“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-973-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (“Davlat bojini undirish sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”) (2989-IV-son)
22.02.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 19-dekabrda ikkinchi oʻqishda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” degan yangi nom bilan qabul qilingan “Davlat bojini undirish sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-973-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqish tartib-taomiliga qaytarilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 19-dekabrda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-973-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida”gi 2786-IV-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 12, 1277-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 22-fevral,
2989-IV-son
