SHNQ 2.04.12-22 “Poʻlat quvuroʻtkazgichlarni mustahkamlikka hisoblash” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (255-son)
23.12.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining
BuyruGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 25-yanvarda hisobga olindi, hisob raqami 144-son]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.04.12-22 “Poʻlat quvuroʻtkazgichlarni mustahkamlikka hisoblash” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1996-yil 6-noyabrdagi 164-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.04.12-97 “Poʻlat truba oʻtkazgichlarni pishiqligi hisob-kitobi” qurilish meʼyorlari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xoʻjalik vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2022-yil 23-dekabr,
255-son
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sh. XIDOYATOV
2022-yil 24-noyabr
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2022-yil 9-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2022-yil 23-dekabrdagi 255-son buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 2.04.12-22 Poʻlat quvuroʻtkazgichlarni mustahkamlikka hisoblash
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) bosimi 10 MPa, harorati minus 70 °S dan plyus 450 °S gacha boʻlgan suyuq va gazsimon moddalar tashiladigan, diametri 1400 mm gacha boʻlgan poʻlat quvuroʻtkazgichlar (bundan buyon matnda quvuroʻtkazgichlar deb yuritiladi)ga taalluqli boʻlib, ularni mustahkamlikka hisoblash tartibini belgilaydi.
1-bob. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Ushbu SHNQ da quyidagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar qoʻllanilgan:
QMQ 2.01.03 — Seysmik hududlarda qurilish;
QMQ 2.01.07 — Yuklar va taʼsirlar;
SHNQ 2.02.03 — Qoziqli poydevorlar;
SHNQ 2.03.05 — Poʻlat konstruksiyalar. Loyihalash meʼyorlari;
SHNQ 2.05.03 — Koʻpriklar va quvurlar;
GOST 24856-14 — Quvuroʻtkazgichlar armaturasi. Atamalar va taʼriflar (Rasmiy manba: GOST 24856-14 Armatura truboprovodnaya. Termini i opredeleniya);
GOST 12.1.007-76 — Zararli moddalar. Tasnifi va umumiy xavfsizlik talablari (Rasmiy manba: GOST 12.1.007-76 Vrednie veshestva. Klassifikatsiya i obshiye trebovaniya bezopasnosti).
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Mazkur SHNQda quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanilgan:
anker — trassaning suv bosgan joylarida quvuroʻtkazgichning loyihada keltirilgan holatini taʼminlovchi qurilma;
nominal diametr — quvuroʻtkazgichning ichki diametriga taxminan teng boʻlgan, mm larda ifodalanadigan va GOST 24856-14 ga muvofiq qabul qilingan sonlar qatori olingan eng yaqin qiymatga mos keladigan oʻlcham;
ishchi bosim — quvuroʻtkazgichlarning loyihada keltirilgan barcha statsionar rejimlarida belgilangan nuqtasidagi eng katta ortiqcha bosim;
biriktirish detallari — quvuroʻtkazgichning diametri, devorining qalinligi va germetikligini oʻzgartirishga moʻljallangan elementlar;
elastik egilish — vertikal yoki gorizontal tekisliklarda quvuroʻtkazgich oʻqi yoʻnalishining oʻzgarishi.
3-bob. Umumiy qoidalar
3. Quvuroʻtkazgichlarni mustahkamlikka hisoblashga oid belgilar va qisqartmalar mazkur SHNQning 1-ilovasida keltirilgan.
4. Quvuroʻtkazgichlar uchun GOST 12.1.007-76 talablariga javob beruvchi quvurlar va biriktirish detallaridan foydalaniladi.
5. Quvuroʻtkazgichlarni mustahkamlikka hisoblash chegaraviy holatlar uslubida olib boriladi, shuningdek quvurlar, uchtalik tarmoqlagichlar, bir diametrdan boshqasiga oʻtkazish detallari, tirsaklar, tiqinlar devorlarining qalinligini aniqlash quvuroʻtkazgichning qabul qilingan konstruktiv yechimini tekshirish (sinash) boʻyicha hisoblanishi lozim.
6. Quvuroʻtkazgichlarni tekshirish boʻyicha hisoblash ishlari yuklar va taʼsirlarning aniq bir konstruktiv yechim uchun tanlangan quvuroʻtkazgich koʻndalang kesimlarining mustahkamligi va turgʻunligini baholash orqali amalga oshiriladi.
7. Qayta tiklangan poʻlat quvurlardan foydalanishda yangi poʻlat quvuroʻtkazgichlar qurilishi va mavjud poʻlat quvuroʻtkazgichlar rekonstruksiyasining loyiha va ishchi hujjatlaridan foydalanilmaydi.
4-bob. Yuklar va taʼsirlar
8. Quvuroʻtkazgichlarni mustahkamlikka hisoblashni ularni qurishda (yotqizishda), sinashda va ekspluatatsiya qilishda yuzaga keladigan yuklar va taʼsirlarni hisobga olgan holda bajarish lozim.
Hisobiy yuklar va taʼsirlar hamda ularning mumkin boʻlgan uygʻunlashuvi QMQ 2.01.07 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
9. Yuk boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyentini (γf ) mazkur SHNQ ning 2-ilovasiga muvofiq qabul qilish kerak.
10. Quvuroʻtkazgichning ochish-yopish armaturasi izolyatsiya qoplamalarining hamda gruntning ogʻirliklari, shuningdek grunt bosimidan tushadigan meʼyoriy yuklar ogʻirligi QMQ 2.01.07 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
11. Quvuroʻtkazgichning oldindan kuchlanishidan hosil boʻladigan taʼsirlar (berilgan profil boʻyicha elastik egilish, quvuroʻtkazgich yer ustiga yotqizilganda kompensatorlarning oldindan choʻzilishi)ning meʼyoriy qiymatini quvuroʻtkazgichning qabul qilingan konstruktiv yechimi boʻyicha aniqlash zarur.
12. Tashilayotgan modda bosimining meʼyoriy qiymati loyiha topshirigʻi boʻyicha belgilanadi.
13. Tashilayotgan modda ogʻirligidan quvuroʻtkazgichning birlik uzunligiga tushadigan meʼyoriy yuk (qm) quyidagi (1) formula boʻyicha aniqlanadi:
(1)
bu yerda:
dt — quvurlar va biriktiruvchi detallarning tashqi diametri;
γm — tashilayotgan moddaning hajmiy ogʻirligi;
tnom — biriktiruvchi detallar quvurlari devorining nominal qalinligi.
14. Quvuroʻtkazgichda meʼyoriy haroratning oʻzgarishi ekspluatatsiya jarayonida quvuroʻtkazgich devorida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan maksimal yoki minimal harorat va quvuroʻtkazgichning hisobiy sxemasi qayd qilinadigan eng kichik yoki eng katta harorat orasidagi farqqa teng qilib qabul qilinadi.
15. Yer usti boʻylab yotqizilgan quvuroʻtkazgichning birlik uzunligiga qordan tushadigan meʼyoriy yuk (qq)quyidagi (2) formula boʻyicha aniqlanadi:
qq = 0.4Sq(dt + 2ti), (2)
bu yerda:
Sq — yerning 1 m gorizontal sathiga tushadigan qor qatlamining ogʻirligi QMQ 2.01.07 ga muvofiq qabul qilinadi;
ti — issiqlik izolyatsiyasi qoplamasining qalinligi.
