Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-14-son)
20.01.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2022-yil 18-mart kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sogʻliqni saqlash sohasi vakillari bilan “Tibbiyotdagi islohotlar — inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, OIV infeksiyasini profilaktika qilish, unga tashxis qoʻyish va davolash sifatini yanada oshirish, aholi orasida OIV infeksiyasini aniqlash boʻyicha tekshiruvlar qamrovini oshirish, bemorlarga sifatli tibbiy va ruhiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish, ularni zarur dori vositalari bilan toʻliq taʼminlash hamda ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida:
1. Aholi orasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir 2023 — 2027-yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 2030-yilga borib OIV epidemiyasiga barham berish uchun “95-95-95” strategiyasi ilgari surilganligi va uning doirasida OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslarning 95 foizi oʻz maqomini bilishlari, maxsus davolash kurslari bilan qamrab olinishi, 95 foizining qonida virus yuklamasi aniqlanmaydigan darajaga tushishi kerakligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Mazkur strategiyaga muvofiq tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Sogʻliqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2023 — 2027-yillarda Davlat budjeti mablagʻlari, OITS, sil va bezgakka qarshi kurashish boʻyicha Global jamgʻarma mablagʻlari, Osiyo taraqqiyot banki hamda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining qarz mablagʻlari hisobidan aholi oʻrtasida OIV infeksiyasini erta aniqlash, tashxislash va davolash sifatini oshirish maqsadida test-tizimlari va retrovirusga qarshi vositalarni xarid qilish, OITSga qarshi kurash markazlari va ularning tumanlararo diagnostika laboratoriyalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, mutaxassislarning bilim va koʻnikmalarini oshirish, keng targʻibot ishlarini oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkiliy tadbirlar uchun 120 milliard soʻm va 54 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
2. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov):
a) 2027-yilda:
OIV infeksiyasini yuqtirib olgan hamda oʻz maqomini bilgan, maxsus davolash kurslari bilan qamrab olingan va qonida virus yuklamasi aniqlanmaydigan darajaga tushgan shaxslar koʻrsatkichi 95 foizga yetkazilishini;
OIV infeksiyasining onadan bolaga yuqishiga barham berilishini taʼminlasin;
b) nikohlanuvchi shaxslarni OIV infeksiyasi boʻyicha majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish jarayonini elektron tizim orqali amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish maqsadida Adliya vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-iyunga qadar Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida, 2023-yil yakuniga qadar esa boshqa hududlarda “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali FHDY organlari va tegishli tibbiyot muassasalari oʻrtasida elektron hamkorlikni tashkil qilsin;
v) 2023-yil yakuniga qadar OIV infeksiyasi aniqlangan holatlar monitoringini taʼminlash, real vaqt rejimida preparatlar va diagnostikumlarning harakatlanishini kuzatib borish imkonini beruvchi elektron axborot tizimini yaratsin hamda ushbu tizimni Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasining elektron bazalari bilan integratsiya qilish orqali oʻzaro axborot almashinuvini yoʻlga qoʻysin;
g) ikki oy muddatda Ichki ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, manfaatdor vazirlik va idoralar hamda jamoat tashkilotlari bilan birgalikda OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarni ijtimoiy, huquqiy, maʼnaviy va tibbiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash, ayniqsa yoshlar orasida OIV infeksiyasi tarqalishi masalalarida keng tushuntirish va tarbiyaviy ishlar olib borish, jamiyatda oilaviy va maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga doir idoralararo chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimlari Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda hududlar kesimida 2023-yilga moʻljallangan OIVga qarshi kurashish tizimini kuchaytirishga doir “yoʻl xaritalari”ning amalga oshirilishini, 2024 — 2026-yillarda tegishli davrga moʻljallangan “yoʻl xaritalari”ning ishlab chiqilishini taʼminlasin.
4. Vazirlar Mahkamasi har yarim yilda Dasturda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish holatini tanqidiy muhokama qilsin hamda oʻz vaqtida va toʻliq bajarilmagan tadbirlar yuzasidan masʼul vazirlik va idoralar rahbarlariga nisbatan tegishli choralarni koʻrsin.
