Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-83-son)
01.03.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Mamlakatimizda davlat ulushi mavjud xoʻjalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarida (keyingi oʻrinlarda — davlat ishtirokidagi korxonalar) korporativ boshqaruvni joriy etish, ularning operatsion samaradorligini oshirish va ochiqligini taʼminlash boʻyicha tizimli ishlarni davom ettirish, shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalarning bozor mexanizmlariga oʻtishini jadallashtirish maqsadida:
1. 2023 — 2025-yillarda isloh qilinadigan va operatsion samaradorligi oshiriladigan davlat ishtirokidagi yirik korxonalar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga mazkur korxonalarni isloh qilish vazifasi yuklansin.
2. Belgilansinki:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi “UzAssets” investitsiya kompaniyasi” AJ (keyingi oʻrinlarda — “UzAssets” investitsiya kompaniyasi) va mazkur qarorga ilovada koʻrsatilgan davlat ishtirokidagi korxonalarda davlat aksiya paketi (ulushi) boʻyicha aksiyador (ishtirokchi) funksiyasini amalga oshiradi;
mazkur qarorga ilovada koʻrsatilgan davlat ishtirokidagi korxonalar ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) “UzAssets” investitsiya kompaniyasiga boshqaruvga beriladi;
“UzAssets” investitsiya kompaniyasi tomonidan unga boshqaruvga berilgan korxonalarning ijroiya organi va kuzatuv kengashi aʼzolarini tayinlash hamda sof foydani taqsimlash masalalari yuzasidan qarorlar belgilangan tartibda kelishilgan holda qabul qilinadi;
“UzAssets” investitsiya kompaniyasi tomonidan xalqaro konsalting, auditorlik va investitsiya maslahatchilari, investitsiya banklari va boshqa ixtisoslashgan kompaniyalarni jalb etish eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida amalga oshiriladi. Bunda, ular bilan tuziladigan shartnomalarni ekspertizadan oʻtkazish talab etilmaydi;
davlat xizmatchilari davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashi tarkibiga kiritilishi mumkin, ushbu korxonalar faoliyatini litsenziyalash, tartibga solish va ularning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish vazifalari yuklangan davlat organlarining xodimlari (davlat organlarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlaridan tashqari) bundan mustasno;
boshqariladigan investitsiya aktivlari oʻrtacha yillik qiymatining kamida 5 foizi miqdorida oʻz moddiy aktivlariga ega boʻlish toʻgʻrisidagi talab “UzAssets” investitsiya kompaniyasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligining “UzAssets” investitsiya kompaniyasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalarni yuklash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan yirik korxonalarni isloh qilish, shu jumladan ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish hamda xususiy sektorni jalb qilish;
korxonalarning rentabelligi va operatsion samaradorligini oshirish, moliyaviy barqarorligini taʼminlash hamda biznes-jarayonlarni optimallashtirish;
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining korporativ boshqaruv boʻyicha tavsiyalarini joriy etish orqali oʻziga boshqaruvga berilgan korxonalarning samarali boshqarilishini va barqaror rivojlanishini taʼminlash hamda ularning qiymatini va investitsion jozibadorligini oshirish;
oʻziga boshqaruvga berilgan korxonalarning ijroiya organi va kuzatuv kengashiga mahalliy hamda xorijiy malakali menejerlarni jalb qilish.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 1-mart,
PQ-83-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-martdagi PQ-83-son qaroriga ILOVA
2023 — 2025-yillarda isloh qilinadigan va operatsion samaradorligi oshiriladigan davlat ishtirokidagi yirik korxonalar
ROʻYXATI
T/r Korxonalar nomi Amaldagi aksiyador (taʼsischi, muassis) Davlat ulushi, % 1. “Navoiy KMK” AJ Iqtisodiyot va moliya vazirligi 100,0 2. “Navoiyuran” DK Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 100,0 3. “Olmaliq KMK” AJ Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 98,5 4. “Oʻzmetkombinat” AJ Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 81,1 5. “Oʻzbekneftgaz” AJ Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 99,9 6. “Oʻztransgaz” AJ Iqtisodiyot va moliya vazirligi 99,5 7. “Hududgaztaʼminot” AJ Iqtisodiyot va moliya vazirligi 100,0 8. “UzGasTrade” AJ Iqtisodiyot va moliya vazirligi 100,0 9. “Oʻzbekiston MET” AJ Iqtisodiyot va moliya vazirligi 100,0 10. “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Iqtisodiyot va moliya vazirligi 100,0 11. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Iqtisodiyot va moliya vazirligi 100,0 12. “Oʻzbekgidroenergo” AJ Iqtisodiyot va moliya vazirligi 100,0 13. “Oʻzkimyosanoat” AJ Iqtisodiyot va moliya vazirligi 100,0 14. “Navoiyazot” AJ Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ 100,0 15. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Iqtisodiyot va moliya vazirligi 100,0 16. “Uzbekistan airways” AJ Iqtisodiyot va moliya vazirligi 100,0 17. “Uzbekistan Airports” AJ Iqtisodiyot va moliya vazirligi 100,0 18. “Toshshahartransxizmat” AJ Transport vazirligi 100,0 19. “Oʻzavtosanoat” AJ Iqtisodiyot va moliya vazirligi 100,0 20. “Oʻzbektelekom” AJ Raqamli texnologiyalar vazirligi 96,2 21. “Oʻzbekiston pochtasi” AJ Raqamli texnologiyalar vazirligi 31,51 22. “Oʻzbekkoʻmir” AJ Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 97,9 23. “Agrobank” ATB Iqtisodiyot va moliya vazirligi 52,2 24. “Asakabank” ATB Iqtisodiyot va moliya vazirligi 10,7 25. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Iqtisodiyot va moliya vazirligi 13,1 26. AT “Xalq banki” Iqtisodiyot va moliya vazirligi 22,4 27. “Turonbank” ATB Iqtisodiyot va moliya vazirligi 8,7 28. “Qishloqqurilishbank” ATB Iqtisodiyot va moliya vazirligi 74,5 29. “Aloqabank” ATB Iqtisodiyot va moliya vazirligi 3,8 30. “Oʻzmilliy bank” ATB Iqtisodiyot va moliya vazirligi 40,7 31. “Mikrokreditbank” ATB Iqtisodiyot va moliya vazirligi 70,8
Izoh: davlat ulushi miqdori oʻzgargan taqdirda, ulush Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻzgarishlarni hisobga olgan holda oʻtkazib beriladi.