16. Muzlaydigan qatlamlarda yer ustiga yotqizilgan quvuroʻtkazgichning birlik uzunligiga tushadigan meʼyoriy yuk quyidagicha qabul qilinadi:
quvuroʻtkazgichning tashqi diametri (dt+2ti)≤ 70 mm ga teng boʻlganda, QMQ 2.01.07 ga muvofiq chiziqli muz yukining meʼyoriy qiymati sifatida;
quvuroʻtkazgichning tashqi diametri (dt+2ti)>70 mm boʻlganda esa quyidagi (3) formuladan aniqlanadi:
qmuz=π(dt + 2ti)iʼ, (3)
bu yerda, iʼ — muzlagan sirt yukining QMQ 2.01.07 boʻyicha aniqlanadigan normativ qiymati.
17. Yer ustiga yotqizilgan quvuroʻtkazgichning birlik uzunligiga toʻgʻri keladigan va uning oʻqi boʻyicha vertikal tekislikka perpendikulyar taʼsir qiluvchi meʼyoriy shamol kuchi quyidagi (4) formula boʻyicha aniqlanadi:
ωp = (ωstc + ωdyn)∙(de + 2tinz), (4)
bu yerda, ωstc — va ωdyn — mos ravishda shamol kuchining statik va dinamik tashkil etuvchilari (bunda ωdyn ning qiymatini teng taqsimlangan ogʻirlikka va doimiy bikrlikka ega boʻlgan inshoot uchun aniqlash lozim).
18. Alohida seksiyalarni tashishda, quvuroʻtkazgichlarni qurishda (yotqizishda), tozalash qurilmalarini sinashda hamda ularni ishga tushirishda yuzaga keladigan yuklar va taʼsirlarning meʼyoriy qiymatlarini bu ishlarni bajarish va sinovlarni oʻtkazish usullariga bogʻliq holda loyiha topshirigʻida belgilash lozim.
19. Yer usti va yer osti quvuroʻtkazgichlariga koʻrsatiladigan seysmik taʼsirlarni SHNQ 2.01.03 ga muvofiq qabul qilish lozim.
20. Ekspluatatsiya jarayonining buzilishini, uskunalarning vaqtinchalik nosozligi hamda ularning sinishi tufayli yuzaga keladigan yuklar va taʼsirlarni ekspluatatsiya davridagi texnologik rejimning oʻziga xos jihatlariga bogʻliq holda loyiha topshirigʻida belgilash lozim.
21. Gruntning notekis deformatsiyalanishi (choʻkishi, boʻrtishi, sel oqimlari, yer koʻchishlari, togʻ-kon qazilmalarining taʼsirlari, choʻkuvchan gruntlarning suvga boʻkishi)dan yuzaga keladigan yuklar va taʼsirlarni aniqlashda quvuroʻtkazgichlarni qurish (yotqizish) va ekspluatatsiya qilish jarayonidagi ularning oʻzgarishlarini eʼtiborga olish lozim.
22. Meʼyoriy yuklar hamda temir yoʻl va avtomobil yoʻllarida harakatlanuvchi transport vositalaridan tushadigan yuk boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyentlari SHNQ 2.05.03 ga muvofiq aniqlanadi.
5-bob. Quvurlar va biriktiruvchi detallar materiallarining hisobiy tavsiflari
23. Quvur va qoʻshimcha detallar materialining hisobiy qarshiligi Ru va hisobiy haroratdagi oqish chegarasi Ry ni quyidagi (5-6) formulalar boʻyicha aniqlanadi:
24. Run va Rynning meʼyoriy qarshiliklari normal harorat (20°S) da aniqlanadigan qoʻshimcha detallar va quvurlar materiallari chegaraviy oqishi va vaqtincha qarshiligiga muvofiq minimal kattalikka teng qilib qabul qilinadi.
25. Quvurlar va ularning biriktiruvchi detallarining material boʻyicha γmu va γmy ishonchlilik koeffitsiyentlari mazkur SHNQning 3-ilovasidagi 1 va 2-jadvallar boʻyicha qabul qilinadi.
26. Quvuroʻtkazgichni ekspluatatsiya qilishning hisobiy haroratida quvurlar va biriktiruvchi detallarining material boʻyicha γtu va γty tuzatish koeffitsiyentlari mazkur SHNQning 3-ilovasidagi 3-jadval boʻyicha qabul qilinadi.
27. Quvuroʻtkazgichning muhimlik darajasi boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti γn ning qiymatlari quyidagi 1-jadval boʻyicha qabul qilinadi:
1-jadval Tashilayotgan modda va quvuroʻtkazgichning nominal diametri (DN) Tashilayotgan moddaning quyidagi normativ bosimlarida (MPa) quvuroʻtkazgichning ishonchlilik koeffitsiyenti γn 0 rn ≤2,5 2,5 rn ≤ 6,3 6,3 n ≤10 Yonuvchan gazlar DN ≤ DN500 qiyin yonuvchi va yonmaydigan (inert) gazlar DN ≤ DN 1000 yengil alangalanuvchi va yonuvchan suyuqliklar, DN ≤ DN 1000 qiyin yonuvchi va yonmaydigan suyuqliklar DN≤ DN 1200 1,0 1,0 1,0 Yonuvchan gazlar DN 500 N ≤ DN 1000 Qiyin yonuvchi va yonmaydigan (inert) gazlar DN= DN 1200 yengil alangalanuvchi va yonuvchan suyuqliklar DN = DN 1200 qiyin yonuvchi va yonmaydigan suyuqliklar DN = DN 1400 1,0 1,0 1,05 Yonuvchan gazlar DN = DN1200 qiyin yonuvchi va yonmaydigan (inert) gazlar DN = DN 1400 yengil alangalanuvchi va yonuvchan suyuqliklar DN = DN 1400 1,0 1,05 1,1 Yonuvchan gazlar DN = DN 1400 1,05 1,1 1,15
28. Quvuroʻtkazgichning ishlash sharoitlarini hisobga oluvchi koeffitsiyent γS ning qiymatlari quyidagi 2-jadval boʻyicha qabul qilinadi:
2-jadval Tashilayotgan moddaning tavsifi Quvuroʻtkazgichning ishlash sharoitini hisobga oluvchi koeffitsiyent γS Zararli (I va II xavflilik toifalari), yonuvchan gazlar, shu jumladan suyultirilgan gazlar 0,55 Yengil alangalanuvchi va yonuvchan suyuqliklar-zararli (III xavflilik toifasi) hamda qiyin yonuvchi va yonmaydigan (inert) gazlar 0,7 Qiyin yonuvchi va yonmaydigan suyuqliklar 0,85
Izoh:zararli moddalarning xavflilik sinfini GOST 12.1.007-76 boʻyicha aniqlash zarur.
29. Quvurlar va ularning biriktiruvchi detallarini oʻzaro birlashtiruvchi (payvandlashning istalgan usuli bilan bajarilgan) payvand choklarining hisobiy qarshiliklarini ulanuvchi elementlar tegishli hisobiy qarshiliklarining kichik qiymatlariga teng qilib qabul qilish lozim.
6-bob. Quvurlar va biriktiruvchi detallar devorlarining qalinligini aniqlash
30. Quvurlar va ularning biriktiruvchi detallari devorlarining hisobiy qalinliklari quyidagi (7) formula boʻyicha aniqlanadi:
(7)
bu yerda R=min (Ru;Ry) — quvurlar va ularning biriktiruvchi detallari devorlarining yuqoridagi (7) formula yordamida aniqlangan qalinligi 1/100 dt dan kichik boʻlmagan holda, lekin nominal diametri DN 200 va undan kichik boʻlgan — quvurlar va biriktiruvchi detallar 3 mm dan kichik boʻlmasligi, nominal diametri DN 200 boʻlgan quvurlar va biriktiruvchi detallar uchun esa 4 mm dan kichik boʻlmasligi lozim.
