Oʻzbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni avtomobil transportida tashish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (1492-son)
08.07.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI “SANOATKONTEXNAZORAT” DAVLAT INSPEKSIYASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 8-iyulda 1492-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-maydagi 213-sonli “Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandiga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni avtomobil transportida tashish qoidalari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning kuchga kirish kunidan boshlab:
sobiq SSSRning Togʻkontexnazorat Davlat qoʻmitasi tomonidan 1988-yilning 22-noyabr kuni tasdiqlangan Portlovchi materiallarni avtomobil transportida tashish qoidalari;
Portlovchi materiallarni tashish boʻyicha Yoʻriqnoma (1992-yildagi davlatlararo Portlatish ishlarida qoʻllaniladigan yagona xavfsizlik qoidalariga 5-ilova) Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanilmasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi IIV Yoʻl harakati xavfsizligi, Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmalari hamda “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasining tarmoq inspeksiyalari zimmalariga yuklatilsin.
Ichki ishlar vaziri Z. ALMATOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-may,
4-son
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi R. SAIDOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-may,
79-son
