Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (155-son)
05.07.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 5-iyul,
155-son
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-iyuldagi 155-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 73-modda):
a) 1-bandning ikkinchi xatboshidan “va jismoniy” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
g) Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga 4-ilovada “subyektlar” ustunidagi “litsenziya talabgori — yuridik shaxs, jismoniy shaxs” blokidan “jismoniy shaxs” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yilgi Davlat budjeti asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va parametrlari prognozi toʻgʻrisida” 2001-yil 31-dekabrdagi 490-son qarorining 20-bandida “bolalarning maktabgacha bolalar muassasalaridagi taʼminoti va” soʻzlari chiqarib tashlansin, “28 va 29-ilovalar” soʻzlari “29-ilova” soʻzlari bilan almashtirilsin.