31. Agar loyiha topshirigʻida quvuroʻtkazgich devorlarini korroziyadan himoya qilish boʻyicha yechimlar (antikorrozion qoplamalar, ingibitorlar) koʻzda tutilmagan boʻlsa, metallga va quvurlarning payvandlangan choklariga korrozion taʼsir koʻrsatuvchi moddalar ishlatilmaydi.
32. Mazkur SHNQning 4-ilovasida keltirilgan konstruktiv yechimlar boʻyicha quvurlar va biriktiruvchi detallarning yuk koʻtaruvchanlik koeffitsiyenti qiymatlarini quyidagicha qabul qilish lozim:
quvurlar, oxirgi tiqinlar va bir diametrdan boshqasiga oʻtkazish detallari uchun η=1;
uchtalik tarmoqlangan biriktirgichlar va tirsaklar uchun quyidagi (8) formula boʻyicha:
η=aξ+b, (8)
bu yerda:
ξ=de1/de2 — uchtalik tarmoqlangan biriktirgichlar uchun;
ξ=r/de — tirsaklar uchun.
Yuqoridagi (8) formulada keltirilgan a va b koeffitsiyentlarning qiymatlarini uch tomonli biriktirgichlar uchun quyidagi 3-jadval boʻyicha hamda tirsaklar uchun esa mazkur SHNQ ning 4-jadvali boʻyicha qabul qilish lozim.
3-jadval ξ = de2/de1 Uch tomonli biriktirgichlar kuchaytiruvchi elementlarga ega boʻlmagan payvandlangan qoʻyilmalar (qistirmalar) bilan kuchaytirilgan payvandlangan Choksiz va shtamplab payvandlangan a b a b a b 0,00 ≤ 0,15 0,00 1,00 0,00 1,00 0,22 1,00 > 0,15 ≤ 0,50 1,60 0,76 0,00 1,00 0,62 0,94 > 0,50 ≤ 1,00 0,10 1,51 0,46 0,77 0,40 1,05
4-jadval ξ=r/de Tirsaklar a b 1,0 dan 2,0 gacha -0,3 1,6 2,0 dan katta 0,0 1,0
33. t/de — 0,015 nisbatga ega boʻlgan yoki 3 m dan chuqurroq boʻlgan chuqurlikda yoxud 0,8 m dan kichik boʻlgan chuqurlikda yotqiziladigan yer osti quvuroʻtkazgichlari uchun quyidagi shart bajarilishi kerak:
mj va nj (quvur birlik uzunligining boʻylama kesimida yuzaga keladigan hisobiy zoʻriqish va eguvchi moment)larning qiymatlarini grunt bosimi, temir yoʻl va avtomobil transportlarining harakati taʼsiridan quvurlarni ustiga tushadigan yuklar hamda grunt suvlarining gidrostatik bosimi va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vakuumning birgalikdagi taʼsiriga nisbatan gruntning qarshilik koʻrsatishini hisobga olgan holda aniqlash zarur.
34. Yer osti quvuroʻtkazgichlaridagi poʻlat quvurlar devorining qalinligi quyidagi (9) formula boʻyicha aniqlanadi
(9)
bu yerda:
P — quvuroʻtkazgichdagi hisobiy bosim, kgs/sm2;
dt — quvurning tashqi diametri, mm;
σdop — tashiladigan modda haroratiga bogʻliq holda choʻzilishga nisbatan yoʻl qoʻyiladigan kuchlanish, kgs/mm2;
φ — chok mustahkamligini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
choksiz quvurlar uchun φ=1;
choklar sifatini qisman nazorat qilgan holda avtomatik tarzda va qoʻlda elektr payvandlash orqali ulanadigan quvurlar uchun φ=0,85;
quvurlarni elektr va gaz yordamida payvandlashning boshqa hollari uchun φ=0,7;
S — quvur devori qalinligining minus tomonga ogʻishini va yoʻl qoʻyiladigan chegaralarda egishda quvur devorining mumkin boʻlgan yupqalashishini hisobga oluvchi qoʻshimcha orttirma.
Yuqoridagi (9) formuladagi S ni quvur devori qalinligining 15 — 20 % ga teng qilib, lekin 0,5 mm dan kichik boʻlmagan qiymatda qabul qilish kerak.
Quvurlarni mustahkamlikka hisoblashda qoʻshimcha orttirma S agressiv boʻlmagan va pas agressivlikka ega boʻlgan moddalarni tashuvchi quvuroʻtkazgichlar uchun koʻzda tutiladi.
Agressiv moddalarni tashuvchi quvuroʻtkazgichlar uchun korroziyaga qarshi orttirma hisobga olinishi lozim.
7-bob. Quvuroʻtkazgichlarni mustahkamlikka va turgʻunlikka tekshirish
35. Quvuroʻtkazgichni mustahkamlikka va turgʻunlikka nisbatan tekshirishda hisoblash ishlari hisobiy yuklar va taʼsirlarni hisobga olgan holda quvuroʻtkazgichning asosiy oʻlchamlari tanlangandan keyin olib boriladi.
36. Hisobiy yuklar va taʼsirlardan quvuroʻtkazgichning alohida elementlarida yuzaga keladigan ichki kuchlar (zoʻriqishlar)ni aniqlash qurilish mexanikasining statik noaniq sterjenli tizimlarni hisoblash usullari bilan olib boriladi.
37. Quvuroʻtkazgichning hisoblash sxemasi uning haqiqiy ishlash shart-sharoitlarini aks ettirishi lozim.
38. Quvuroʻtkazgichning hisoblash sxemasini statik noaniq yassi yoki fazoviy, oddiy yoki murakkab sterjenli oʻzgaruvchan bikrlikka ega boʻlgan tizimlar tashkil etadi. Bunda, quvuroʻtkazgichning tayanch qurilmalari va atrof muhit bilan (quvuroʻtkazgich bevosita gruntga yotqizilganda) oʻzaro taʼsirini eʼtiborga olish lozim.
Quvuroʻtkazgichning hisoblash sxemasi mazkur SHNQning 40-bandi, kuchlanishning intensifikatsiya koeffitsiyenti esa 42-bandiga muvofiq aniqlanadi.
39. Egilgan va payvandlangan tirsaklarning egiluvchanligini oshirish koeffitsiyenti kp ning qiymati quyidagi 5-jadvaldan aniqlanishi lozim.
kp* kattaligi tirsakning geometrik parametri λb ga va ichki bosim parametri ωb ga bogʻliq holda mazkur SHNQning 5-ilovasida keltirilgan 1-rasmga muvofiq qabul qilinadi.
λb va ωb parametrlarning qiymatlarini quyidagi (11-12) formulalar boʻyicha aniqlanadi:
(11)
(12)
40. Uchtalik tarmoqlangan biriktirgichlarlarning egiluvchanligini hisobga oluvchi koeffitsiyentni birga teng qilib qabul qilish lozim.
41. Kuchlanishlar intensifikatsiyasi koeffitsiyentlarining qiymatlarini quyidagicha qabul qilish lozim:
toʻgʻri quvur uchun ms= 1;
tirsaklar uchun ms= ms*.
