“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida harbiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2022-yil 21-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-998-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (2950-IV-son)
13.02.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida harbiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2022-yil 21-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-998-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil 25-yanvarda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida harbiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2022-yil 21-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-998-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 13-fevral,
2950-IV-son
