“2411-modda. Qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (320-II-son) · Sana: 07.12.2001 · Amalda
Qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish, yaʼni tadbirkorlik faoliyati subyektini roʻyxatdan oʻtkazishni gʻayriqonuniy rad etish yoki uni roʻyxatdan oʻtkazishdan boʻyin tovlash, muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) berishni gʻayriqonuniy rad etish yoki uni berishdan boʻyin tovlash, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, tadbirkorlik faoliyati subyektining huquqlari va qonuniy manfaatlarini cheklash, xuddi shuningdek uning mustaqilligini boshqacha tarzda cheklash yoki uning faoliyatiga boshqacha tarzdagi gʻayriqonuniy aralashish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 245-moddasining birinchi qismidagi “164-moddasining ikkinchi qismi” degan soʻzlar “164-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) quyidagi mazmundagi 2452-modda bilan toʻldirilsin:
