Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 2023-yilda “hukumat soati”ni oʻtkazish jadvalini tasdiqlash toʻgʻrisida (2890-IV-son)
23.01.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 332-moddasiga, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 101-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “hukumat soati”ni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 2023-yilda “hukumat soati”ni oʻtkazish jadvali Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin hamda ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga navbatdagi oyda oʻtkazilishi rejalashtirilgan “hukumat soati”ga taklif etiladigan hukumat aʼzolariga beriladigan savollarni har oyning 20 sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Nazorat-tahlil boʻlimiga umumlashtirish uchun taqdim etish tavsiya qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Nazorat-tahlil boʻlimi (J. Jumayev) fraksiyalar tomonidan taqdim etiladigan savollarni umumlashtirgan holda har oyning 25 sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi muhokamasiga kiritib borsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Xaitov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni (K. Ernazarov) 2023-yilda oʻtkazilishi moʻljallangan har bir “hukumat soati”ni yuqori saviyada tashkil etish bilan bogʻliq zarur choralarni koʻrib borsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari 0. Tojiyev 2023-yilda oʻtkaziladigan har bir “hukumat soati” ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilishini taʼminlasin.
6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Xaitov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining rahbari K. Ernazarov zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-yanvar,
2890-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2023-yil 23-yanvarda qabul qilingan 2890-IV-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 2023-yilda “hukumat soati”ni oʻtkazish
JADVALI
T/r Oʻtkazilish oyi Oʻtkazilish kuni Oʻtkazilish vaqti 1. Fevral 8-fevral Soat 1500 — 1600 2. Mart 15-mart 3. Aprel 12-aprel 4. May 10-may 5. Iyun 14-iyun 6. Iyul 12-iyul 7. Avgust 9 avgust 8. Sentyabr 13-sentabr 9. Oktyabr 11-oktabr 10. Noyabr 8-noyabr 11. Dekabr 13-dekabr
