Ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-73-son)
24.02.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Yuqori sifatli ipak mahsulotlari ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, respublika ipakchilik tarmogʻi korxonalarining barqaror faoliyat yuritishini hamda ipakchilik tarmogʻini kompleks rivojlantirishni taʼminlash, shuningdek, ipakchilik tarmogʻida ilmiy salohiyatni oshirish va tarmoq uchun malakali kadrlar tayyorlashda yirik ipakchilik korxonalari va zamonaviy laboratoriyalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida:
1. “Oʻzbekipaksanoat” hamda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmalari ishtirokchilarining tegishincha Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutini va Oʻzbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot institutini Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda, shu jumladan ularning mol-mulkini balans qiymatida bepul oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda “Oʻzbekipaksanoat” va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmalarining:
Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida Ipakchilik va tutchilik fakultetini tashkil etish hamda 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahri va Samarqand viloyatida joylashgan tegishli oliy taʼlim muassasalarining “Ipakchilik va tutchilik” va “Ipakchilik” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha qabul kvotalarini ushbu fakultetga oʻtkazish;
Toshkent shahri va Samarqand viloyatida joylashgan tegishli oliy taʼlim muassasalarida qabul toʻxtatiladigan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarida tahsil olayotgan talabalar oʻqishini taʼlim olish muddatiga mos ravishda davom ettirish;
Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutining Ipakchilik va tutchilik fakultetini Andijon viloyati, Marhamat tumani, “Guliston” MFY, Mustaqillik koʻchasi, 1-A uy manzilida joylashtirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
6. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi “Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-2-son Farmoni 2-bandi “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida tijorat banklari tomonidan ipak mahsulotlari eksport qiluvchi korxonalarga 3 yil muddatga yillik 5 foiz stavkada (shu jumladan bank marjasi 1 foizdan oshmagan miqdorda oʻrnatiladi) uzluksiz aylanma mablagʻ bilan taʼminlash uchun revolver kreditlar ajratiladi.
7. Xonadonlarda pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga har yili yetishtiriladigan pilla (hoʻl pilla) hosilining bir kilogrammi uchun 5 ming soʻm miqdorida respublika budjeti hisobidan ajratiladigan subsidiya bekor qilinsin.
Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra mazkur band bilan bekor qilinayotgan subsidiyaning moliyalashtirish manbalari doirasida 2023-yil 1-martdan boshlab 2026-yil 1-yanvarga qadar pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalarga ular tomonidan bevosita pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urugʻi uchun 120 ming soʻm miqdorida respublika budjeti hisobidan subsidiya ajratiladi.
8. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda har bir quti ipak qurti urugʻi uchun subsidiya ajratish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Tashqi ishlar vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi:
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda Xitoy va Vyetnam davlatlaridan ipak qurtining elita va superelita urugʻining Oʻzbekistonga olib kelinishi hamda hukumatlararo komissiyalarga taklif kiritilishini taʼminlasin;
ipakchilik sanoatini rivojlantirish boʻyicha ilgʻor tajribani oʻrganish va Oʻzbekistonda joriy qilish uchun “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan tasdiqlanadigan ishchi guruhning xorijiy davlatlarga (Vyetnam, Italiya, Xitoy, Hindiston) doimiy ravishda yuborilishi yuzasidan choralar koʻrsin;
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasiga ipak sanoati rivojlangan xorijiy davlatlarning tadbirkorlik birlashmalari (uyushmalari) bilan yaqin aloqalar va hamkorlik oʻrnatish yoʻnalishida amaliy yordam koʻrsatsin.
10. Ipakchilik sanoati korxonalarining “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning bandligini va pilla yetishtirish prognozlari bajarilishini taʼminlash hamda pilla mavsumlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish uchun, shuningdek, hokimliklar tomonidan tarmoq korxonalariga doimiy amaliy yordam koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida tumanlar (shaharlar) hokimlariga ipakchilik sanoati korxonalarini ilovaga muvofiq biriktirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
11. Bosh prokuratura “Oʻzdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda:
hududiy “Agrorilla” masʼuliyati cheklangan jamiyatlariga ijaraga berilgan tutzorlar joylashgan yer maydonlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazsin;
tutzorlar joylashgan yer maydonlarining noqonuniy egallab olinishi holatlari yuzasidan aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy choralar koʻrilishini taʼminlasin;
tutzorlar joylashgan va noqonuniy egallab olingan yer maydonlarini hududiy “Agrorilla” masʼuliyati cheklangan jamiyatlariga qaytarish yuzasidan takliflar tayyorlab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimliklariga kiritsin.
12. Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2023-yil bahorgi pilla yetishtirish mavsumidan boshlab tajriba tariqasida pillachilik klasterlari hamda Toshkent viloyati Boʻka va Ohangaron tumanlarida joylashgan manzil-koloniya tipidagi jazoni ijro etish muassasalari oʻrtasida pilla xomashyosini yetishtirish yuzasidan shartnomalar tuzish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.
13. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qoʻmita bilan birgalikda bir oy muddatda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun berilgan yer uchastkalari atroflariga ixota sifatida pilla xomashyosi yetishtirishda ozuqa sifatida foydalaniladigan tut daraxtlarini ekish majburiyatini belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda kiyim-kechak va poyabzal ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish va 2 mingta doimiy ish oʻrinlarini yaratish uchun “Dream Silk” MCHJga 2021-yil 5-avgustda ajratilgan 15 mlrd soʻm foizsiz ssudani qaytarish muddatini 2027-yil 31-dekabrgacha uzaytirsin.
16. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 2023-yil 1-martdan boshlab ipak mahsulotlari eksportini amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish va bu boradagi byurokratik toʻsiqlarni bartaraf qilish maqsadida xom ipakni eksport qilish tartibini soddalashtirsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi “Respublikada goʻsht, jun va sut yoʻnalishidagi mayda shoxli mollarni koʻpaytirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-224-son qarori bilan ipak qurti urugʻi, tut koʻchatlari va pilla yetishtirish, pillani qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda qorakoʻlchilik bilan shugʻullanayotgan subyektlar, qorakoʻlchilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari va qorakoʻlchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun koʻzda tutilgan soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarning amal qilish muddati 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
19. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi “Respublikada goʻsht, jun va sut yoʻnalishidagi mayda shoxli mollarni koʻpaytirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-224-son qaroridan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
20. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov hamda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Qudratov belgilansin.
21. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 24-fevral,
PQ-73-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-fevraldagi PQ-73-son qaroriga ILOVA
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholining bandligini va pilla yetishtirish prognozlarini taʼminlash hamda pilla mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish uchun tuman (shahar) hokimlariga ipakchilik sanoati korxonalarini biriktirish
JADVALI
T/r Pillani qayta ishlash korxonalari nomi Biriktirilgan tuman (shahar) hokimlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. “Jayhun Silk” MCHJ Amudaryo, Qonlikoʻl, Nukus, Xoʻjayli, Taxiatosh, Kegayli, Chimboy tumanlari hokimlari 2. “Bustan silk” MCHJ Ellikqalʼa tumani hokimi 3. “Turtkul Silk Carpets” MCHJ Toʻrtkoʻl tumani hokimi 4. “KKR IPAK CLUSTER” MCHJ Beruniy tumani hokimi Andijon viloyati 5. “Andijan silk co” MCHJ Paxtaobod, Izboskan, Andijon, Marhamat tumanlari hokimlari 6. “Asaka ipagi” MCHJ Asaka tumani hokimi 7. “Oltinkoʻl zar ipagi” MCHJ Oltinkoʻl tumani hokimi 8. “Baliqchi ishonch pillachilik” MCHJ Baliqchi tumani hokimi 9. “Ulugʻnor silk 7” MCHJ Ulugʻnor tumani hokimi 10. “Boʻston investment — silk” MCHJ Boʻston tumani hokimi 11. “Xarir tola” MCHJ Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Buloqboshi tumanlari hokimlari 12. “Sapfir sanoat” MCHJ Xoʻjaobod, Shahrixon tumanlari hokimlari Buxoro viloyati 13. “Imastar” MCHJ Peshku tumani hokimi 14. “Gʻijduvon ipak tola” MCHJ Gʻijduvon, Shofirkon tumanlari hokimlari 15. Oʻzbekiston-Amerika-Rossiya “Romstar” MCHJ QK Romitan, Jondor tumanlari hokimlari 16. “Kumushkent ipagi” MCHJ Vobkent, Kogon tumanlari hokimlari 17. “Silk Service” MCHJ Buxoro tumani hokimi 18. “Qorakoʻl ipak cluster” MCHJ Olot, Qorakoʻl tumanlari hokimlari Jizzax