Paxta tolasini kompleks qayta ishlaydigan korxonalarni qurish, qayta ixtisoslashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (1403-son)
08.09.2004
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYoT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR AGENTLIGI “OʻZBEKENGILSANOAT” DAK
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 8-sentabrda 1403-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyundagi “Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 240-sonli, 2003-yil 16-oktabrdagi “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga paxta tolasini sotish mexanizmi toʻgʻrisida”gi 447-sonli va 2003-yil 21-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar masalalari boʻyicha idoralararo kengash tashkil etish toʻgʻrisida”gi 526-sonli qarorlariga muvofiq qaror qiladi:
1. Ilova* qilinayotgan Paxta tolasini kompleks qayta ishlaydigan korxonalarni qurish, qayta ixtisoslashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 3-sentabr,
42-son
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 3-sentabr,
105-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 3-sentabr,
EG-01/10-3501-son
"Oʻzbekyengilsanoat"DAK A. BAHROMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 3-sentabr,
1-son
