Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (2939-IV-son)
07.02.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-993-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga banklar ustav kapitalining eng kam miqdorini bosqichma-bosqich oshirishga qaratilgan oʻzgartishlar kiritish haqida”) (ikkinchi oʻqish).
2. “Sudlarda yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar bilan bogʻliq ishlarni koʻrish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-978-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
3. “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-996-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
4. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirishning yangi mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1000-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasining 2022-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti haqida.
6. N.M. Kutlimuratovani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining aʼzosi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 7-fevral,
2939-IV-son