42. ms* ning qiymati yuqoridagi (11-12) formulalardan aniqlaniladigan λb va ωb parametrlarga bogʻliq holda mazkur SHNQning 5-ilovasidagi 2-rasmda keltirilgan grafik boʻyicha qabul qilinadi:
uchtalik tarmoqlangan biriktirgich uchun:
magistral qismda ;
tarmoqlangan qismda ms= ms*.
ms* ning qiymati uchtalik tarmoqlangan biriktirgichning quyidagi (13-14) formulalardan aniqlaniladigan parametrlariga bogʻliq holda mazkur SHNQning 5-ilovasidagi 2-rasmda keltirilgan grafik boʻyicha qabul qilinadi:
(13)
(14)
Izoh: uchtalik tarmoqlangan biriktirgich magistral qismining λ1 va ω1 parametrlari qiymatlarini aniqlashda birinchi indekslardan foydalanilsa, uchtalik tarmoqlangan biriktirgichning tarmoqlarida esa λ2 i ω2 — ikkinchi indekslardan foydalaniladi.
1-§. Yer ostidan va yer ustidan (ustiga tuproq tashlab) oʻtkazilgan quvuroʻtkazgichlarning mustahkamlikka va turgʻunlikka tekshirish
43. Yer ostidan va yer ustidan oʻtkazilgan quvuroʻtkazgichlarni boʻylama yoʻnalishda va qalqishga qarshi mustahkamlikka, deformatsiyalanishiga va umumiy turgʻunlikka nisbatan tekshirish lozim.
44. Yer osti va yer ustidan oʻtkazilgan quvuroʻtkazgichlarni boʻylama yoʻnalishda mustahkamlikka tekshirishni quyidagi (15) formuladagi shart bajarilishidan kelib chiqqan holda olib borish kerak:
(15)
bu yerda, ψ1 — oʻq boʻyicha yoʻnalgan choʻzuvchi boʻylama kuchlanishlarda (σprN ≥0) quvurlar metallning ikki oʻqli kuchlanganlik holatini hisobga oluvchi koeffitsiyent boʻlib, quyidagi (16-17) formulalardan aniqlanadi:
(16)
(17)
45. Hisobiy yuklar va taʼsirlardan yuzaga keladigan oʻq boʻyicha yoʻnalgan boʻylama kuchlanishlar metallning elastik-plastik ishlashini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Quvuroʻtkazgichning hisoblash sxemasi uning ishlash shart-sharoitini va grunt bilan oʻzaro taʼsirga kirishishini oʻzida aks ettirishi lozim.
46. Yer osti va yer usti (koʻtarmalardagi) quvuroʻtkazgichlarda yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan deformatsiyalarning oldini olish uchun ularni quyidagi (18) formuladagi shart boʻyicha tekshirish lozim:
(18)
bu yerda, ψ2 — quvurlar metallining ikki oʻqli kuchlanishini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
Ushbu koeffitsiyent choʻzuvchi boʻylama kuchlanishlarda (yaʼni σprn≥ 0 boʻlganda) birga teng qilib qabul qilinadi.
Siquvchi boʻylama kuchlanishlar (yaʼni σppn < 0 boʻlganda) quyidagi (19-20) formulalar boʻyicha aniqlanadi:
(19)
(20)
47. Maksimal (tolalardagi) jamlangan boʻylama kuchlanishlar quvuroʻtkazgichning koʻndalang va boʻylama koʻchishlarini hisobga olgan holda barcha meʼyoriy yuklar va taʼsirlar boʻyicha (ularning uygʻunlashgan holatini hisobga olgan holda) aniqlanadi.
Tirsakning bikrligini va kuchlanganlik holatini aniqlashda uning quvur bilan tegishish shart-sharoitini va ichki bosimning taʼsirini hisobga olish zarur.
48. Quvuroʻtkazgichning umumiy turgʻunligini tizimning eng kichik bikrlikka ega boʻlgan tekisligida boʻylama yoʻnalishda tekshirishni quyidagi (21) formuladagi shartdan kelib chiqqan holda olib borish lozim:
S ≤ γcNkr (21)
49. Quvuroʻtkazgichning koʻndalang kesimida oʻq boʻyicha yoʻnalgan ekvivalent boʻylama kuch (S) ni quvuroʻtkazgichning boʻylama va koʻndalang koʻchishlarini hisobga olgan holda hisobiy yuklar va taʼsirlar boʻyicha aniqlash lozim.
Quvuroʻtkazgichning boʻylama turgʻunligi kamayib boshlaydigan boʻylama kritik zoʻriqish kuchi Nkr qabul qilingan konstruktiv yechimni va quvuroʻtkazgichning boshlangʻich qiyshayganligini (quvuroʻtkazgichni yotqizish chuqurligi, gruntning fizik-mexanik xususiyatlariga inobatga olgan holda) hamda quvuroʻtkazgichning mahkamlovchi uskunalari mavjudligini hisobga olgan holda aniqlanadi. Suv bosgan hududlarda suvning gidrostatik bosimini hisobga olish kerak.
Quvuroʻtkazgichning boʻylama turgʻunligini shu quvuroʻtkazgichning egilish tekisligidagi egri chiziqli uchastkalari uchun tekshirish lozim. Quvuroʻtkazgichning toʻgʻri yer osti chiziqli uchastkalaridagi boʻylama turgʻunligini boshlangʻich egriligi 5000 mm boʻlgan radius bilan vertikal tekislikda tekshirish kerak.
50. Trassaning suv bosgan uchastkalarida yotqizilgan quvuroʻtkazgichlar holatining turgʻunligini alohida uchastkalar uchun (qurilish shart-sharoitlariga bogʻliq holda) quyidagi (22) formuladagi shart boʻyicha tekshirish lozim:
(22)
bu yerda:
Qakt — quvuroʻtkazgichning ustiga taʼsir qiluvchi (erkin egilish bilan yotqizishda yuzaga keladigan elastik qarshilikni hisobga olgan holda) jamlangan hisobiy yuk;
Qpas — quvuroʻtkazgichga pastdan taʼsir qiluvchi (ogʻirligini hisobga olgan holda) jamlangan hisobiy yuk.
Quvuroʻtkazgich holatining qalqishga qarshi turgʻunligi boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti kn quyidagi oʻtish uchastkalari uchun belgilangan qiymatlarga teng qilib qabul qilinadi:
botqoqlik, oʻtloq yerlar, suvi oqmaydigan suv havzalari 1 % taʼminlanganlik bilan yuqori sathli suv chegaralaridagi suv bosgan va suv quyiladigan uchastkalar orqali oʻtganda — 1,05;
suvning yoz chillasi davridagi oʻrtacha sathi boʻyicha daryo orqali 200 m kenglikda oʻtadigan uzanli uchastkalarda (suv osti — texnik ishlarni bajarish chegaralaridagi qirgʻoq oldi uchastkalarini kiritgan holda) — 1,10;
daryo va suv ombori, shuningdek togʻ daryolari orqali 200 m kenglikda oʻtadigan uchastkalarda — 1,15;
boʻshatilgan va ichidagi mahsulot havo bilan almashtiriladigan neft oʻtkazgichlar va neft mahsulotlarini tashuvchi oʻtkazgichlarda — 1,03.
51. Daryo va suv ombori orqali oʻtadigan oʻzanli uchastkalardagi quvuroʻtkazgichlar ustiga toʻkilgan qatlamning ogʻirligi hisobga olinmaydi. Suv bosgan uchastkalarda yotqiziladigan neftoʻtkazgich va neft mahsulotlarini tashuvchi oʻtkazgichlarni turgʻunlikka hisoblashda gruntning ushlab turuvchi (qovushqoqlik) xususiyati hisobga olinadi.
