Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz va Qamashi tumanlarida xizmatlar sohasini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (77-son)
23.02.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz va Qamashi tumanlarining turistik-rekratsion salohiyatini oshirish, xorijiy hamda mahalliy turistlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, xizmat va savdo obyektlarini infratuzilma bilan taʼminlash orqali aholining daromadini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) koʻmagida xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Shahrisabz va Qamashi tumanlarining master-rejalarini ishlab chiqish boshlanganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 18-martdagi PQ-168-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq Shahrisabz va Qamashi tumanlaridagi koʻchmas mulk obyektlarining ommaviy savdolar orqali sotilishi (keyingi oʻrinlarda — Shahrisabz va Qamashi tumanlarida ommaviy savdolarda sotiladigan koʻchmas mulk obyektlari) belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi Shahrisabz va Qamashi tumanlarida ommaviy savdolarda sotiladigan koʻchmas mulk obyektlari negizida zamonaviy xizmat koʻrsatish hamda turizm obyektlarini tashkil etishni nazarda tutsin.
3. Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz va Qamashi tumanlarida yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlarining manzilli roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bunda ushbu manzilli roʻyxatda nazarda tutilgan obyektlarni qurish-taʼmirlash ishlari boʻyicha:
ichimlik suv va oqova suv tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha — “Suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish boʻyicha injiniring kompaniyasi” unitar korxonasi;
avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi huzuridagi buyurtmachi korxonalar;
elektr energiyasi bilan taʼminlash ishlari boʻyicha — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy filiallari buyurtmachi etib belgilansin.
4. Qashqadaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining Shahrisabz va Qamashi tumanlarida ommaviy savdolarda sotiladigan koʻchmas mulk obyektlarini “E-AUKSION” elektron savdo platformasida auksion savdolari orqali sotishdan tushgan mablagʻlarni (baholash va sotish xarajatlari, Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirilishi belgilangan qismi hamda “Oʻzbekneftgaz” AJ va uning tizimidagi korxonalarning aktivlari bundan mustasno) qarorga ilovadagi chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Mazkur mablagʻlar Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasida jamlangan holda, istisno tariqasida, qarorga ilovadagi chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi belgilab qoʻyilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qaroriga asosan “Oʻzmilliybank” AJ va tijorat banklari turizm salohiyati yuqori boʻlgan hududlarda zamonaviy mehmonxona majmualari va dam olish zonalari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va turizm ahamiyatidagi boshqa obyektlarni qurish uchun kreditlarni belgilangan tartibda ajratsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi mazkur qarorga ilovada keltirilgan obyektlarda qurilish, rekonstruksiya ishlarini amalga oshirishda loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazish, qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan davlat nazoratini oʻrnatsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi tashabbuskorlar tomonidan qurilishi, taʼmirlanishi hamda rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan obyektlarning ekologik talablarga muvofiqligi yuzasidan loyiha materiallarining ishlab chiqilishi va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Qashqadaryo viloyati hokimi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-fevral,
77-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 77-son qaroriga ILOVA
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz va Qamashi tumanlarida yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlarining
MANZILLI ROʻYXATI
T/r Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Oʻlchov birligi Quvvati Loyiha qiymati (mln soʻm) Amalga oshirish muddati Moliyalashtirish manbai Masʼul ijrochilar I. Yoʻl-transport infratuzilmasini yaxshilash Shahrisabz tumani 1.1. “Shahrisabz-Miraki” (4K307) avtomobil yoʻlining 23 kilometrini joriy taʼmirlash (3 — 26 km) km 23 6 500 2024-2025-yillar Respublika budjeti mablagʻlari Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, 1.2. “Miraki-Hisorak” (4K285) avtomobil yoʻlining 7 kilometrini toʻla taʼmirlash (7 — 14 km) km 7 21 700 2024-2025-yillar Respublika budjeti mablagʻlari Qamashi tumani 1.3. “Langar-Maydanak” “4R86” avtomobil yoʻlining 26 kilometrini joriy taʼmirlash (0 — 26 km) km 26 3 000 2023-2024-yillar Shahrisabz va Qamashi tumanlarida ommaviy savdolarda sotiladigan koʻchmas mulk obyektlarini sotishdan tushgan mablagʻlar, mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi 1.4. “Langar-Maydanak” “4R86” avtomobil yoʻlining 28 kilometrini toʻla taʼmirlash (38 — 66 km) km 28 112 600 2024-2025-yillar Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi 1.5. “Toʻqboy-Qoratepa” (4K290) avtomobil yoʻlining 7 kilometrini joriy taʼmirlash (0 — 7 km) km 7 2 000 2023-yil Respublika budjeti mablagʻlari Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi 1.6. “Uchtut-Toʻqboy-Yangi qurilish” (4K295) avtomobil yoʻlining 1,5 kilometrini joriy taʼmirlash (11,5 — 13 km) km 1,5 1 000 2023-yil Respublika budjeti mablagʻlari Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi 1.7. “Langar-Maydanak” (4R86) avtomobil yoʻlining 12 kilometrini joriy taʼmirlash (26 — 38 km) km 12 9 000 2023-yil Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi 1.8. “Qiziltepa-Langar-Maydanak” (4R86) avtomobil yoʻlining 30-kilometridagi Langardaryo koʻprigini toʻla taʼmirlash pm 30 1 200 2023-yil Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi II. Ichimlik suv va oqova suv tarmoqlari infratuzilmasini rivojlantirish Shahrisabz tumani 2.1. “Miraki” MFYda 9,1 km oqova suv tarmoqlari va tozalash inshootini qurish km/obyekt 9,1/1 11 700 2023-2024-yillar Respublika budjeti mablagʻlari “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi Qamashi tumani 2.2. “Maydanak” observatoriyasi va “Langarota” ziyoratgohida 5,2 km ichimlik suv tarmoqlari hamda 1 ta suv taqsimlash inshootini qurish km/obyekt 5,2/1 5 200 2023-2024-yillar Shahrisabz va Qamashi tumanlarida ommaviy savdolarda sotiladigan koʻchmas mulk obyektlarini sotishdan tushgan mablagʻlar, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ mablagʻlari, mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari Qashqadaryo viloyati hokimligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi III. Elektr tarmoqlari infratuzilmasini rivojlantirish Shahrisabz tumani 3.1. “Miraki” qoʻrgʻonida 2,5 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmogʻini va ikki transformatorli 2 ta transformator punktini yangilash km/dona 2,5/2 577,5 2023-2024-yillar Shahrisabz va Qamashi tumanlarida ommaviy savdolarda sotiladigan koʻchmas mulk obyektlarini sotishdan tushgan mablagʻlar, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari, mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari Qashqadaryo viloyati hokimligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qamashi tumani 3.2. “Qiziltepa-Maydanak” yoʻlida 2 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmogʻini va 4 ta transformator punktini yangilash km/dona 2/4 530 2023-2024-yillar Shahrisabz va Qamashi tumanlarida ommaviy savdolarda sotiladigan koʻchmas mulk obyektlarini sotishdan tushgan mablagʻlar, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari, mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari Qashqadaryo viloyati hokimligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi 3.3. “Langar” MFYda 1,5 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmogʻini va 4 ta transformator punktini yangilash km/dona 1,5/4 371 2023-2024-yillar Shahrisabz va Qamashi tumanlarida ommaviy savdolarda sotiladigan koʻchmas mulk obyektlarini sotishdan tushgan mablagʻlar, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari, mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari Qashqadaryo viloyati hokimligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi
Izoh. Loyiha-smeta hujjatlariga asosan ajratiladigan ishlar hajmi va ajratiladigan mablagʻlar miqdori qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
