Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi tomonidan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat import mahsulotlarini respublikada ishlab chiqarish va koʻpaytirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlariga koʻmaklashish va xizmat koʻrsatishni tashkil etish.Hisob-kitoblar asosida2023-yil dekabrQishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi16.Hududlarda 10 ta agrologistika markazlari va 41 ta sovitkichli sigʻimlarni tashkil etish.1. Respublika hududlarida tashkil etiladigan agrologistika markazlari va saqlash korxonalarining manzilli roʻyxatini shakllantirish.Tashabbuskorlar oʻz mablagʻlari, xorijiy investitsiyalar va bank kreditlari2023-yil aprelQishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari2. Amalga oshiriladigan loyihalarda investitsiya mablagʻlarining oʻzlashtirilishi hamda amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha oylik monitoring oʻrnatish.3. Loyihalarni ishga tushirish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni oʻrganish va bartaraf etish choralarini koʻrib borish.2023-yil davomida17.Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini 1,6 mlrd dollarga yetkazish.1. Xorijdagi diplomatik vakolatxonalar tomonidan yirik savdo tarmoqlari roʻyxatini va buyurtmalar portfelini shakllantirish.2. Asosiy turdagi meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlardagi narx-navo konyunkturasini tahlil qilish.3. 2,5 mln tonna meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga yoʻnaltirish.4. Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati korxonalariga xalqaro standartlar (Organic, Global G.A.P. va boshqalar) talablarini joriy qilish.5. GSP+ doirasida mahsulotlar eksporti hajmini 2 barobarga oshirish.6. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi va ishlab chiqaruvchi korxonalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va eksport geografiyasini oshirish.Davlat budjeti va tashabbuskorlar mablagʻlari2023-yil davomidaInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari18.Umumiy oziq-ovqat mahsulotlarining eksport hajmida qayta ishlangan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ulushini 30 foizdan 37 foizga yetkazish choralarini koʻrish.1. Xorijdagi diplomatik vakolatxonalar (Yevropa va Yaqin Sharq davlatlari, Qozogʻiston, Rossiya, Belarus, Ukraina, Latviya, Koreya, BAA, Hindiston, Pokiston, Afgʻoniston, Xitoy va boshqalar) tomonidan yirik savdo tarmoqlari roʻyxatini va buyurtmalar portfelini shakllantirish.2. Oziq-ovqat mahsulotlarining tashqi bozorlardagi narx-navo konyunkturasini tahlil qilib borish.3. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash.Davlat budjeti va tashabbuskorlar mablagʻlari2023-yil davomidaInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari19.Qishloq xoʻjaligida har gektar sugʻoriladigan yerdan olinadigan oʻrtacha daromadni 4,8 ming AQSH dollariga yetkazish.1. Innovatsion texnologiyalarni qoʻllash orqali paxta, gʻalla, meva-sabzavot va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlaridan yuqori hosil olish va daromadni oshirish.2. Meva-uzumchilikda “in-vitro” laboratoriyalarida 8 mln dona sertifikatlangan koʻchatlarni koʻpaytirish uchun 4 gektar issiqxonalar tashkil etish.3. Sabzavotchilikda 28,2 ming gektarda intensiv usulda mahsulot yetishtirishni tashkil etish.4. Gʻalladan boʻshagan 783 ming gektar ekin maydonlarida takroriy ekinlarni ekish asosida qoʻshimcha daromad olishni taʼminlash. Davlat budjeti va tashabbuskorlar mablagʻlari2023-yil davomidaQishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari20.2023-yilda xalqaro va mahalliy konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda meva-sabzavotchilik yoʻnalishidagi klaster va kooperativlarning har biriga alohida yondashgan holda ularning biznes rejalari va rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishga koʻmaklashish.Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi orqali jalb qilingan 1,5 million AQSH dollari miqdoridagi grant mablagʻlaridan samarali foydalanish choralarini koʻrish.Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari2023 — 2026-yillar davomidaQishloq xoʻjaligi vazirligiIII. Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish21.Mahsulot yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektlariga hududlarning tuproq-iqlim sharoiti, suv bilan taʼminlanganlik darajasidan kelib chiqqan holda qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish boʻyicha tavsiya berish, ichki va tashqi bozorlardagi joriy hamda prognoz narxlari toʻgʻrisida xabardor qilish tizimini yoʻlga qoʻyish mexanizmini ishlab chiqish.1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektlariga hududlarning tuproq-iqlim sharoiti, suv bilan taʼminlanganlik darajasidan kelib chiqqan holda qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish boʻyicha tavsiya berish. 2. Ichki va tashqi bozorlardagi joriy hamda prognoz narxlar toʻgʻrisida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni xabardor qilish tizimini yoʻlga qoʻyish.Mablagʻ talab etilmaydi2023-yil iyulQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi22.Hududlardagi dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga oʻsimliklarni himoya qilish sohasida “Karantin xizmati — dehqonga koʻmakchi” tizimini joriy etish.1. Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga “Karantin xizmati — dehqonga koʻmakchi” shiori ostida zararli organizmlardan himoya qilishda uygʻunlashgan qarshi kurash boʻyicha inspektorlar tomonidan koʻrgazmali seminar va taqdimotlar oʻtkazish.2. Uygʻunlashgan qarshi kurash (IPM) boʻyicha ixcham va ommabop flayerlarni (5 mln dona) joylarga yetkazish.3. Innovatsion “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasidan foydalanish usullarini keng ommaga yetkazish.4. Agrosanoat majmui tarkibidagi idoralar xodimlarini uygʻunlashgan qarshi kurash boʻyicha oʻqitib, trener sifatida tayyorlash.5. Mahsulot yetishtiruvchi subyektlarning oʻsimliklarni himoya qilish, mahsulotlarni eksportga tayyorlash sohasidagi bilim va saviyalarini doimiy ravishda oshirib borish.Mablagʻ talab etilmaydi2023-yil davomidaOʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari23.Agrar va oziq-ovqat sohasini rivojlantirish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 1 mlrd dollardan ortiq mablagʻlarni yoʻnaltirish.1. Xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda jalb qilinadigan loyihalarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va kelishish.Bunda, agrar va oziq-ovqat sohasini rivojlantirish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 386,2 mln dollar imtiyozli kredit mablagʻlarini jalb qilish.2. Davlat va hududiy investitsiya dasturlari doirasida shakllantirilgan 711 mln dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish.3. Loyihalarni ishga tushirish va ularning bajarilishi ustidan monitoring yuritish.Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari, tashabbuskorlar oʻz mablagʻlari2023-yil davomidaInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari24.Hududlarda fitosanitar laboratoriyalar faoliyatini toʻliq yoʻlga qoʻyish.1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Navoiy, Jizzax, Namangan viloyatlarida fitosanitar laboratoriyalarni zarur uskunalar bilan jihozlash va faoliyatini tashkil etish.2. Hududiy laboratoriyalar faoliyatini toʻliq raqamlashtirish.3. Laboratoriyalar xodimlarini xorijda yoki xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda oʻqitish va malakasini oshirib borish.4. Xorijiy davlatlarning fitosanitar laboratoriyalari bilan oʻzaro taqqoslama laboratoriya tahlillarini oʻtkazish.Xalqaro moliya institutlari va davlat budjeti mablagʻlari2023-yil davomidaOʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo, Navoiy, Jizzax va Namangan viloyatlari hokimliklariIV. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini taʼminlash25.Yerlarning shoʻrlanish darajasini pasaytirish tadbirlarini amalga oshirish.Yerlarning shoʻrlanish darajasini pasaytirish. Bunda: 14,3 ming km kollektor-drenaj tarmoqlarini taʼmirlash; 2,1 ming dona meliorativ quduqlarga yerosti suvlari minerallashuvini onlayn nazorat qiluvchi qurilmalarni oʻrnatish; Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha shoʻrlangan maydonlar xaritasini ishlab chiqish.Hisob-kitoblar asosida Davlat budjeti va tadbirkorlar mablagʻlari2023-yil davomidaSuv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi26.Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda suvni tejaydigan innovatsion sugʻorish texnologiyalari joriy etiladigan ekin maydonlarini kengaytirish orqali 7 mlrd metrkub suvni iqtisod qilish.1. 300 ming gektar maydonda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hamda 200 ming gektar qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarini lazerli tekislagich yordamida tekislash ishlarini amalga oshirish.2. Irrigatsiya (428 km kanal, 39 km lotok tarmoqlari) obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish.3. 