Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalari toʻgʻrisida 1993-yil 26-apreldagi 192-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (470-son)
21.09.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloqda tadbirkorlikni va mulkchilikning yangi shakllarini, shuningdek dehqon (fermer) xoʻjaliklarini rivojlantirishga, shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar egalariga koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 26-apreldagi 192-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 3-bandi quyidagi mazmundagi “f” kichik bandi bilan toʻldirilsin:
“f” dehqon (fermer) xoʻjaliklarining shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar egalarining, qishloq xoʻjaligi ijarachilarining va kooperativlarining, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarni qayta ishlash boʻyicha kichik, shu jumladan xususiy korxonalar va firmalarning mol-mulkini garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomalarni rasmiylashtirganlik uchun mol-mulk qiymatining 0,5 foizi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 21-sentabr,
470-son
