“476-modda. Bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-823-son) · Sana: 15.03.2023 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega boʻlgan bolani ota, ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bolaning chet davlat hududida nazoratsiz qoldirilganligi haqidagi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda koʻpi bilan oʻttiz kunlik muddat belgilagan holda sud mazkur maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning zimmasiga bolani chet davlat hududidan Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish yoxud huquqbuzarlikni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrish majburiyatini yuklatadi. Otaning, onaning yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxsning yoxud hamrohlik qiluvchi shaxsning iltimosnomasiga koʻra mazkur muddat yana oʻttiz kunga uzaytirilishi mumkin”;
3) 245-moddaning birinchi qismi “475” raqamidan keyin “476” raqami bilan toʻldirilsin;
4) 248-moddaning toʻrtinchi qismidagi “101-moddasida” degan soʻzlar “476 va 101-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvarda qabul qilingan “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-139-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 1, 1-modda; 2009-yil, № 12, 471-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 12, 881-modda; 2020-yil, № 3, 199-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 5, 464-modda) 14-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Bolani ota yoki ona yoxud ularning oʻrnini bosuvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish, yaʼni ota-onaning, ular oʻrnini bosuvchi shaxsning bolaga taʼminot, tarbiya va taʼlim berish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlashi yoxud hamrohlik qiluvchi shaxsning oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi, shu jumladan bolani oʻz ota-onasiga yoki yaqin qarindoshlariga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududida taqiqlanmagan va tegishli davlatning qonunchiligiga binoan zarur vakolatlarga ega boʻlgan tashkilotga topshirmasdan qoldirish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi”;