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Dasturning amalga oshirilishi uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
6. Sogʻliqni saqlash vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda Dasturda belgilangan OIV infeksiyasiga doir dolzarb masalalar boʻyicha maqolalar, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar orqali aholi orasida OIV infeksiyasiga qarshi kurashishning ahamiyati muntazam va keng yoritilishini taʼminlasin.
7. Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri A.Sh. Inoyatov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari L.N. Tuychiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 20-yanvar,
PQ-14-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-14-son qaroriga ILOVA
Aholi orasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir 2023 — 2027-yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi
T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiAmalga oshirish muddatiTalab etiladigan mablagʻ va moliyalashtirish manbaiMasʼul ijrochilarI. Aholi orasida OIV infeksiyasi profilaktikasini kuchaytirish va zararlanganlikni aniqlash boʻyicha tekshiruvlar qamrovini oshirish1.Birlashgan Millatlar Tashkilotining OIV infeksiyasi epidemiyasiga barham berishni koʻzda tutuvchi “95-95-95” strategiyasi doirasida OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslarning 95 foizi oʻz maqomini bilishiga erishish maqsadida davolash-profilaktika muassasalarida klinik koʻrsatmalar asosida bemorlarni OIVga ixtiyoriy tekshiruvlar bilan qamrab olish hamda aholi oʻrtasida OIV infeksiyasini erta aniqlash va profilaktik tadbirlar olib borish.1. Aholini OIV infeksiyasini aniqlash boʻyicha tekshiruvlar bilan keng qamrab olish uchun har yili kamida 177 ming nafar odam oʻrtasida ekspress testlar oʻtkazish.2. Test toʻplamlariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash, buyurtma tayyorlash va ularni xarid qilish.3. Aholi orasida OIV infeksiyasi boʻyicha tibbiy maslahatlar berish, axborot-targʻibot materiallarini tayyorlash va aholiga yetkazish, targʻibot ishlarini olib borish. OIV infeksiyasi bilan bogʻliq stigmatizatsiya va diskriminatsiyaning oldini olish boʻyicha maxsus tadbirlar (treninglar, kampaniyalar va boshqalar) oʻtkazish.4. Davolash-profilaktika muassasalari mutaxassislari uchun OIV infeksiyasi masalalariga doir oʻquv dasturlarini ishlab chiqish hamda trenerlarni tayyorlash.5. OIV infeksiyasini aniqlash maqsadida oʻz-oʻzini testdan oʻtkazish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish va ijobiy tajribani amaliyotga joriy etishga doir taklif ishlab chiqish.6. Turli guruhlar uchun maqsadli va moslashtirilgan oʻz-oʻzini testdan oʻtkazish axborot kampaniyalarini ishlab chiqish va oʻtkazish.Respublika budjeti mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,nodavlat notijorat tashkilotlar, hamkor tashkilotlar2023-yil1 124,88 mln soʻm2024-yil1 259,86 mln soʻm2025-yil1 411,04 mln soʻm2026-yil1 580,37 mln soʻm2027-yil1 770,02 mln soʻmMahalliy budjet mablagʻlari2023-yil809,91 mln soʻm2024-yil907,10 mln soʻm2025-yil1 015,95 mln soʻm2026-yil1 137,87 mln soʻm2027-yil1 274,41 mln soʻmXalqaro tashkilotlar grantlari2.Aholi orasida OIV infeksiyasini faol aniqlash maqsadida 15 ta OITSga qarshi kurash markazlari va ularning 63 ta tumanlararo diagnostika laboratoriyalarini soʻnggi avlodga mansub diagnostik test-tizimlar (IFA) bilan uzluksiz taʼminlash.1. Diagnostik test-tizimlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash, moliyalashtirish uchun buyurtmalarni tayyorlash, test-tizimlarni xarid qilish va yetkazish.2. Aholi orasida OIVni aniqlash maqsadida IFA usulida har yili kamida 2,4 million ta tekshiruv oʻtkazish.Respublika budjeti mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi2023-yil2 502,0 mln soʻm2024-yil6 600,0 mln soʻm2025-yil6 600,0 mln