52. Ankerli qurilmaning hisobiy yuk koʻtarish qobiliyati Bank quyidagi (23) formula boʻyicha aniqlanadi:
Bank= zmank Pank (23)
bu yerda:
z — bitta ankerli qurilmadagi ankerlar soni;
mank — ankerli qurilma ishlash sharoitlarni hisobga oluvchi koeffitsiyent, z= 1 yoki z ≥2 va dn/dank ≥ 3; z ≥2 boʻlganda va 1≤ dn/dank ≤ 3 boʻlganda 1,0 ga teng qilib olinadi.
;
Rank — ankerning zamin (asos) yuk koʻtarish qobiliyatidan kelib chiqqan holda quyidagi (24) formuladagi shartdan aniqlaniladigan hisobiy yuk koʻtarish qobiliyati:
(24)
dank — bitta ankerning gorizontal tekislikdagi proyeksiyasidagi gabaritning chiziqli maksimal oʻlchami;
Fank — ankerning hisoblash orqali yoki QMQ 2.02.03 ga muvofiq dala sinovlari natijalari boʻyicha aniqlanadigan yuk koʻtarish qobiliyati;
ka — ankerning 1,4 ga (agar ankerning yuk koʻtarish qobiliyati hisoblash orqali aniqlangan boʻlsa) yoki 1,25 ga (agar ankerning yuk koʻtarish qobiliyati statik yuk bilan dala sinovlarining natijalari boʻyicha aniqlangan boʻlsa) teng qilib qabul qilinadigan ishonchlilik koeffitsiyenti.
2-§. Yer usti quvuroʻtkazgichlarini mustahkamlikka va turgʻunlikka tekshirish
53. Yer usti (ochiq) quvuroʻtkazgichlarni mustahkamlikka, boʻylama turgʻunlik va bardoshlilikka (shamol taʼsirida tebranishlarga) tekshirish zarur.
54. Yer usti quvuroʻtkazgichlarini mustahkamlikka tekshirishni quyidagi (25) formuladagi shartdan kelib chiqqan holda olib borish kerak:
(25)
bu yerda, ψ3 — quvurlar metalining ikki oʻqli kuchlangan holatini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
Choʻzuvchi boʻylama kuchlanishlar (σpr ≥ 0)da birga teng qilib qabul qilinadi, siquvchi kuchlanishlar (σpr< 0) quyidagi (26) formula boʻyicha aniqlanadi:
(26)
shamolning dinamik taʼsiriga nisbatan hisoblashda yuqoridagi (26) formuladagi kattalik QMQ 2.03.05 ga muvofiq aniqlanadigan koeffitsiyentga koʻpaytirish bilan pasaytiriladi.
Izoh:
agar hisobiy qarshilik Ry>Ru boʻlsa, u holda yuqoridagi (25) formuladagi Ry oʻrniga Ru ni qabul qilish lozim;
kompensatorlarga ega boʻlmagan yer usti oʻtish joylari uchun oraliqlar soni toʻrttadan ortiq boʻlmaganda yuqoridagi (25) formula boʻyicha hisoblashda ψ3 oʻrniga yuqoridagi (19) formuladan aniqlaniladigan ψ2 ni qoʻyish kerak.
55. Toʻsinli, shprengelli, osma va arkali yer usti quvuroʻtkazgichlarida hisobiy yuklar va taʼsirlardan tolalarda hosil boʻladigan jamlangan boʻylama kuchlanishlarni quvuroʻtkazgichni sterjenli tizim sifatida tanlagan holda aniqlash lozim.
Vertikal va gorizontal tekisliklarda eguvchi momentlar yuzaga kelganda, hisoblashni shu kuchlanishlarning teng taʼsir etuvchisi boʻyicha bajarish lozim. Hisoblashlarda tizimning geometrik notekisligini hisobga olish lozim.
56. Yer usti quvuroʻtkazgichlarida boʻylama ichki kuchlar va eguvchi momentlarni aniqlashda quvuroʻtkazgichni montaj qilish usulining oʻzgarishiga bogʻliq holda hisoblash sxemasining oʻzgarishini eʼtiborga olish lozim. Quvuroʻtkazgichlarning kompensatorlarga ega boʻlmagan oʻtish joylaridagi eguvchi momentlarni boʻylama va koʻndalang egilishni hisobga olgan holda aniqlash kerak. Yer usti quvuroʻtkazgichlarining hisobi quvuroʻtkazgichning tutashgan yer osti uchastkalaridagi koʻchishlarini hisobga olgan holda olib borish kerak.
57. Yer usti quvuroʻtkazgichlarining toʻsinli tizimlari tayanchlardagi ishqalanishlarni hisobga olgan holda hisoblanishi kerak. Bunda, olib borilayotgan hisoblash uchun ishqalanish koeffitsiyentining eng xavfli boʻlishi mumkin boʻlgan qiymatlariga bogʻliq holda shu qiymatlarning eng kichigi yoki eng kattasi qabul qilinadi.
58. Vertikal yoʻnalishda taʼsir qiluvchi kuchning gorizontal yoʻnalishda tarqaladigan bosimini quvuroʻtkazgichning oʻzi bilan qabul qiladigan toʻsinli, shprengelli, arkali va osma tizimlardagi quvuroʻtkazgichlar tizimning eng kichik bikrlikka ega boʻlgan tekisligidagi boʻylama turgʻunlikka hisoblangan boʻlishi kerak.
Quvuroʻtkazgichning boʻylama yoʻnalishdagi turgʻunligini baholash yuqoridagi (21) formuladagi shart boʻyicha bajarilishi lozim. Bunda, boʻylama kritik zoʻriqish kuchi qabul qilingan konstruktiv yechimni hisobga olgan holda va quvuroʻtkazgichning tayanchlar bilan oʻzaro taʼsirida boʻlishini (tayanchlardagi ishqalanish, tayanchlarning deformatsiyalanishga nisbatan moyilligi) hisobga olgan holda aniqlanishi lozim.
59. Tebranishlar chastotasiga teng boʻlgan chastota bilan quvuroʻtkazgich tebranishini keltirib chiqaradigan shamol tezliklarida quvuroʻtkazgichlarni rezonansga nisbatan tekshirish kerak.
Rezonans vaqtida quvuroʻtkazgichda yuzaga keladigan hisobiy ichki kuchlar va shu quvuroʻtkazgichning koʻchishlarini rezonans kuchlari va koʻchishlarining, shuningdek kritik tezkor bosimga mos keladigan hisobiy shamol kuchini kiritgan holda boshqa turdagi yuklar va taʼsirlardan yuzaga keladigan ichki kuchlar va koʻchishlarning geometrik yigʻindisi sifatida aniqlash lozim.
60. Tayanchlarning zaminlari (asoslari), poydevorlari va tayanchlarning oʻzini hisoblashni yuk koʻtarish qobiliyati (mavjud holat mustahkamligi va turgʻunligi)ning yoʻqolishi yoki ular elementlarining buzilganligi tufayli normal ekspluatatsiyaga yaroqsizligi yoxud tayanchlar, tayanch qismlari, oraliqli qurilmalar yoki quvuroʻtkazgich elementlarining katta deformatsiyalarga uchrashiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha olib borish zarur.