411 km kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish hisobiga tuproqning meliorativ holatini yaxshilash.4. Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi 13057 ta obyektga raqamli texnologiyalarni joriy qilish.Respublika va mahalliy budjet hamda tashabbuskorlar mablagʻlari2023-yil davomidaSuv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari27.Qishloq xoʻjaligi vazirligining “E-IJARA” axborot tizimi orqali aholiga 92,6 ming gektar yer maydonini dehqon xoʻjaligini tashkil etish maqsadida ochiq elektron tanlov orqali ajratish.1. Dehqon xoʻjaligini tashkil etish maqsadlari uchun zaxiradagi yer maydonlarini lotlar asosidagi yer tuzish loyihalarini ishlab chiqqan holda ochiq elektron tanlovlarga chiqarish.Mablagʻ talab etilmaydi2023-yil mayQishloq xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, tegishli vazirlik va idoralar2. Dehqon xoʻjaligi tashkil etish uchun aholiga, jumladan ijtimoiy ehtiyojmand oilalarga yer maydonlarini ochiq elektron tanlov orqali ajratish ishlarini samarali tashkil etish.2023-yil davomida28.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda jami 100 ming gektar (37,1 ming ga foydalanishdan chiqqan sugʻoriladigan yer hisobidan, 63,3 ming ga lalmi-yaylovlar hisobidan) yer maydonlarini foydalanishga kiritish.1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan shakllantirilgan manzilli roʻyxatga muvofiq, foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarida 1745 km irrigatsiya tarmoqlarini va 1844 km meliorativ tarmoqlarini taʼmirlash-tiklash, 995 dona sugʻorish quduqlarini qazish, 111 dona nasos agregatlarini qurish, 306 dona transformatorlar oʻrnatish va 463 km elektr tarmoqlarini tortish tadbirlarini amalga oshirish. 2. Qayta foydalanishga kiritilgan va oʻzlashtirilgan yer maydonlarda ekinlarning joylashtirilishi yuzasidan monitoring yuritish.Davlat budjeti va tashabbuskorlar mablagʻlari2023-yil davomidaQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi,29.Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanishni tartibga solish tizimini takomillashtirish.1. “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.Bunda, amaldagi qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilarning ixtisosligini oʻzgartirish;sugʻoriladigan ekin yerlarda bogʻdorchilik, uzumchilik va boshqa koʻp yillik daraxtzorlar hamda yengil tipdagi issiqxonalarni tashkil etish tartibini belgilash;yerdan foydalanuvchilarning qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan boshqa yer turlari hududida yengil konstruksiyali infratuzilma obyektlarini (koʻchma obyektlar, konteynerlardan tashkil topadigan dala shiyponi, mahsulot saqlanadigan kichik omborlar, qayta ishlash va qadoqlash sexlari) qurish uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini belgilash nazarda tutiladi.Ushbu tartiblari joriy etish boʻyicha mezonlar va talablar Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilanadi va uning xulosalari asosida amalga oshiriladi.2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Mablagʻ talab etilmaydi2023-yil sentabrQishloq xoʻjaligi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar30.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida suv resurslarini boshqarish jarayonini avtomatlashtirish loyihasini amalga oshirish.XMI mablagʻlarini jalb qilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida Avstraliyaning “Rubikon” kompaniyasi tajribasi asosida suv resurslarini boshqarish jarayonini avtomatlashtirish loyihasini amalga oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.Xalqaro moliya institutlarining kredit va grant mablagʻlari2023-yil dekabrSuv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo viloyati hokimligiV. Tarmoqni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish31.Agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash toʻgʻrisidagi nizomni qabul qilish.1. Subsidiyalashning ustuvor yoʻnalishlari va siyosiy maqsadlarini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzurida agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash boʻyicha texnik ishchi guruhni tashkil etish.2. Qishloq xoʻjaligiga ajratilayotgan subsidiyalar monitoringini yuritish va baholash maqsadida vazirlik tizimida boʻlim tashkil etish.3. Ushbu boʻlimga davlat idoralari tomonidan sektorga taqsimlangan barcha subsidiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni jamlash, tahlil qilish va ularning taʼsirini baholash vazifasini yuklash.4. Subsidiya ajratishda talab etiladigan hujjatlarni qisqartirish.5. Sohaga yangi