Davlat mulkchilik shaklidagi yuridik shaxslar tomonidan chet elda korxonalar tashkil etish, ustav fondida ishtirok etish, qayta tashkil etish va korxonalarni tugatish, chet ellardagi davlat mulkini sotib olish va tasarruf etish masalalarini kelishish hamda chet eldagi davlat mulkini saqlanishi va ularning samarali boshqarilishi ustidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1488-son)
06.07.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR AGENTLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 6-iyulda 1488-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-iyuldagi 325-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining kadrlar potensialini mustahkamlash va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2003-yil, 7-son, 67-bet)ni bajarish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi qaror qiladi:
1. Chet ellarda korxonalar tashkil etish (taʼsischi sifatida qatnashish), qayta tashkil etish va korxonalarni tugatish, chet ellardagi davlat mulkini sotib olish va tasarruf etish masalalarini kelishish hamda chet ellardagi davlat mulkini saqlanishi va ularning samarali boshqarilishi ustidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan boshlab 10 kundan keyin kuchga kiradi.
Davlat mulki qoʻmitasi raisi M. ASQAROV
Toshkent sh.,
2005-yil 2-iyun,
01/06-18/02-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi raisi N. NAJIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 2-iyun,
