Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar tarmogʻi kengaytirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablarda harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan sinflar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 17-apreldagi 237-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida (75-son)
23.02.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga biriktirilgan xalq taʼlimi tizimidagi 37 ta ixtisoslashtirilgan hamda 19 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarida umumiy oʻrta taʼlim fanlari doirasida oʻquvchilarni harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishida oʻqitishga ixtisoslashtirilgan sinflar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar tarmogʻining kengaytirilishi munosabati bilan 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan sinflari mavjud boʻlgan 4 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimiga oʻtkazildi.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga biriktirilgan umumiy oʻrta taʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablar roʻyxatini hamda ularda tashkil etilgan harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan sinflar faoliyatini qayta koʻrib chiqish talab etilmoqda.
Qonunchilik hujjatlarini yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan hujjatga muvofiqlashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish toʻgʻrisida” 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablarda harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan sinflar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 17-apreldagi 237-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
umumiy oʻrta taʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablardagi harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan sinflarning bundan buyon harbiy-vatanparvarlik sinflari sifatida faoliyat yuritishini belgilash;
harbiy-vatanparvarlik sinflari mavjud boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining roʻyxatini yangilash;
harbiy-vatanparvarlik sinflari faqat ayrim umumiy oʻrta taʼlim maktablarida mavjud boʻlishini nazarda tutish.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-fevral,
75-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 75-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablarda harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan sinflar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 17-apreldagi 237-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida harbiy-vatanparvarlik sinflari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”.
2. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3392-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan hamda 1-ilovada koʻrsatilgan umumiy oʻrta taʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablardagi ixtisoslashtirilgan sinflar bundan buyon harbiy-vatanparvarlik sinflari sifatida faoliyat yuritadi”.
3. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining harbiy-vatanparvarlik sinflari toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
4. 3-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “ixtisoslashtirilgan” soʻzi “harbiy-vatanparvarlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi — beshinchi xatboshilardagi tegishli kelishikdagi “ixtisoslashtirilgan sinflar” soʻzlari tegishli kelishikdagi “harbiy-vatanparvarlik sinflari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Xalq taʼlimi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. 4-bandda:
birinchi xatboshidagi “Xalq taʼlimi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“e” kichik banddagi “Madaniyat vazirligi” soʻzlari “Madaniyat va turizm vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“j” kichik banddagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“a” — “v” va “d” — “z” kichik bandlardagi tegishli kelishikdagi “ixtisoslashtirilgan sinflar” soʻzlari tegishli kelishikdagi “harbiy-vatanparvarlik sinflari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. 5-banddagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. 6-banddagi “Xalq taʼlimi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Harbiy-vatanparvarlik sinflari mavjud boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining
ROʻYXATI
T/r Umumiy oʻrta taʼlim maktablarning manzili Umumiy oʻrta taʼlim maktablarning nomi Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Nukus shahri 44-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 2. Chimboy tumani 36-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 3. Xoʻjayli tumani 15-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 4. Toʻrtkoʻl tumani 18-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi Andijon viloyati 5. Andijon shahri 35-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 6. Boʻston tumani 48-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 7. Jalaquduq tumani 49-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 8. Xoʻjaobod tumani 23-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi Buxoro viloyati 9. Buxoro shahri 35-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 10. Kogon shahri 9-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 11. Qorovulbozor tumani 1-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 12. Qorakoʻl tumani 15-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi Jizzax viloyati 13. Jizzax shahri 