subsidiyalarni joriy etishda tariflar, muddatlar, tartiblar va javobgarliklarni aniq belgilash.Mablagʻ talab etilmaydi2023-yil mayQishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi32.Qishloq xoʻjaligida sugʻurta xizmatlarini takomillashtirish.1. Qishloq xoʻjaligida Turkiya va Ispaniya davlatlarining qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi boʻyicha amaliy tajribasidan kelib chiqqan holda hosilni sugʻurtalashni joriy etish.Xalqaro moliya instituti mablagʻlari2024-yil II chorakQishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Oʻzagrosugʻurta” AJ2. Germaniyaning “InsuResilience Solutions Fund” fondidan 2,5 mln yevro grant mablagʻlari ajratish boʻyicha hujjatlarni tayyorlash.2023-yil aprel — iyun3. Fargʻona vodiysida gilos, uzum, oʻrik hosilini Germaniyaning “KFW” banki bilan birgalikda iqlimning noqulay taʼsiridan sugʻurtalashni yoʻlga qoʻyish. Bunda, sugʻurta qildiruvchilarning tabiiy geografik joylashuvi, yetishtiriladigan mahsulot turini inobatga olib sugʻurta xizmati narxlarini belgilash.2024-yil II chorak33.Qishloq xoʻjaligi texnikalari parkining yangilanish darajasini 10 foizga oshirish.1. Mavjud 267,8 mingta qishloq xoʻjaligi texnika va agregatlari holatini tahlil qilish.Tijorat banklari kredit mablagʻlari, lizing tashkilotlari resurslari va tashabbuskorlar mablagʻlari2023-yil aprelQishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagrolizing” AJ, tijorat banklari2. Tashabbuskor klasterlar, kooperatsiyalar, fermerlar va mashina-traktor parklari roʻyxatini shakllantirish.2023-yil may3. Tashabbuskorlarga qiymati 2,6 mlrd soʻmlik 11 mingta qishloq xoʻjaligi texnikalarini bank krediti va lizing asosida yetkazib berish choralarini koʻrish.2023-yil davomida34.Qishloq xoʻjaligida yerdan foydalanish huquqlarini kafolatlash, uni bozor aktiviga aylantirish va likvidlikni taʼminlash.Yer uchastkasining uzoq muddatli ijara huquqini realizatsiya qilish bozorini shakllantirish boʻyicha amaldagi qonunchilikni takomillashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.Mablagʻ talab etilmaydi2023-yil 1-sentabrAdliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi35.Mevali bogʻlarda boʻlgʻusi hosilni kredit taʼminoti sifatida foydalanish hamda sugʻurta qilish boʻyicha Fargʻona vodiysida pilot loyihani ishga tushirish. Mevali bogʻlarda boʻlgʻusi hosilni kredit taʼminoti sifatida foydalanish hamda sugʻurta qilish boʻyicha Fargʻona vodiysida pilot loyihani ishga tushirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.Mablagʻ talab etilmaydiBir oy muddatdaQishloq xoʻjaligi vazirligiVI. Qishloq xoʻjaligida ilm-fan, taʼlim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish37.Qishloq xoʻjaligi fundamental tadqiqotlar markazi (center of excellense) faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 1. Qishloq xoʻjaligi fundamental tadqiqotlar markazini tashkil qilish yuzasidan xorijiy hamkorlar bilan kelishuvlarga erishish. 2. Markaz konsepsiyasini ishlab chiqish. 3. Markaz binosining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va uni qurish bilan bogʻliq tegishli tadbirlarni amalga oshirish. 4. Markazda yuqori texnologiyali zamonaviy laboratoriyalar, oʻsimliklar florasi milliy genbanki, strategik tahlil markazlarini tashkil etish. 5. Xorijiy hamkorlar bilan birgalikda har yili 25 nafar mahalliy yosh kadrlarni tayyorlash. Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, Ilmiy faoliyatiga oid davlat dasturlari grantlari va budjetdan tashqari mablagʻlar 2023 — 2026 yillar davomidaQishloq xoʻjaligi vazirligi VII. Qishloq hududlarini rivojlantirish38.Respublika hududlarida agroturizmni rivojlantirish maqsadida 8 ta agroturizm obyektini ishga tushirish.1. Qishloq hududlarida agroturizmni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.2. Ushbu yoʻnalishda tashabbuskorlarni aniqlash hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan vakolatli vazirlik va idoralarga taklif kiritish.Tashabbuskorlar oʻz mablagʻlari, xorijiy investitsiyalar va bank kreditlari2023-yil avgustQishloq xoʻjaligi vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariVIII. Tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish40.Suv resurslaridan foydalanishni raqamlashtirish.1. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va vakolatli organlardan ekspertizadan oʻtkazish.Xorijiy moliya institutlari mablagʻlari, budjet mablagʻlari va tashabbuskorlar mablagʻlari2023-yil iyunQishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Oʻzbekkosmos” agentligi, “Markaziy aerogeodeziya” DUK tegishli vazirlik va idoralar 2. Axborot tizimini ishlab chiquvchi kompaniyani aniqlash boʻyicha tanlov oʻtkazish.2023-yil avgust3. Irrigatsiya elektron raqamli xaritalarini yaratish (I bosqich).2023-yil avgust — dekabr4. Irrigatsiya elektron raqamli xaritalari orqali suv hisobini yuritish, kosmik suratlarni tahlil qilish orqali suv bilan taʼminlanganlik darajasini aniqlash tizimini yoʻlga qoʻyish (II bosqich).2023 — 2025-yillarda(alohida reja-grafikka muvofiq)41.“Agroplatforma” axborot tizimini joriy etish.1. Axborot tizimida vazirlik, idora va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning ishlash tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.XMI mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar, tashabbuskorlar mablagʻlari2023-yil mayQishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Markaziy bank, tegishli vazirlik va idoralar, tijorat banklari2. “Agroplatforma” axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish.2023-yil avgust42.Qishloq xoʻjaligi vazirligining Geoaxborot tizimidan foydalanishni kengaytirish.1. Geoaxborot tizimini Internet tarmogʻiga joylashtirish va barcha foydalanuvchilar uchun erkin foydalanishni yoʻlga qoʻyish.Mablagʻ talab etilmaydi2023-yil mayQishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, tegishli vazirlik va idoralar2. Integratsiya jarayonlarini kengaytirish, bozordagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari narxlarining oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim qilib borish.2023-yil dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi PQ-113-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-maydagi “Respublika hududlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4709-son qarorining 3-bandi “v” kichik bandining uchinchi xatboshisidagi “Qoramozor hududidan 20 gektar” soʻzlari “Qizilmozor” hududidan 25 gektar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4803-son qarorining 5-bandi oltinchi xatboshisidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini amalga oshirish boshqarmasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-20-son qarori 1-bandining “a” kichik bandidagi “196 655” raqami “92 655” raqami bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish va ularni xarid qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-225-son qarorida:
a) 1-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “100 milliard” soʻzlari “400 milliard” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandda:
ikkinchi xatboshi “dorivor oʻsimliklar” soʻzlaridan keyin “tut, pilla” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, olingan qarz mablagʻlarini oʻz vaqtida qaytargan, ijobiy kredit tarixiga ega, qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratgan tadbirkorlik subyektlariga qarz mablagʻlari foiz stavkasini bir foiz bandga tushirgan holda 13 foiz miqdorida taqdim etiladi”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi “Dehqon xoʻjaliklari tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-373-son qarorida:
a) 2-bandning birinchi xatboshisi, 4-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi va 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “95 169” raqami “92 655” raqami bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
2-pozitsiyada:
“Jami yer maydoni, gektar” ustunidagi “18 470” raqami “14 470” raqami bilan almashtirilsin;
“2023-yilda” ustunidagi “10 052” raqami “6 052” raqami bilan almashtirilsin;
“Jami” pozitsiyasida:
“Jami yer maydoni, gektar” ustunidagi “196 655” raqami “192 655” raqami bilan almashtirilsin;
“2023-yilda” ustunidagi “96 655” raqami “92 655” raqami bilan almashtirilsin;
v) 1.2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Andijon viloyati tumanlarida fermer xoʻjaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va gʻalladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan yerlar hisobidan fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmlari
T/r Tuman (shahar)lar nomi Jami yer maydoni, gektar shundan, 2022-2023-yillarda 2022-yilda 2023-yilda 1. Andijon 973 631 342 2. Asaka 899 660 239 3. Baliqchi 1 436 845 591 4. Boʻston 608 396 212 5. Buloqboshi 662 243 419 6. Jalaquduq 1 303 785 518 7. Izboskan 1 282 822 460 8. Marhamat 981 612 369 9. Oltinkoʻl 810 463 347 10. Paxtaobod 1 185 761 424 11. Ulugʻnor 1 260 410 850 12. Xoʻjaobod 393 247 146 13. Shahrixon 1 277 835 442 14. Qoʻrgʻontepa 1 361 668 693 15. Xonobod sh. 41 41 Jami 14 470 8 418 6052 ”.