soʻm2026-yil6 600,0 mln soʻm2027-yil6 600,0 mln soʻm3.OIV infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlarda davolash samaradorligi monitoringini olib borish maqsadida OITSga qarshi kurash markazlarini zaruriy test-tizimlar (immunoblot, PZR, SD4) bilan uzluksiz taʼminlash.1. Ehtiyojni aniqlash, moliyalashtirish uchun buyurtmalarni tayyorlash.2. Ehtiyojdan kelib chiqib, test-tizimlarni (immunoblot, PZR, SD4) xarid qilish va yetkazish. Jumladan, 2023 — 2027-yillarda OITSga qarshi kurash markazlarini kamida 75 mingta immunoblot, 254 mingta SD4 hamda 631 mingta PZR test-tizimlar bilan taʼminlash.OITS, sil va bezgakka qarshi kurashish boʻyicha Global jamgʻarma mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi2023-yil0,50 mln AQSH doll.2024-yil0,50 mln AQSH doll.2025-yil0,50 mln AQSH doll.2026-yil0,50 mln AQSH doll.2027-yil0,50 mln AQSH doll.Respublika budjeti mablagʻlari2023-yil0,39 mln AQSH doll.2024-yil0,68 mln AQSH doll.2025-yil0,75 mln AQSH doll.2026-yil0,82 mln AQSH doll.2027-yil0,89 mln AQSH doll.4.OIV infeksiyasi yuqishi va tarqalishi ehtimoli yuqori boʻlgan guruhlardan aholiga OIV infeksiyasining tarqalish zanjirini uzish maqsadida ushbu guruhlar orasida OIV infeksiyasini faol aniqlash va profilaktik tadbirlar olib borish boʻyicha ishlarni tashkil etish.1. Sogʻliqni saqlash vazirligi va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan tuzilgan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi maqsadli bitim va kelishuvlarda OIV infeksiyasi yuqishi va tarqalish ehtimoli yuqori boʻlgan guruhlar orasida OIV infeksiyasini aniqlash boʻyicha tadbirlarni belgilash va reja asosida olib borish.2. OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olishga doir tadbirlarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarning ishtirokini kengaytirish, shu jumladan oʻquv mashgʻulotlarni tashkil etish.OITS, sil va bezgakka qarshi kurashish boʻyicha Global jamgʻarma mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,nodavlat notijorat tashkilotlar2023-yil0,55 mln AQSH doll.2024-yil1,45 mln AQSH doll.2025-yil1,72 mln AQSH doll.2026-yil1,92 mln AQSH doll.2027-yil1,92 mln AQSH doll.5.Respublika OITSga qarshi kurash markazi laboratoriya majmuasini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish va uning xalqaro sifat standarti talablariga muvofiq boʻlishiga erishish.1. Respublika OITSga qarshi kurash markazi laboratoriya majmuasining xalqaro akkreditatsiya talablariga mosligini baholash.2. Kamchiliklarni bartaraf etishga doir tadbirlarni belgilash.3. Laboratoriya majmuasini akkreditatsiya talablariga mos holda jihozlash va asbob-uskunalar bilan taʼminlash.4. Akkreditatsiya talablari asosida ish yurituv hujjatlarini tayyorlash.5. Mutaxassislarning malakasini oshirish.6. Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilot vakillarini taklif qilish va zarur xulosani olish.OITS, sil va bezgakka qarshi kurashish boʻyicha Global jamgʻarma, BMTTD, YUNISEF, YUNEYDS mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi,hamkor tashkilotlar2023-yil0,05 mln AQSH doll.2024-yil0,05 mln AQSH doll.6.Migrantlarni OIV infeksiyasini ixtiyoriy tekshirish bilan qamrab olishni kengaytirish.1. Uzoq muddat xorijda boʻlib, Oʻzbekistonga qaytgan migrantlar orasida OIVga qarshi kurash samaradorligini oshirish va kasallik tarqalishi ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan mexanizmlarni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.2023-yil 1-avgustXalqaro tashkilotlar grantlariSogʻliqni saqlash vazirligi,Bojxona qoʻmitasi,manfaatdor vazirlik va idoralar,nodavlat notijorat tashkilotlar, hamkor tashkilotlar2. Migrantlar va ularning oilalari oʻrtasida OIV infeksiyasi xavfi, himoya choralari va davolanish imkoniyatlari toʻgʻrisida xabardorlikni oshirish kampaniyalarini tashkil etish.2023 — 2027-yillarII. OIV infeksiyasi