Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PF-41-son)
23.03.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Aholining xarid qobiliyatini mustahkamlash, asosiy turdagi oziq-ovqat va isteʼmol mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojni taʼminlash, tovarlar taʼminotining global zanjirlarini diversifikatsiyalash hamda inflyatsiya darajasini jilovlash maqsadida:
1. 2027-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladigan tovarlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi “Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga va monopoliyaga qarshi choralarning taʼsirchanligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-145-son Farmonida:
1-banddagi va 1-ilovaning nomlanishidagi “2023-yil 1-iyulga qadar” soʻzlari “2024-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “2023-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari “2024-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev) bir oy muddatda:
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini respublika hududiga olib kirishda davlat nazoratidan oʻtkazish jarayonining samaradorligini oshirish hamda uni xavfni tahlil qilish tamoyili asosida yoʻlga qoʻyish;
import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladigan kundalik isteʼmol tovarlari roʻyxatini kengaytirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-mart,
PF-41-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-martdagi PF-41-son Farmoniga ILOVA
2027-yil 1-yanvarga qadar tovarlarni olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi belgilanadigan tovarlar
ROʻYXATI
T/r TIF TN kodi Tovarning nomlanishi 1. 0203, 0208, 0209 Yangi soʻyilgan, sovutilgan yoki muzlatilgan choʻchqa goʻshti; boshqa goʻsht va goʻshtli oziq-ovqat submahsulotlari; tuzli eritmada tuzlangan, quritilgan yoki dudlangan, eritib yoki boshqa usul bilan ajratib olinmagan choʻchqa yogʻi, goʻshtdan ajratib olingan yogʻ va uy parrandasi yogʻi 2. 0403 Yogurt; paxta, ivigan sut yoki qaymoq, qatiq va boshqa fermentlangan yoki achitilgan sut va qaymoq, quyultirilgan yoki quyultirilmagan, shakar yoki boshqa shirin taʼm beruvchi moddalar qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan, xushboʻy taʼmli qoʻshimchalar qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan, kakao, yongʻoq, mevalar qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan 3. 0406 Pishloq va tvoroglar 4. 0408 Yangi, quritilgan, qaynatilgan yoki bugʻda pishirilgan, formalangan, muzlatilgan yoki boshqa usullar bilan konservatsiya qilingan, shakarli yoki shakarsiz, boshqa shirin taʼm beruvchi moddalarsiz qobiqsiz tuxum va tuxumning sarigʻi 5. 0703* Sholgʻomsimon dumaloq piyoz, shalot piyozi, sarimsoqpiyoz, piyoz-porey va boshqa piyozli sabzavotlar‚ yangi yoki sovitilgan 6. 0705* Salat latuk (Lactuca sativa) va sikoriy (Cichorium spp.), yangi yoki sovitilgan 7. 0713 Dukkakli sabzavotlar, quritilgan, tozalangan, urugʻlangan yoki tozalanmagan, boʻlingan yoki boʻlinmagan 8. 0804 Yangi yoki quritilgan xurmo (finik), anjir, ananas, avokado, guava, mango va mangostin yoki garsiniya 9. 0808 Yangi olma, nok va behi 10. 0810 Boshqa yangi mevalar 11. 1102 Bugʻdoy yoki javdardan tashqari gʻalla donidan un 12. 1103 Gʻalla don donalaridan yorma, yirik tortilgan un va granulalar 13. 1105 Nozik va dagʻal un, kukun, boʻlaklar, kartoshka granulalari 14. 1106 0713 tovar pozitsiyadagi quritilgan dukkakli sabzavotlarning yirik va mayda tortilgan un va kukunlari, 08 guruhdagi mahsulotlari yoki 0714 tovar pozitsiyasidagi sago palmasining yuragi, ildizlari yoki ildiz mevalari 15. 