“Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi QL-905-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Yoʻl harakatini tashkil etish toʻgʻrisida”) (2909-IV-son)
30.01.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 27-dekabrda ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish davomida maromiga yetkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasiga qaytarilgan “Yoʻl harakatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi QL-905-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Yoʻl harakati toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qayta koʻrib chiqishga doir Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 30-yanvar,
2909-IV-son