viloyati 19. “Silk expert processing” MCHJ Forish, Doʻstlik, Paxtakor tumanlari hokimlari 20. “Al Abbos silk” MCHJ Arnasoy, Mirzachoʻl tumanlari hokimlari 21. “Zomin asl ipak tolasi” XK Baxmal, Zomin, Zarbdor, Sh. Rashidov, Yangiobod tumanlari hokimlari 22. “Gʻallaorol silk eksport” MCHJ Gʻallaorol tumani hokimi 23. “Zafarobod pilla cluster” MCHJ Zafarobod tumani hokimi Qashqadaryo viloyati 24. “Radiant silk” MCHJ Gʻuzor, Dehqonobod, Qamashi, Qarshi, Mirishkor, Muborak, Nishon tumanlari hokimlari 25. “Shakhrisabz silk production” MCHJ Kitob, Shahrisabz tumanlari hokimlari 26. “Yakkabogʻ silk production” MCHJ Yakkabogʻ tumani hokimi 27. “Chiroqchi-tolasi” MCHJ Chiroqchi tumani hokimi 28. “Koson silk” MCHJ Koson tumani hokimi 29. “Kasbi silk” MCHJ Kasbi tumani hokimi Navoiy viloyati 30. “Al-aziz ipagi” MCHJ Konimex, Navbahor tumanlari hokimlari 31. “Xatirchi pilla xazinasi” XK Xatirchi tumani hokimi 32. “Qiziltepa Pillachilik” MCHJ Qiziltepa tumani hokimi 33. “Navoiy silk production 2020” MCHJ Karmana, Nurota tumanlari hokimlari Namangan viloyati 34. “Verigrow ipagi” MCHJ XK Mingbuloq, Chust, Kosonsoy, Uychi tumanlari hokimlari 35. “Golden silk” MCHJ Namangan tumani hokimi 36. “Fabrictex” MCHJ Norin, Uchqoʻrgʻon tumanlari hokimlari 37. “Zilol silk” MCHJ Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi 38. “Chortoq innovation silk” MCHJ Chortoq tumani hokimi 39. “Pop ipak tolasi invest” MCHJ Pop tumani hokimi 40. “Yangi zamin ipagi” MCHJ Yangiqoʻrgʻon tumani hokimi Samarqand viloyati 41. “Kumush tola” XK Kattaqoʻrgʻon tumani hokimi 42. “Samarkand silk ao” MCHJ Narpay tumani hokimi 43. “Elbek t.r.j” MCHJ Pastdargʻom, Samarqand, Nurobod tumanlari hokimlari 44. “Oqdaryo ipagi” MCHJ Oqdaryo tumani hokimi 45. “Ziyovuddin silk” MCHJ Paxtachi tumani hokimi 46. “Jomboy silk” MCHJ Jomboy, Qoʻshrabot tumanlari hokimlari 47. “Zar oltin pilla” MCHJ Bulungʻur tumani hokimi 48. “Tayloq ipagi” MCHJ Toyloq tumani hokimi 49. “Payariq ipagi” MCHJ Payariq tumani hokimi 50. “Urgut Silk Fiber Company” MCHJ Urgut tumani hokimi 51. “Ishtixon silk” MCHJ Ishtixon tumani hokimi Sirdaryo viloyati 52. “Agro global” MCHJ QK Oqoltin, Boyovut, Sayxunobod, Sardoba, Sirdaryo, Mirzaobod, Xovos, Guliston tumanlari hokimlari Surxondaryo viloyati 53. “Surxon ipagi” MCHJ Angor, Boysun, Qiziriq, Muzrabot, Sherobod, Bandixon tumanlari hokimlari 54. “Inter silk pro” MCHJ Termiz, Oltin?oy, Shoʻrchi tumanlari hokimlari 55. “Sino silk” MCHJ Denov, Uzun, Sariosiyo tumanlari hokimlari 56. “Silk village” MCHJ Jarqoʻrgʻon tumani hokimi 57. “Silk town” MCHJ Qumqoʻrgʻon tumani hokimi Toshkent viloyati 58. “Turan silk pro” MCHJ Oqqoʻrgʻon tumani hokimi 59. “Tashkent silk pro” MCHJ Boʻka tumani hokimi 60. “Jinjuz silk co” MCHJ XK Ohangaron, Piskent tumanlari hokimlari 61. “Oltin pilla 2020” MCHJ Bekobod, Chinoz, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari hokimlari 62. “Movarounnahr silk road” MCHJ Boʻstonliq tumani hokimi 63. “TCT Agro cluster” MCHJ Quyichirchiq tumani hokimi 64. “Clean silk” MCHJ Yangiyoʻl tumani hokimi Fargʻona viloyati 65. “Nurli tong silk” MCHJ Oʻzbekiston, Qoʻshtepa, Furqat, Rishton, Bagʻdod, Oltiariq, Buvayda, Yozyovon, Soʻx tumanlari hamda Quvasoy shahri hokimlari 66. “Beshariq ipagi” MCHJ Beshariq tumani hokimi 67. “Dangʻara ipagi” MCHJ Dangʻara tumani hokimi 68. “Vodil ipak yigiruv” MCHJ Fargʻona, Quva, Toshloq tumanlari hamda Fargʻona shahri hokimlari 69. “Uchkoʻprik ipagi” MCHJ Uchkoʻprik tumani hokimi Xorazm viloyati 70. “Khiva silk fabric” MCHJ Gurlan, Qoʻshkoʻpir, Xiva, Yangibozor tumanlari hokimlari 71. “Xorazm pilla xolding” MCHJ Urganch, Xonqa, Yangiariq, Hazorasp, Tuproqqalʼa tumanlari hokimlari 72. “Bogʻot Silk Co” MCHJ Bogʻot tumani hokimi 73. “Shovot silk” MCHJ Shovot tumani hokimi
