Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qoʻmitalari tarkibiga oʻzgarishlar kiritish toʻgʻrisida (2902-IV-son)
24.01.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Siyosiy partiyalar fraksiyalarining takliflariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Inomjon Sattarkulovich Kudratov (75-Boyovut saylov okrugi) Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari etib saylansin hamda shu munosabat bilan Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimidan ozod etilsin.
2. Firdavs Xolnazarovich Sharipov (84-Denov saylov okrugi) Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari etib saylansin hamda shu munosabat bilan Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi lavozimidan ozod etilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 24-yanvar,
2902-IV-son