tashxisoti, davolash va profilaktikasi, OIV bilan yashovchi shaxslarga tibbiy-ijtimoiy, huquqiy va psixologik yordam koʻrsatish7.Birlashgan Millatlar Tashkilotining OIV infeksiyasi epidemiyasiga barham berishni koʻzda tutuvchi “95-95-95” strategiyasi doirasida OIV bilan yashovchi shaxslarni davolash bilan qamrab olish darajasini 95 foizga yetkazish maqsadida ularni retrovirusga qarshi dori vositalari bilan uzluksiz taʼminlash hamda ulardan 95 foizining qonida virus yuklamasini aniqlanmaydigan darajaga tushirish.1. Retrovirusga qarshi dori vositalariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash, moliyalashtirish uchun buyurtmalarni tayyorlash.2. Ehtiyojdan kelib chiqib, retrovirusga qarshi dori vositalarini xarid qilish va yetkazish.3. Yangi aniqlangan hamda OIV infeksiyasi bilan yashovchi shaxslarni retrovirusga qarshi terapiya bilan qamrab olish.4. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida OIV infeksiyasini erta aniqlash, oldini olish va davolash boʻyicha amaldagi klinik bayonnomalarni qayta koʻrib chiqish va ularni amaliyotga tatbiq qilish.OITS, sil va bezgakka qarshi kurashish boʻyicha Global jamgʻarma mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi2023-yil1,50 mln AQSH doll.2024-yil1,60 mln AQSH doll.2025-yil1,80 mln AQSH doll.2026-yil1,60 mln AQSH doll.2027-yil1,00 mln AQSH doll.Respublika budjeti mablagʻlari2023-yil3,95 mln AQSH doll.2024-yil4,63 mln AQSH doll.2025-yil4,93 mln AQSH doll.2026-yil5,33 mln AQSH doll.2027-yil5,90 mln AQSH doll.8.OIVning onadan bolaga yuqishining oldini olish maqsadida OIV infeksiyali onalardan tugʻilgan olti oylikkacha boʻlgan bolalarni quruq sut aralashmasi bilan uzluksiz taʼminlash.1. OIVning onadan bolaga yuqishiga barham berish maqsadida profilaktik tadbirlarni oʻtkazish.2. Respublika boʻyicha OIV infeksiyali onalardan tugʻilgan olti oylikkacha boʻlgan chaqaloqlar sonini aniqlash, quruq sut miqdorini hisoblash, texnik vazifa ishlab chiqish.3. Quruq sut aralashmasini xarid qilish va yetkazish. Jumladan, har yili kamida 40 ming oʻram quruq sut aralashmasi bilan taʼminlash.4. OIV infeksiyali onalardan tugʻilgan olti oylikkacha boʻlgan bolalarni quruq sut aralashmasi bilan taʼminlash.Respublika budjeti mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi2024-yil2 051,28 mln soʻm2025-yil2 297,43 mln soʻm2026-yil2 573,12 mln soʻm2027-yil2 881,90 mln soʻm9.OIV infeksiyasiga chalingan bemorlar orasida virusli, bakterial va zamburugʻ etiologiyali yondosh kasalliklar kelib chiqishining oldini olish va davolash maqsadida ularni zarur dori vositalari bilan uzluksiz taʼminlash.1. Yondosh kasalliklari mavjud OIV infeksiyali shaxslarni aniqlash.2. Davolash bayonnomalariga muvofiq zarur dori vositalari miqdorini hisoblash va ularni xarid qilish.2023-yil2024-yil2025-yil2026-yil2027-yilMahalliy budjet mablagʻlari373,4 mln soʻm410,8 mln soʻm451,8 mln soʻm497,0 mln soʻm546,7 mln soʻmSogʻliqni saqlash vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari2023-yil2024-yil2025-yil2026-yil2027-yilRespublika OITSga qarshi kurash markaziga ajratilgan budjet mablagʻlari5,0 mln soʻm5,6 mln soʻm6,1 mln soʻm6,7 mln soʻm7,4 mln soʻm10.Jinsiy yoʻl bilan yuqadigan infeksiyalar bilan zararlanish xavfi yuqori boʻlgan shaxslar oʻrtasida “Doʻstona xonalar” orqali jinsiy aloqa yoʻli bilan yuquvchi kasalliklarni sindromal davolash va profilaktik tadbirlarni olib borish maqsadida ularni dori vositalari, tibbiy buyumlar va profilaktik vositalar bilan uzluksiz taʼminlash. 