Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, transportda tashish, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida (1491-son)
08.07.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI “SANOATKONTEXNAZORAT” DAVLAT INSPEKSIYASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 8-iyulda 1491-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-maydagi 213-sonli “Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandiga muvofiq qaror qilamiz:
1. Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, transportda tashish, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning kuchga kirish kunidan boshlab Portlovchi moddalarni saqlash, transportirovka qilish, ishlatish va hisobga olish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma (1992-yildagi davlatlararo Portlatish ishlarida qoʻllaniladigan yagona xavfsizlik qoidalariga 1-ilova) Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanilmasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmasi hamda “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasining tarmoq inspeksiyalari portlatish ishlarini olib boruvchi korxonalar bilan hamkorlikda Yoʻriqnoma talablaridan kelib chiqqan holda portlovchi materiallar saqlanadigan omborxonalarda kirib-chiqish va ichki rejimlarni kuchaytirish, ularda asossiz tekshiruvlarga yoʻl qoʻymaslik borasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Ichki ishlar vaziri Z. ALMATOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-may,
3-son
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi R. SAIDOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-may,
78-son
