Hududlarda aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan parlament nazoratining samaradorligini oshirish toʻgʻrisida (2980-IV-son)
21.02.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining VA Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qoʻshma qarori
Aholi bandligini taʼminlash, ehtiyojmand aholini mehnat faoliyatiga jalb etish hamda ishsiz fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlarda, oʻtkazilgan videoselektor majlislarida yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish va kambagʻallikni qisqartirishga doir ustuvor vazifalar belgilab berilmoqda.
Xususan, joriy yilda 5 mln aholi bandligini taʼminlash, jumladan 2 mln doimiy ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan joylarda aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar doimiy ravishda oʻrganilib, ularning natijalari muhokama qilinmoqda, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotlari eshitib borilmoqda.
Shu bilan birga, mazkur yoʻnalishdagi ishlar parlament aʼzolari tomonidan hududlarda tizimli ravishda oʻrganib borilishini yoʻlga qoʻyish, bunda mavjud muammolarni tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda joyida hal etilishiga alohida ahamiyat qaratish maqsadga muvofiq.
Hududlarda aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan parlament nazoratining samaradorligini yanada oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Hududlarda aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan parlament nazorati samaradorligini oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Hududlarda aholi bandligini taʼminlash va ish oʻrinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruh 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
3. Hududlarda aholi bandligini taʼminlash va ish oʻrinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruhning hududlarga chiqish reja-jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Hududlarda aholi bandligini taʼminlash va ish oʻrinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruh (bundan buyon matnda Ishchi guruh deb yuritiladi):
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida oʻtkazilgan videoselektor majlislarida belgilangan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga doir ustuvor vazifalar ijrosi holatini oʻrganib borsin;
hududlarda 2023-yilda aholi bandligini taʼminlash dasturlarining tasdiqlanishi va amalga oshirilishi, ayniqsa, xotin-qizlar va mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan taʼlim muassasalari bitiruvchilari bandligining taʼminlanishini tahliliy oʻrgansin;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgi Kengesi hamda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari sessiyalarida oʻrganishlar natijalarini muhokama qilish, tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda yangi ish oʻrinlari yaratilishi koʻzda tutilgan loyihalar boʻyicha mavjud muammolarni hal etish choralarini koʻrsin;
mamlakatimizda aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida keng tushuntirish-targʻibot ishlarini olib borsin;
respublika darajasidagi tizimli muammolarni hal etish boʻyicha takliflarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, tegishli vazirlik va idoralarga kiritilishini taʼminlasin;
aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oʻrganish boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish choralarini koʻrsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi uch kun muddatda aholi bandligini taʼminlash borasida belgilangan vazifalar hamda tegishli dasturlarning ijrosini oʻrganish va aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini tashkil etish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqsin hamda ularni Ishchi guruh aʼzolariga yetkazilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzolariga joylardagi faoliyati davomida aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini tushuntirish, bandlik dasturlarining bajarilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini olib borish tavsiya etilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev) bandlik dasturlarining ijrosi boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan asoslangan takliflarni har oyning 10-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga kiritib borsin.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarini tuman (shahar)larga biriktirgan holda 2023-yilda aholi bandligini taʼminlash dasturlarining oʻz vaqtida bajarilishi ustidan deputatlik nazoratini tashkil etish;
hududlarda aholi bandligini taʼminlash borasida aniqlangan muammolar yuzasidan hokimliklarga hamda boshqa tashkilotlarga tegishli takliflarni kiritish va ularni birgalikda hal etish choralarini koʻrish;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga respublika darajasidagi masalalarni hal etish yuzasidan takliflarni taqdim etish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgi Kengesining, mahalliy Kengashlarning sessiyalarida 2023-yilda aholi bandligini taʼminlash dasturlari ijrosining borishi yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining axborotlarini eshitish;
hududlarda aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng tushuntirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini oʻtkazish;
aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlar samaradorligi ustidan deputatlik nazorati tadbirlarining ommaviy axborot vositalarida yoritilishiga alohida eʼtibor qaratish tavsiya etilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Davlat budjeti boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Davlat budjeti va hududlarni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasi Ishchi guruh faoliyatiga tashkiliy-amaliy, axborot-tahliliy jihatdan koʻmaklashsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Parlament axborot markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Axborot xizmati deputatlar va senatorlarning bandlik dasturlari ijrosini oʻrganish jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borsin.
11. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga aholi bandligini taʼminlash ishlari ustidan joylarda amalga oshirilayotgan parlament nazorati tadbirlarini ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish tavsiya etilsin.
12. Ushbu Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. Inoyatov zimmasiga yuklatilsin.
13. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 21-fevral,
2980-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2023-yil 21-fevral,
KQ-460-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 21-fevraldagi 2980-IV/KQ-460-IV-sonli Qoʻshma qaroriga 1-ILOVA
Hududlarda aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan parlament nazorati samaradorligini oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Chora-tadbirlar nomi Ijro muddati Masʼul ijrochilar 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida oʻtkazilgan videoselektor majlislarida belgilangan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga doir ustuvor vazifalar hamda hududlarda 2023-yilda aholi bandligini taʼminlash dasturlarining tasdiqlanishi va amalga oshirilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini oʻrnatib, natijalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari sessiyalarida muhokama qilish. Reja-jadval asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2. Oʻrganishlarda aniqlangan muammolarni hokimliklar, tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda joyida hal etish choralarini koʻrish. Yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar 3. Mamlakatimizda aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida keng tushuntirish-targʻibot ishlarini olib borish. Yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari 4. Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining “2022-yildagi bandlik dasturlarining ijrosi, sohadagi mavjud muammolar va 2023-yildagi rejalar toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tegishli qoʻmitalarining qoʻshma majlisida eshitish. 2023-yil fevral Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi 5. Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari yoʻnalishida bilim va malakalarga ega yoshlarning bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respub�ikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitasining majlisida eshitish. 2023-yil fevral Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 6. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri hamda Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining “Xorijiy mamlakatlarda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tegishli qoʻmitalarining qoʻshma majlisida eshitish. 2023-yil mart Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi 7. Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Xususiy bandlik agentliklari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi ishlar, mavjud muammolar va istiqboldagi rejalar toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitasining majlisida eshitish. 2023-yil aprel Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 8. Joriy yilning birinchi choragi mobaynida hududlarda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini yaratish borasida amalga oshirilgan ishlarning natijalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining majlisida muhokama qilish. 2023-yil aprel Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi 9. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining “Nogironligi boʻlgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tegishli qoʻmitalarining qoʻshma majlisida eshitish. 2023-yil aprel Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi 10. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirining “Turizm sohasini rivojlantirish hisobiga aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tegishli qoʻmitalarining qoʻshma majlisida eshitish. 2023-yil may Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi 11. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining “Bitiruvchi talaba yoshlarning bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasining qoʻshma majlisida eshitish. 2023-yil iyun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi 12. Joriy yilning ikkinchi choragi mobaynida hududlarda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻri�larini yaratish borasida amalga oshirilgan ishlarning natijalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati majlisida muhokama qilish. 2023-yil iyul Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi 13. Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining “Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida yaratilayotgan yangi ish oʻrinlari va aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tegishli qoʻmitalarining qoʻshma majlisida eshitish. 2023-yil iyul Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi 14. Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining, shuningdek 2023-yilgi bandlik dasturlarining ijrosini taʼminlash borasida vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida eshitish. 2023-yil avgust Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 15. Joriy yilning uchinchi choragi mobaynida hududlarda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini yaratish borasida amalga oshirilgan ishlarning natijalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati majlisida muhokama qilish. 2023-yil oktyabr Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi 16. Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining “Respublikaning sanoat va ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishni kengaytirish orqali hududlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tegishli qoʻmitalarining qoʻshma majlisida eshitish. 2023-yil oktyabr Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi 17. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalar hamda hududlarga taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar, shuningdek boshqa turdagi qoʻllab-quvvatlash choralarining samaradorligini baholash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tegishli qoʻmitalarining qoʻshma majlisida eshitish. 2023-yil oktyabr Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi 18. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining “Qishloq xoʻjaligi sohasida yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tegishli qoʻmitalarining qoʻshma majlisida eshitish. 2023-yil noyabr Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi 19. Joriy yilning yanvar — noyabr oylarida hududlarda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini yaratish borasida amalga oshirilgan ishlarning natijalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati majlisida muhokama qilish. 2023-yil dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi 20. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qism va muassasalarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida eshitish. 2023-yil dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi 21. Deputatlar va senatorlarning hududlarda aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oʻrganish jarayonlari ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini taʼminlash. Yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Parlament axborot markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Axborot xizmati 22. Aholi bandligini taʼminlash boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ishchi guruhlar faoliyatiga yaqindan koʻmaklashish va har chorak yakuni boʻyicha tahliliy maʼlumot tayyorlash. Yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining devoni
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 21-fevraldagi 2980-IV/KQ-460-IV-sonli Qoʻshma qaroriga 2-ILOVA
Hududlarda aholi bandligini taʼminlash va ish oʻrinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruh
TARKIBI
1. Gadoyev Erkin Fayziyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasining raisi, Ishchi guruh hamrahbari 2. Xodjayeva Mavludaxon Islamovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining raisi, Ishchi guruh hamrahbari 3. Matmuratov Batir Djoldasovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududi boʻyicha) 4. Siddiqov Riskul Ergashboyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari 5. Tursunov Kobul Beknazarovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari 6. Parpiyev Maxmud Mamatovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasining aʼzosi 7. Salimova Manzura Alimovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasining aʼzosi 8. Tuychiyev Anvar Mirzaaxmedovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasining aʼzosi 9. Maʼmirova Oltinoy Toʻlanboyevna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi 10. Nazirkulov Atxam Axatkulovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi 11. Umirov Abdugʻani Ergashevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining aʼzosi 12. Xodjimatov Muxtor Ubaydullayevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi 13. Eshmurzayev Bekmirza Xoshimovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasining aʼzosi 14. Oʻrazboyev Ural Kamolovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi 15. Mamayusupov Omonulla Mamatqulovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni Davlat budjeti va hududlarni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi, Ishchi guruh kotibi 16. Toʻxtayev Bobir-Mirzo Avazovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi devoni Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi kotibiyati katta referenti, Ishchi guruh kotibi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 21-fevraldagi 2980-IV/KQ-460-IV-sonli Qoʻshma qaroriga 3-ILOVA
Hududlarda aholi bandligini taʼminlash va ish oʻrinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruhning hududlarga chiqish
REJA-JADVALI
T/r Hududlar nomi Toifalarga ajratilgan tumanlar nomi Oʻrganish muddati 4-toifa 5-toifa 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo, Nukus Boʻzatov, Kegeyli, Qonlikoʻl, Moʻynoq, Taxtakoʻpir, Shumanay mart 2. Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir, Xiva, Yangibozor Yangiariq mart 3. Buxoro viloyati Vobkent, Jondor, Olot, Peshku, Shofirkon - aprel 4. Navoiy vil�yati Konimex, Xatirchi Tomdi aprel 5. Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon, Nurobod Paxtachi, Payariq Qoʻshrabot may 6. Surxondaryo viloyati Boysun, Muzrabot Uzun, Sherobod, Shoʻrchi Bandixon, Qiziriq, Oltinsoy iyun 7. Qashqadaryo viloyati Qamashi, Mirishkor Muborak, Nishon Dehqonobod iyul 8. Andijon viloyati Jalaquduq, Izboskan, Marhamat, Paxtaobod Boʻston, Ulugʻnor avgust 9. Sirdaryo viloyati Boyovut, Guliston Sayxunobod, Xovos Sardoba sentyabr 10. Jizzax viloyati Baxmal, Yangiobod Arnasoy 11. Fargʻona viloyati Furqat Soʻx, Yozyovon oktyabr 12. Namangan viloyati Norin Mingbuloq 13. Toshkent viloyati Bekobod, Boʻka, Piskent - noyabr 14. Toshkent shahri tanlov asosida
*Izoh: Ishchi guruhning har oyda hududlarga chiqishi davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taklif etiladigan toifasi oʻzgarayotgan 2 tadan tumanda oʻrganish ishlari olib boriladi.