61. Tayanchlar (asoslar va poydevorlarni kiritgan holda)ni va tayanch qismlarini quvuroʻtkazgich hamda yordamchi konstruksiyalar tomonidan uzatiladigan vertikal va gorizontal (boʻylama va koʻndalang) kuchlar va eguvchi momentlarga nisbatan hisoblash zarur. Bu kuchlar va eguvchi momentlar ekspluatatsiya jarayonida tayanchlar hamda tayanch qismlarining mumkin boʻlgan koʻchishlarini hisobga olgan holda hisobiy yuklar va taʼsirlarning noqulay uygʻunlashuvida ushbu yuklar va taʼsirlar boʻyicha aniqlanadi.
Tayanchlarni hisoblashda gruntning muzlash chuqurligini yoki muzning erish chuqurligini, gruntning deformatsiyalanishini, (boʻrtishi yoki choʻkishini) shuningdek yil fasllariga, trassa atrofidagi uchastkalarning qurib qolishi yoki uchastkalarni suv bosishiga, haroratli rejimga va boshqa shart-sharoitlarga bogʻliq holda grunt xossalarining mumkin boʻlgan (yuklarni qabul qilish chegaralarida) oʻzgarishlarini hisobga olish zarur.
62. Shamol taʼsiridan va ichki bosim taʼsiri ostida hamda quvur devori haroratining oʻzgarishidan tayanchlarda yuzaga kelgan kuchlar (yuklar)ni quvuroʻtkazgichlarni yotqizishning qabul qilingan tizimi va quvuroʻtkazgichlarda hosil boʻladigan boʻylama deformatsiyalarni kompensatsiyalashga bogʻliq holda (quvuroʻtkazgichning tayanchlardagi koʻchishlarga nisbatan qarshiligini inobatga olib) aniqlash zarur.
Joyning nishabliklarida va zaif yuk koʻtarish qobiliyatiga ega boʻlgan gruntli uchastkalarda yer usti quvuroʻtkazgichlarini yotqizishning qoʻzgʻalmaydigan tayanchlarga ega boʻlgan (minimal yuklar taʼsiriga uchraydigan) tizimini qoʻllash lozim.
63. Yer usti toʻsinli tizimlarining qoʻzgʻalmas tayanchlariga tushadigan yuklarni quvuroʻtkazgichning uchastkalaridan tayanchga uzatiladigan kuchlar (agar bu kuchlar bir tomonga va turli tomonga yoʻnalgan, lekin ularning farqi bitta tomonga yoʻnalgan boʻlsa) yigʻindisiga teng boʻlgan yuklar sifatida qabul qilish kerak. Bunda, yuklardan eng kichigi 0,8 ga teng boʻlgan koeffitsiyent bilan qabul qilinadi.
64. Yer usti quvuroʻtkazgichlari toʻsinli tizimlarining boʻylama-qoʻzgʻaluvchan va erkin qoʻzgʻaladigan tayanchlarini vertikal yuk va gorizontal kuchlar yoki hisobiy koʻchishlarning taʼsiriga nisbatan hisoblash zarur. Qoʻzgʻalmas tayanchlarga tushadigan gorizontal kuchlarni aniqlashda ishqalanish koeffitsiyentining maksimal qiymatini qabul qilish kerak.
Boʻylama deformatsiyalar kompensatsiyalanmaydigan toʻgʻri chiziqli toʻsinli tizimlarda quvuroʻtkazgichning toʻgʻri chiziqdan mumkin boʻlgan ogʻishini hisobga olish kerak. Quvuroʻtkazgichning toʻgʻri chiziqdan ogʻishi natijasida harorat taʼsiridan va oraliq tayanchga quvuroʻtkazgich oʻqiga perpendikulyar yoʻnalishda taʼsir qiluvchi ichki bosimdan yuzaga keladigan hisobiy gorizontal kuchlarni quvuroʻtkazgichdagi maksimal ekvivalent boʻylama kuch kattaligining 0,01 qismiga teng qilib olish kerak.
65. Arkasimon tizimlarning tayanchlarini, osma va boshqa tizimlarning ankerli tayanchlarini hisoblashda tayanchlarni mumkin boʻlgan agʻdarilish va siljishga nisbatan hisoblash lozim.
3-§. Seysmik sharoitlarda quvuroʻtkazgichlarni hisoblash
66. Seysmik taʼsirlarni hisobga olgan holda quvuroʻtkazgichlarni mustahkamlikka hisoblashda:
yer usti quvuroʻtkazgichlari uchun hududning seysmikligi 6 ball boʻlganda;
yer osti quvuroʻtkazgichlari uchun hududning seysmikligi 8 ball boʻlganda olib borilishi lozim.
67. Quvuroʻtkazgichlar QMQ 2.01.03 ga muvofiq yuklarning asosiy va alohida uygʻunlashgan holatlariga nisbatan hisoblanishi kerak.
Quvuroʻtkazgichlar va ularning elementlari seysmik taʼsirni hisobga olgan holda shartli statik yuklarga (bunda chegaraviy holatlar seysmik hududlardan tashqariga oʻrnatiladigan quvuroʻtkazgichlar uchun qanday qabul qilinsa, xuddi shunday qabul qilinadi) va qurilish hududida avval zilzilalar roʻy bergan joylardagi yoki seysmik sharoitlari oʻxshash boʻlgan joylardagi seysmometrik stansiyalarning (akselerogrammalar, velosigrammalar, seysmogrammalar koʻrinishidagi) yozuvlarini tahlil qilish asosida olinadigan seysmik taʼsirlarga hisoblanishi lozim.
Maksimal hisobiy tezlanishlarning akselegrogrammalari boʻyicha qabul qilinadigan kattaliklar quyidagi 6-jadvalda koʻrsatilganlardan kichik boʻlmasligi kerak.
6-jadval Zilzila kuchi, ballarda 7 8 9 10 Seysmik tezlanish, sm2/s 100 200 400 800
68. Yer osti quvuroʻtkazgichlari va gruntli koʻtarmalardagi quvuroʻtkazgichlarning hisobi quvuroʻtkazgich oʻqi boʻylab yoʻnalgan seysmik toʻlqin taʼsiriga nisbatan olib borilishi kerak.
Yer osti quvuroʻtkazgichlari va gruntli koʻtarmalardagi quvuroʻtkazgichlar quvuroʻtkazgichning boʻylama oʻqiga normal yoʻnalgan seysmik kuchlarga nisbatan hisoblanmaydi.
69. Tayanchlar ustidan oʻtkazilgan yer usti quvuroʻtkazgichlarining hisobi quyidagicha yoʻnalgan seysmik kuchlar taʼsiriga nisbatan olib borilishi kerak:
quvuroʻtkazgich oʻqi boʻylab (bunda quvuroʻtkazgichdagi kuchlanishlarning kattaliklari aniqlanadi hamda tayanchlar konstruksiyalari gorizontal seysmik yuklar taʼsiriga nisbatan tekshiriladi);
quvuroʻtkazgichning koʻndalang oʻqiga nisbatan tik yoʻnalish boʻyicha (bunda quvuroʻtkazgich siljishlarining kattaliklari va toʻsin uzunligining quvuroʻtkazgichning tayanchdan siljib tushib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan yetarliligi aniqlanishi, quvuroʻtkazgichdagi qoʻshimcha kuchlanishlar hamda tayanchlar konstruksiyalari gorizontal va vertikal seysmik yuklar taʼsiriga nisbatan tekshirilishi lozim).
