“Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirishning hozirgi holati va ulardagi mavjud muammolarni bartaraf etish borasida koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. Kudratovning javobi haqida (2992-IV-son)
22.02.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirishning hozirgi holati va ulardagi mavjud muammolarni bartaraf etish borasida koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. Kudratov tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi yozma javobda qayd etilgan bandlarning ijro etilishini taʼminlash yuzasidan parlament nazoratini amalga oshirsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 22-fevral,
2992-IV-son