1. Dori vositalari, tibbiy buyumlar va profilaktik vositalarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash, moliyalashtirish uchun buyurtmalarni tayyorlash va ehtiyojdan kelib chiqib, ularni xarid qilish va yetkazish.2023-yil2024-yil2025-yil2026-yil2027-yilMahalliy budjet mablagʻlari534,4 mln soʻm596,1 mln soʻm602,7 mln soʻm609,3 mln soʻm615,9 mln soʻmSogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari2. “Doʻstona xonalar” orqali jinsiy yoʻl bilan yuqadigan infeksiyalar bilan zararlanish xavfi yuqori boʻlgan shaxslarni sindromal davolash bilan qamrab olish hamda ular orasida tushuntirish-targʻibot ishlarini olib borish.2023-yil2024-yil2025-yil2026-yil2027-yilRespublika OITSga qarshi kurash markaziga ajratilgan budjet mablagʻlari26,7 mln soʻm29,8 mln soʻm30,1 mln soʻm30,4 mln soʻm30,7 mln soʻm11.OIV infeksiyasi bilan yashovchi shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.OIV infeksiyasining uchinchi va toʻrtinchi klinik bosqichida boʻlgan oʻn sakkiz yoshdan katta bemorlarga nogironlikni belgilash mezonlarini qayta koʻrib chiqish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 62-son qaroriga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2023-yil 1-avgust-Sogʻliqni saqlash vazirligi,Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi12.OIV infeksiyasi bilan kasallangan shaxslarga doimiy tibbiy, huquqiy va psixologik yordam koʻrsatish.OIV infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni parvarish qilish, qoʻllab-quvvatlash va doimiy kuzatuvni olib borish, ularga huquqiy va psixologik yordam koʻrsatilishini tashkil etish.2023 — 2027-yillarXalqaro tashkilotlar grantlariSogʻliqni saqlash vazirligi,nodavlat notijorat tashkilotlar, hamkor tashkilotlar13.Aholi oʻrtasida OIV infeksiyasi profilaktikasi masalalari boʻyicha keng koʻlamli axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish.1. OIV infeksiyasi profilaktikasi masalalari boʻyicha 2023-yilga moʻljallangan media-rejani ishlab chiqish. Kelgusida tegishli yil uchun media-reja ?shlab chiqilishini taʼminlash.2023-yil 15-fevralDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar,Xalqaro tashkilotlar grantlari,ijrochilar mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi,Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari2023 — 2027-yillar (har yili 1-fevralga qadar)2. Ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi orasida OIV infeksiyasi profilaktikasi, diagnostikasi va davolashga doir masalalar boʻyicha keng koʻlamli targʻibot ishlarini olib borish, maqolalar, telekoʻrsatuvlar, radioeshittirishlar, audiovizual targʻibot materiallarini tayyorlash.3. Samolyot, poyezd, avtobus, metro, supermarket, bozorlarda OIV infeksiyasi boʻyicha aholi xabardorligini oshirishga qaratilgan roliklar va radiomaslahatlarni taqdim etish.2023 — 2027-yillarSogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi,Transport vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari14.OIV infeksiyasini parenteral yoʻl (teri va shilliq qatlamlarning yaxlitligini buzuvchi muolajalar) orqali yuqtirish yoki yuqtirish xavfi ostida qoldirish holatlarini aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish.1. OIV infeksiyasini yuqtirish yoki yuqtirish xavfi ostida qoldirish, shuningdek, shaxsning kasb yuzasidan oʻz vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida boshqa shaxsga OIV infeksiyasini yuqtirish holatlarini aniqlash jarayonida tuziladigan hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladigan tekshiruv hujjatlarining standart namunalarini ishlab chiqish.2023-yil 1-may-Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati,Sogʻliqni saqlash vazirligi,Ichki ishlar vazirligi,Adliya vazirligi,Bosh prokuratura,Oliy sud,Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil,Advokatlar palatasi2. Tekshiruv hujjatlarining standart namunalarini manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish va oʻrnatilgan tartibda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi — Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlash.2023-yil 1-iyun15.OIV infeksiyasi tarqalishi ustidan epidemiologik nazoratni amalga oshirish.1. Davolash-profilaktika muassasalari faoliyatiga OIV infeksiyasi profilaktikasiga doir chora-tadbirlar joriy etish.2023 — 2027-yillar-Sogʻliqni saqlash vazirligi2. