“Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1003-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (2982-IV-son)
22.02.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1003-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023-yil 20-fevralda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1003-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 22-fevral,
2982-IV-son