22-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 14. Arnasoy tumani 22-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 15. Baxmal tumani 1-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 16. Zomin tumani 60-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi Qashqadaryo viloyati 17. Qarshi shahri 45-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 18. Nishon tumani 35-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 19. Gʻuzor tumani 53-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 20. Shahrisabz tumani 83-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi Navoiy viloyati 21. Navoiy shahri 1-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 22. Zarafshon shahri 1-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 23. Xatirchi tumani 65-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 24. Karmana tumani 10-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi Namangan viloyati 25. Namangan shahri 58-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 26. Uchqoʻrgʻon tumani 2-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 27. Pop tumani 1-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 28. Chortoq tumani 9-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi Samarqand viloyati 29. Samarqand shahri 1-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 30. Samarqand shahri 43-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 31. Kattaqoʻrgʻon shahri 11-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 32. Oqdaryo tumani 45-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi Sirdaryo viloyati 33. Guliston shahri 16-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 34. Sayxunobod tumani 41-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 35. Xovos tumani 1-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 36. Guliston tumani 27-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi Surxondaryo viloyati 37. Termiz shahri 17-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 38. Oltinsoy tumani 2-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 39. Uzun tumani 4-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 40. Muzrobod tumani 8-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi Fargʻona viloyati 41. Fargʻona shahri 6-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 42. Qoʻqon shahri 33-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 43. Oltiariq tumani 14-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 44. Beshariq tumani 15-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi Xorazm viloyati 45. Urganch shahri 24-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 46. Gurlan tumani 42-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 47. Yangiariq tumani 37-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 48. Shovot tumani 53-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi Toshkent viloyati 49. Chirchiq shahri 10-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 50. Bekobod shahri 9-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 51. Parkent tumani 5-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 52. Oqqoʻrgʻon tumani 49-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi Toshkent shahri 53. Yashnobod tumani 161-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 54. Yakkasaroy tumani 172-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 55. Yunusobod tumani 58-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 56. Olmazor tumani 326-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi ”.
9. 2-ilovada:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Umumiy oʻrta taʼlim maktablarning harbiy-vatanparvarlik sinflari toʻgʻrisida nizom”;
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ushbu Nizom umumiy oʻrta taʼlim maktablaridagi (keyingi oʻrinlarda — maktablar) harbiy-vatanparvarlik sinflarining maqsadi va asosiy vazifalarini, harbiy-vatanparvarlik sinflariga oʻquvchilarni qabul qilish va oʻqishdan chetlatish, oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish tartibini belgilaydi”;
2-banddagi “Ixtisoslashtirilgan sinflarda” soʻzlari “Harbiy-vatanparvarlik sinflarida”, “Xalq taʼlimi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bobning nomidagi “Ixtisoslashtirilgan sinflarning” soʻzlari “Harbiy-vatanparvarlik sinflarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “ixtisoslashtirilgan sinflarning” soʻzlari “harbiy-vatanparvarlik sinflarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bandning birinchi xatboshisidagi “Ixtisoslashtirilgan sinflarning” soʻzlari “Harbiy-vatanparvarlik sinflarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bobning nomidagi “Ixtisoslashtirilgan sinflarga” soʻzlari “Harbiy-vatanparvarlik sinflariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5 va 6-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Ixtisoslashtirilgan sinflar” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Harbiy-vatanparvarlik sinflari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bandda:
birinchi xatboshidagi “Ixtisoslashtirilgan sinflar” soʻzlari “Harbiy-vatanparvarlik sinflari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “ixtisoslashtirilgan sinflar” soʻzlari “harbiy-vatanparvarlik sinflari”, “Xalq taʼlimi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Ixtisoslashtirilgan sinflar” soʻzlari “Harbiy-vatanparvarlik sinflari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-banddagi “ixtisoslashtirilgan sinflarga” soʻzlari “harbiy-vatanparvarlik sinflariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-banddagi “Ixtisoslashtirilgan sinflarga” soʻzlari “Harbiy-vatanparvarlik sinflariga” soʻzlari, “Xalq taʼlimi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “ixtisoslashtirilgan sinflar” soʻzlari “harbiy-vatanparvarlik sinflari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11 va 13-bandlardagi “Ixtisoslashtirilgan sinflarga” soʻzlari “Harbiy-vatanparvarlik sinflariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-banddagi “Xalq taʼlimi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-banddagi “Ixtisoslashtirilgan sinflarga” soʻzlari “Harbiy-vatanparvarlik sinflariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
25 va 28-bandlardagi “ixtisoslashtirilgan sinflar” soʻzlari “harbiy-vatanparvarlik sinflari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
29-banddagi “Ixtisoslashtirilgan sinflar” soʻzlari “Harbiy-vatanparvarlik sinflari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
30-bandda:
birinchi xatboshidagi “Ixtisoslashtirilgan sinflar” soʻzlari “Harbiy-vatanparvarlik sinflari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “ixtisoslashtirilgan sinflar” soʻzlari “harbiy-vatanparvarlik sinflari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
31 va 32-bandlardagi “Ixtisoslashtirilgan sinflarning” soʻzlari “Harbiy-vatanparvarlik sinflarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bobning nomidagi “Ixtisoslashtirilgan sinflarda” soʻzlari “Harbiy-vatanparvarlik sinflarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
33 — 36-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Ixtisoslashtirilgan sinflar” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Harbiy-vatanparvarlik sinflari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
37 va 38-bandlardagi “ixtisoslashtirilgan sinflarning” soʻzlari “harbiy-vatanparvarlik sinflarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
39 — 41-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Ixtisoslashtirilgan sinflar” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Harbiy-vatanparvarlik sinflari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bobning nomidagi “Ixtisoslashtirilgan sinflardagi” soʻzlari “Harbiy-vatanparvarlik sinflaridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
42-bandda:
birinchi xatboshidagi “Ixtisoslashtirilgan sinflardagi” soʻzlari “Harbiy-vatanparvarlik sinflaridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Xalq taʼlimi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “ixtisoslashtirilgan sinflar” soʻzlari “harbiy-vatanparvarlik sinflari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “ixtisoslashtirilgan sinflarda” soʻzlari “harbiy-vatanparvarlik sinflarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
43-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “ixtisoslashtirilgan sinflarda” soʻzlari “harbiy-vatanparvarlik sinflarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
44-banddagi “Ixtisoslashtirilgan sinflarda” soʻzlari “Harbiy-vatanparvarlik sinflarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
45-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “ixtisoslashtirilgan sinflar” soʻzlari “harbiy-vatanparvarlik sinflari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
46-banddagi “ixtisoslashtirilgan sinflar” va “ixtisoslashtirilgan sinfning” soʻzlari tegishlicha “harbiy-vatanparvarlik sinflari” va “harbiy-vatanparvarlik sinfining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
47-bandda:
birinchi xatboshidagi “Xalq taʼlimi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi, uchinchi, oltinchi, sakkizinchi va oʻninchi — oʻn uchinchi xatboshilardagi tegishli kelishikdagi “ixtisoslashtirilgan sinflar” soʻzlari tegishli kelishikdagi “harbiy-vatanparvarlik sinflari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
48-bandda:
uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi va yettinchi xatboshilardagi tegishli kelishikdagi “ixtisoslashtirilgan sinflar” soʻzlari tegishli kelishikdagi “harbiy-vatanparvarlik sinflari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Xalq taʼlimi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
49-banddagi “Ixtisoslashtirilgan” soʻzi “harbiy-vatanparvarlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 1-ilovada:
ilova belgisidagi “va ixtisoslashtirilgan maktablarning harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan sinflari toʻgʻrisida” soʻzlari “maktablarining harbiy-vatanparvarlik sinflari toʻgʻrisidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
nomidagi “Ixtisoslashtirilgan sinflarga” soʻzlari “Harbiy-vatanparvarlik sinflariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar” ustunida:
“I bosqich” pozitsiyasidagi “Ixtisoslashtirilgan sinflarga” soʻzlari “Harbiy-vatanparvarlik sinflariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“V bosqich” pozitsiyasidagi “ixtisoslashtirilgan sinf” soʻzlari “harbiy-vatanparvarlik sinfi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 2-ilovaning ilova belgisidagi “va ixtisoslashtirilgan maktablarning harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan sinflari toʻgʻrisida” soʻzlari “maktablarining harbiy-vatanparvarlik sinflari toʻgʻrisidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