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining bajarilishi ustidan nazorat tadbirlarini amalga oshirish.Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi,Sogʻliqni saqlash vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralarIII. OITSga qarshi kurash markazlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash16.Retrovirusga qarshi davolanayotgan bemorlarda dori vositalarining nojoʻya taʼsirini erta aniqlash va davolash samaradorligini oshirish maqsadida OITSga qarshi kurash markazlari poliklinika boʻlimlarini zarur tibbiy uskunalar bilan jihozlash.1. 3 turdagi (EKG, densitometr, UTT) tibbiy uskunalar uchun texnik vazifa ishlab chiqish.2023-yil 1-maySogʻliqni saqlash vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi2. EKG, densitometr va UTT uskunalarini xarid qilish va yetkazish. Jumladan, Respublika OITSga qarshi kurash markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri OITSga qarshi kurash markazlarini 15 ta UTT, 15 ta densitometr va 14 ta EKG uskunalari bilan taʼminlash.3. OIV infeksiyali bemorlarga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish.2024-2025-yillarInvestitsiya dasturi asosida5 244,2 mln soʻm17.OITSga qarshi kurash markazlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash maqsadida 15 ta markaz binolarida kapital taʼmirlash, rekonstruksiya va qurilish ishlarini amalga oshirish hamda ularning laboratoriyalarini asbob-uskunalar bilan jihozlash.1. Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash va tasdiqlash.2. Qurilish va taʼmirlash ishlarini olib borish.Osiyo taraqqiyot banki hamda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining imtiyozli qarz mablagʻlari7,5 mln AQSH doll.Sogʻliqni saqlash vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari3. Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish.2023-2024-yillarOITSga qarshi kurash markazlarining tumanlararo diagnostika laboratoriyalarida qurilish, kapital taʼmirlash va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish:1. Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash va tasdiqlash.2. Qurilish va taʼmirlash ishlarini olib borish.3. Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish.1. Navoiy viloyati Xatirchi va Qiziltepa tumanlararo diagnostika laboratoriyalarini kapital taʼmirlash.2023-2024-yillarMahalliy budjet mablagʻlari3 mlrd soʻm2. Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanlararo diagnostika laboratoriya binosini joriy taʼmirlash.2024-2025-yillarInvestitsiya dasturi asosida150,0 mln soʻm3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanlararo diagnostika laboratoriyasini qurish, Beruniy tumanlararo diagnostika laboratoriyasini taʼmirlash.2024-2025-yillar2 042,1 mln soʻm4. Buxoro viloyati Olot, Vobkent va Gʻijduvon tumanlararo diagnostika laboratoriyalarini kapital taʼmirlash.2025-2026-yillar750,0 mln soʻm5. Xorazm viloyati Xiva tumanlararo diagnostika laboratoriyasini kapital taʼmirlash.2025-2026-yillar250,0 mln soʻm6. Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon, Narpay, Urgut va Samarqand tumanlararo diagnostika laboratoriyalarini kapital taʼmirlash.2026-2027-yillar2 500,0 mln soʻm7. Jizzax viloyati Forish va Gʻallaorol tumanlararo diagnostika laboratoriyalarini kapital taʼmirlash.2024-2025-yillar2 206,8 mln soʻm8. Qashqadaryo viloyati Gʻuzor va Shahrisabz tumanlararo diagnostika laboratoriyalarini kapital taʼmirlash.2024-2025-yillar1 200,0 mln soʻm9. Fargʻona viloyati Soʻx tumanlararo diagnostika laboratoriyasini tashkil qilish.2024-2025-yillar362,2 mln soʻm10. Sirdaryo viloyati Boyovut va Oqoltin tumanlararo diagnostika laboratoriyalarini kapital taʼmirlash.2025-2026-yillar1 944,8 mln soʻm18.OIV diagnostika laboratoriyalari ish sifatini yaxshilash maqsadida OITSga qarshi kurash markazlarining tumanlararo diagnostika laboratoriyalarini zarur diagnostika asbob-uskunalari va texnika bilan jihozlash.1. Texnik vazifa ishlab chiqish.2. 