1108 Kraxmal; inulin 16. 1513 Kokos (kopra), palma yadrosi yoki babassu moylari va ularning fraksiyalari, rafinadlangan yoki rafinadlanmagan, lekin kimyoviy tarkibi oʻzgartirilmagan: 17. 1602 Tayyor yoki konservalangan goʻsht mahsulotlari, yarim tayyor goʻsht, qon yoki hasharotlar mahsulotlari 18. 1604 Tayyor yoki konservalangan baliq; baliq tuxumidan tayyorlangan osyotr ikrasi va uning oʻrnini bosuvchi moddalar 19. 1703 Shakarni olish yoki tozalash natijasida hosil boʻlgan shinni 20. 1704 Tarkibida kakao boʻlmagan qandolat mahsulotlari (shu jumladan, oq shokolad). 21. 1806 Kakao tarkibli shokolad va boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari 22. 1902 Issiqlik ishlovi berilgan yoki berilmagan, ichi toʻldirilgan (goʻsht va boshqa mahsulotlar bilan) yoki toʻldirilmagan hamda boshqa usulda tayyorlangan yoki tayyorlanmagan, spagetti, makaronlar, ugra (lapsha), lazanya, kletski, ravioli, kannelloni kabi makaron mahsulotlari; kuskus, tayyorlangan yoki tayyorlanmagan 23. 1905 Tarkibida kakao boʻlgan yoki boʻlmagan non, xamirli qandolat mahsulotlari, pirojniylar, pechenye va boshqa non-bulochka hamda xamirli qandolat mahsulotlari; vaflilar, farmatsevtikada kerak boʻladigan boʻsh kapsulalar, yopishtirish uchun vaflili kapsulalar, guruchli qogʻoz va shunga oʻxshash mahsulotlar 26. 2007 Issiqlik bilan ishlov berish yoʻli bilan olingan, shu jumladan, shakar yoki boshqa shirin taʼm beruvchi moddalar qoʻshilgan murabbolar, mevali jele, marmeladlar, meva yoki yongʻoq pyuresi, meva yoki yongʻoq pastalari 27. 2008 Boshqa usulda tayyorlangan yoki konservalangan mevalar, yongʻoqlar va oʻsimliklarning boshqa isteʼmol qilinuvchi qismlari, tarkibida shakar yoki shirin taʼm beruvchi moddalar yoki spirt qoʻshimchalari mavjud boʻlgan yoki mavjud boʻlmagan, boshqa joyda nomi koʻrsatilmagan yoki kiritilmagan 28. 2101 Qahva, choy yoki paragvay choyi yoki mate, aragvay choyining ekstraktlari, essensiya va konsentratlari hamda qahva, choy yoki mate yoki paragvay choyi asosidagi tayyor mahsulotlar; qovurilgan sikoriy va boshqa qovurilgan qahva oʻrnini bosuvchi moddalar va ulardan ekstraktlari, essensiyalari va konsentratlari 29. 2103 Souslar tayyorlash uchun mahsulotlar va tayyor souslar; taʼmli qoʻshimchalar va aralash ziravorlar; xantal kukuni va tayyor xantal 30. 2104 Tayyor shoʻrvalar va bulyonlar va ularni tayyorlash uchun “yarim tayyor mahsulotlar”; gomogenlashtirilgan tarkibli tayyor oziq-ovqat mahsulotlari 31. 2201 Suvlar, shu jumladan, tabiiy yoki sunʼiy mineral, gazlangan, shirin taʼm beruvchi moddalar yoki xushboʻy taʼmli qoʻshimchalar qoʻshilmagan 32. 2202 Suvlar, shu jumladan, mineral va gazlangan, shirin taʼm beruvchi moddalar yoki xushboʻy taʼmli qoʻshimchalar qoʻshilgan, boshqa alkogolsiz ichimliklar 33. 3305 Soch uchun vositalar 34. 3307 Soqol olishdan oldin, soqol olishda va soqol olgandan soʻng ishlatiladigan vositalar, individual qoʻllash uchun dezodarantlar, vanna qabul qilish uchun birikmalar, tuklarni tushirish uchun vositalar va boshqa attorlik, kosmetik yoki boshqa pardoz vositalari, boshqa joyda nomlanmagan yoki kiritilmagan; xonalar uchun dezodorantlar, xushboʻylashtirilgan yoki xushboʻy qilinmagan, dezinfeksiyalash xususiyatiga ega yoki ega emas 35. 6111, 6209 Bolalar kiyimi va bolalar kiyimlari uchun jihozlar 36. 6402999100, 6403511100, 6403519100, 6403593100, 6403599100, 6403911100, 6403919100, 6403993100, 6403999100 Patak uzunligi 24 sm dan kam boʻlgan poyabzal
* Bojxona bojining nol stavkalari 2023-yil 1-sentabrga qadar qoʻllaniladi.