SHNQ 2.04.12-22 “Poʻlat quvuroʻtkazgichlarni mustahkamlikka hisoblash” shaharsozlik normalari va qoidalariga 1-ILOVA
Belgilar va qisqartmalar
bmai, blat — quvuroʻtkazgichning magistral qismlari va uchtalik (troynik) birikkan joylardagi qoʻyilmalar;
DN — nominal diametr;
de — quvurlar va biriktiruvchi detallarning tashqi diametri;
de1, de2 — quvuroʻtkazgichning magistral qismlari va uchtalik birikkan joylarining tashqi diametri;
dvn — quvurlarning ichki diametri;
h — oxirgi tiqinning ellipssimon qismining balandligi;
kp — bukilgan tirsaklarning egiluvchanligini oshirish koeffitsiyenti;
m1, n1 — quvuroʻtkazgich koʻndalang kesimining birlik uzunligiga toʻgʻri keladigan hisobiy eguvchi momentlar va ichki kuchlar (zoʻriqishlar);
ms — kuchlanishlar intensifikatsiyasi koeffitsiyenti;
pn — tashiladigan moddaning ishchi bosimi;
qsh — yer usti quvuroʻtkazgich birlik uzunligiga toʻgʻri keladigan shamol kuchi;
qq — qorning meʼyoriy ogʻirligi;
qmuz — muzning meʼyoriy ogʻirligi;
qm — tashiladigan modda ogʻirligidan tushadigan meʼyoriy yuk;
Rs — doimiy gaz;
Ru, Ry — quvurlar materiali va biriktiruvchi detallarning mos ravishda vaqtinchalik qarshilik va oquvchanlik chegarasi boʻyicha hisobiy qarshiliklari;
Run, Ryn — quvurlar materiali va biriktiruvchi detallarning mos ravishda vaqtinchalik qarshilik va oquvchanlik chegarasi boʻyicha meʼyoriy qarshiliklari;
r — tirsakning egrilik radiusi;
rte — uchtalik tarmoqlagichning egrilik radiusi;
t — quvurlar va biriktiruvchi detallar devorining hisobiy qalinligi;
tnom — biriktiruvchi detallar va quvur devorining nominal qalinligi;
ti — quvuroʻtkazgich issiqlik izolyatsiyasi qoplamasining qalinligi;
γ — quvuroʻtkazgich ishlash sharoitini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
γf — yuk boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti;
γmu — meʼyoriy (20 °S) haroratda quvurlar materiali va biriktiruvchi detallarning vaqtinchalik qarshilik boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti;
γmy — meʼyoriy (20 °S) haroratda quvurlar materiali va biriktiruvchi detallarning oquvchanlik chegarasi boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti;
γn — quvuroʻtkazgichning muhimlilik darajasi boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti;
γtu — vaqtinchalik qarshilik boʻyicha hisoblash ishlarida ekspluatatsiyaning hisobiy haroratida quvurlar materiali va biriktiruvchi detallarning materiali boʻyicha tuzatish koeffitsiyenti;
γu — vaqtinchalik qarshilik boʻyicha hisoblashlarda quvurlar va biriktiruvchi detallar uchun ishonchlilik koeffitsiyenti;
γho — tashilayotgan moddaning hajmiy ogʻirligi;
η — quvurlar va biriktiruvchi detallarning yuk koʻtaruvchanlik qobiliyatini hisobga oluvchi koeffitsiyenti;
Ψ — quvuroʻtkazgichning qiyaligi (nishabi)ni hisobga oluvchi koeffitsiyent;
λ1,λ2, λb — quvuroʻtkazgich magistral qismi, uchtalik tarmoqlanish va tirsakning mos ravishda geometrik parametrlari;
σb — hisobiy yuklar va taʼsirlardan boʻylama oʻq boʻyicha yuzaga keladigan kuchlanish;
σnb — tolalarning maksimal jamlangan boʻylama kuchlanishi;
σbN — hisobiy yuklar va taʼsirlardan boʻylama oʻq boʻyicha yuzaga keladigan ichki zoʻriqish kuchi;
ω1,ω2,ωb — quvuroʻtkazgich magistral qismi, uchtalik tarmoqlagich (troynik) va tirsakning mos ravishda ichki bosim parametrlari.
SHNQ 2.04.12-22 “Poʻlat quvuroʻtkazgichlarni mustahkamlikka hisoblash” shaharsozlik normalari va qoidalariga 2-ILOVA
Yuklar boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyentlari
Yuklar va taʼsirlar Quvuroʻtkazgichni yotqizish usuli Yuklar boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti γfi Turi Tavsifi yer osti yer usti Doimiy Quvuroʻtkazgich, ochish-yopish armaturasi va qurilmalarning xususiy ogʻirligi + + 1,1 (0,95) Izolyatsiya ogʻirligi + + 1,2 Grunt ogʻirligi va bosimi (toʻkilgan, koʻtarilgan) + - 1,2 (0,8) Quvuroʻtkazgichning oldindan kuchlanganligi (berilgan profil boʻyicha elastik egilish, kompensatorlarning oldindan choʻzilishi va h.k.lar) + + 1,0 (0,9) Suvning gidrostatik bosimi + - 1,0 Vaqtinchalik uzoq muddatli Tashilayotgan moddaning ichki bosimi: gazsimon + + 1,1 suyuq + + 1,15 Tashilayotgan moddaning ogʻirligi: gazsimon + + 1,1 (1,0) suyuq + + 1,0 (0,95) Quvuroʻtkazgich devori metalli haroratining oʻzgarishi + + 1,1 Grunt strukturasining oʻzgarishi bilan roʻy bermaydigan gruntning notekis deformatsiyalanishi (choʻkishlar, boʻrtishlar va h.k.lar) + + 1,5 Qisqa vaqtli Qor - + 1,4 Muz - + 1,3 Shamol - + 1,2 Alohida seksiyalarni tashish, quvuroʻtkazgichlarni qurish, tozalash qurilmalarini sinash va ishga tushirish + + 1,0 Alohida taʼsir qiluvchi Seysmik taʼsirlar + + 1,0 Texnologik jarayonning buzilishi, uskunalarning vaqtinchalik nosozligi yoki sinishi + + 1,0 Grunt strukturasining oʻzgarishi bilan roʻy beradigan gruntning notekis deformatsiyalanishi (sel oqimlari va yer koʻchishlari), togʻ-kon hududlarida va karstli hududlarda yer ustining deformatsiyalanishi; Suv bilan boʻkkanda choʻkuvchan gruntlarning deformatsiyalanishi yoki muz eriganda mangu muzlaydigan gruntlarning deformatsiyalanishi + + 1,0
SHNQ 2.04.12-22 “Poʻlat quvuroʻtkazgichlarni mustahkamlikka hisoblash” shaharsozlik normalari va qoidalariga 3-ILOVA
1-jadval Quvurlar va biriktiruvchi detallarning tavsifi Material boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti γmu Prokatkalash boʻyicha nazorat qilinadigan kam perlitli va beynitli poʻlatdan yaxlit texnologik chok boʻyicha ikkala tomondan flyus ostida elektr yoy payvandlash bilan (devor qalinligi boʻyicha minus ogʻishi 5 % dan katta boʻlmagan hamda asosiy metall yaxlitligi va payvandlangan birikmalar yaxlitligi ustidan buzmasdan tekshirish uslublari bilan 100 % lik nazoratdan oʻtgan holda) tayyorlanuvchi payvandlangan va termik mustahkamlangan quvurlar 1,34 Prokatkalash bilan nazorat qilinadigan va normallashtirilgan, termik mustahkamlangan poʻlatdan yaxlit texnologik chok boʻyicha ikkala tomondan flyus ostida elektr yoy payvandlash bilan tayyorlangan va payvandlangan choklari buzmasdan tekshirish uslublari bilan 100 % lik nazoratdan oʻtgan quvurlar 1,4 Normallashtirilgan va issiq toblangan past legirlangan yoki uglerodli poʻlatdan elektr yoy bilan payvandlab tayyorlangan va payvandlangan choklari buzmasdan tekshirish uslublari bilan 100 % lik nazoratdan oʻtgan quvurlar; choksiz sovuq va issiq holatda deformatsiyalangan quvurlar 1,47 Issiq toblangan past legirlangan yoki uglerodli poʻlatdan ikki tomonidan elektr yoy yoki yuqori chastotali tok bilan payvandlab tayyorlangan quvurlar; shtamplangan yoki shtamplab payvandlangan biriktiruvchi detallar; boshqa choksiz quvurlar va biriktiruvchi detallar 1,55
Izoh: ikki tomonlama flyus ostida yoki yuqori chastotali toklar bilan elektr payvandlash bilan tayyorlangan, ishlab chiqarishning (berilgan koeffitsiyent γmu ga mos keladigan sifatli quvurlar olish imkonini beruvchi) maxsus texnologiyasidan foydalanilganda devorining qalinligi 12 mm dan katta boʻlmagan quvurlar uchun 1,40 qiymat 1,40 — 1,47 qiymat oʻrniga 1,34 va 1,55 qiymatlar oʻrniga 1,47 qiymatlarini qoʻllash mumkin.
