Oʻzbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni temir yoʻl transportida tashish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (1493-son)
08.07.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI “SANOATKONTEXNAZORAT” DAVLAT INSPEKSIYASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 8-iyulda 1493-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-maydagi 213-sonli “Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandiga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni temir yoʻl transportida tashish qoidalari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmasi, Transport IIB hamda “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasining tarmoq inspeksiyalari zimmalariga yuklatilsin.
Ichki ishlar vaziri Z. ALMATOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-may,
5-son
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi R. SAIDOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-may,
80-son