2-jadval Quvurlar va biriktiruvchi detallarning tavsifi Material boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti γmy Kam uglerodli poʻlat turlaridan ishlangan choksiz 1,10 Ryn / Run 1,15 Ryn / Run > 0,8 nisbatga ega boʻlgan poʻlatdan payvandlab tayyorlangan 1,20
3-jadval Quyidagi poʻlat turlaridan tayyorlangan quvurlar va biriktiruvchi detallar Quyidagi haroratlarda (°S) quvuroʻtkazgichni ekspluatatsiya qilishda vaqtinchalik qarshilik γtu va oquvchanlik chegarasi γty boʻyicha material boʻyicha ishonchlilikning tuzatuvchi (toʻldiruvchi) koeffitsiyentlari -70 -40 ÷ +20 100 200 300 400 450 Uglerodli: γtu - 1,0 1,0 1,0 1,0 - - γty - 1,0 1,05 1.15 1,40 - - Pastligerlangan: γtu 1,0 1,0 1,05 1,05 1,10 1,40 1,90 γty 1,0 1,0 1,10 1,15 1,25 1,60 2,20 Ligirlangan: γtu 1,0 1,0 1,05 1,15 1,25 1,35 1,45 γty 1,0 1,0 1,05 1,15 1,25 1,35 1,45
Izoh:
hisobiy haroratlarning oraliq qiymatlari uchun γtu va γty kattaliklarni mazkur ilovaning 3-jadvalida keltirilgan ikkita yaqin qiymatlarni chiziqli interpolyatsiyagan holda aniqlash lozim;
“ — ” belgisi quvuroʻtkazgichni ekspluatatsiya qilishning bunday haroratlarida uglerodli poʻlat turlari qoʻllanilmasligini anglatadi.
SHNQ 2.04.12-22 “Poʻlat quvuroʻtkazgichlarni mustahkamlikka hisoblash” shaharsozlik normalari va qoidalariga 4-ILOVA
Quvuroʻtkazgichlarning va biriktiruvchi detallarning konstruktiv yechimlari
Mazkur SHNQ ning 33-bandiga muvofiq aniqlaniladigan yuk koʻtarish qobiliyatlarini hisobga oluvchi koeffitsiyentlarning qiymatlarini biriktiruvchi detallarning keyingi yechimlari uchun olib boriladigan hisoblash ishlarida quyidagilarni eʼtiborga olish lozim.
1. Teng oʻtkazuvchi va oʻtuvchi uch tomonlama biriktirgich (tarmoqlagichlar):
issiq holatda bosish bilan yoki ekstruziya yoʻli bilan va shtamplab payvandlash bilan olinadigan choksiz tarmoqlagichlar, nosimmetrik qismlaridan biri toʻliq shtamplanadigan tarmoqlagichlar (1-a rasm). rtee radiusi uchtalik tarmoqlagich devorining qalinligidan kichik boʻlmasligi kerak;
bittasi quvurdan kesib olinib payvandlanadigan va ikkinchisi toʻgʻri burchak ostida payvandlanadigan tarmoqlagichlar (1-b rasm), qoʻyilmalar bilan kuchaytirilgan payvandlangan tarmoqlagichlar (1-v rasm), ushbu tarmoqlagichlarni de1 ≥ 300 mm boʻlganda qoʻllash lozim. Bunda, tarmoqlanish diametrlarining magistral quvurlarnikiga nisbati de2/de1e2/de1lat = 0,4de1 teng boʻlsa, tarmoqlangan joylarda biat = 0,3de2 ga teng boʻladi. Qoʻyilmalar qalinligi uchtalik tarmoqlagich magistralli qism devorining qalinligiga teng boʻlishi kerak.
1-rasm. Uchtalik tarmoqlagichlar
Bunda:
a) choksiz va shtamplab payvandlangan uchtalik tarmoqlagichlar;
b) kuchaytiruvchi elementlarga ega boʻlmagan uchtalik tarmoqlagichlar;
v) qoʻyilmalar bilan kuchaytirilgan payvandlangan uchtalik tarmoqlagichlar;
1 — uchtalik tarmoqlagichning magistralli qismi;
2 — tarmoqlanish joyi;
3 — qoʻyilma
2. Shtamplangan va shtamplab payvandlangan konussimon oʻtkazgichlar (oʻtkazish detallari), ularni oldindan tayyorlangan silindrik ishlanmani issiq shtampovkalash (choʻktirish) yoʻli yoki ikkita simmetrik oldindan tayyorlab qoʻyilgan ishlamani shtamplash va payvandlash bilan olinadi (2-rasm). α burchakning kattaligi 15° dan oshmasligi kerak.
2-rasm. Konussimon oʻtkazgich (oʻtkazish detali)
3. Ellipssimon berkitgichlar (3-rasm), ular issiq holatda shtamplash yoʻli bilan olinadi va ellipssimon qismining balandligi h berkitgich diametrining 0,2 qismidan kam boʻlmasligi lozim.
3-rasm. Ellipssimon berkitgich
4. Choksiz tirsaklar, ular quvurli tayyorlanmalarni issiq holatda choʻzish yoʻli bilan olinadi va shtamplab payvandlangan tirsaklar, ular issiq holatda shtamplangan ikkita simmetrik tayyorlanmalarni payvandlash yoʻli bilan olinadi (4-rasm).
4-rasm. Choksiz va shtamplab payvandlangan tirsak.
SHNQ 2.04.12-22 “Poʻlat quvuroʻtkazgichlarni mustahkamlikka hisoblash” shaharsozlik normalari va qoidalariga 5-ILOVA
1-rasm. Koeffitsiyent kp*ning qiymatlarini aniqlash grafigi
2-rasm. Koeffitsiyent ms*ning qiymatlarini aniqlash grafigi