21 turdagi tibbiy diagnostika uskunalari va texnikani xarid qilish va yetkazish.Investitsiya dasturi asosidaSogʻliqni saqlash vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi2024-yil12 697,9 mln soʻm2025-yil7 252,6 mln soʻm2026-yil7 358,3 mln soʻm2027-yil6 986,0 mln soʻm19.Aholiga tibbiy xizmatni yaqinlashtirish, OIV infeksiyasini tashxislash va davolash sifatini oshirish maqsadida OITSga qarshi kurash markazlarining avtomobil parkini yangilash.1. Ehtiyojdan kelib chiqib, buyurtmalarni tayyorlash.2. 54 dona maxsus avtotransport vositalarini xarid qilish.2023 — 2026-yillarOITSga qarshi kurash markazlarining budjetdan tashqari mablagʻlari(hisob-kitoblar asosida)Sogʻliqni saqlash vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligiIV. Tibbiyot muassasalarining kadrlar va ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish20.OIV infeksiyasiga tashxis qoʻyish, davolash va oldini olishda zamonaviy usullarni oʻrganish va amaliyotga tatbiq qilish maqsadida tibbiyot xodimlarining malakasini xorijda oshirish.1. Xorijga malaka oshirishga yuboriladigan kamida 50 nafar tibbiyot xodimlarining roʻyxatini shakllantirish.2. Ushbu xodimlarni ish joylarida zarur tayyorgarlikdan oʻtkazish.3. Tibbiyot xodimlarini OIV infeksiyasini davolash, tashxislash va oldini olish masalalari boʻyicha malaka oshirish uchun xorijga yuborishni tashkil etish.2023 — 2027-yillarIqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi21.Soha boʻyicha xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan ilmiy va amaliyot yoʻnalishlarida tajriba almashish maqsadida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish.1. Sohaga tegishli dasturlarni amalga oshiruvchi xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda loyihalar ishlab chiqish.2. Loyihalarni tegishli tashkilotlar bilan kelishish va amalga oshirish.2023 — 2027-yillar-Sogʻliqni saqlash vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi22.Respublikada OIV infeksiyasiga qarshi kurashish sohasida olib boriladigan tizimli tadbirlarni takomillashtirish orqali butun aholi oʻrtasida OIV infeksiyasi tarqalishini kamaytirish maqsadida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish.1. OIV infeksiyasi profilaktikasi, diagnostikasi va uni davolash sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning dolzarb yoʻnalishlarini aniqlash va tadqiqotlar roʻyxatini shakllantirish.2023 — 2027-yillarDavlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlar,Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi2. OIV infeksiyasining tarqalish surʼatlariga taʼsir koʻrsatuvchi omillarni aniqlash, ularning faolligini baholash, OIV infeksiyasini yuqtirgan bemorlarni davolash samarasini oʻrganish boʻyicha dozorli epidemiologik nazorat tadbirlarini oʻtkazish.OITS, sil va bezgakka qarshi kurashish boʻyicha Global jamgʻarma va xalqaro tashkilotlar mablagʻlari2023-yil0,40 mln AQSH doll.2025-yil4 582,0 mln soʻm3. Maqsadli grantlar boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish, shu jumladan OIV infeksiyasi bilan yashovchi shaxslar orasida OIV infeksiyasi masalalariga doir tadqiqotlarni amalga oshirish.2023-2024-yillarxalqaro tashkilotlar mablagʻlari2000,0 mln soʻm4. Oʻtkazilgan tadbirlarning samaradorligini baholash va amalga oshiriladigan davolash-profilaktika ishlarini yaxshilash uchun tegishli tavsiyalar ishlab chiqish.2025 — 2027-yillar3000,0 mln soʻm5. Ilmiy xodimlarning mavjud axborot tizimlaridan maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va qarorlar qabul qilish boʻyicha bilim va salohiyatini oshirish.Xalqaro tashkilotlar grantlari23.OITSga qarshi kurashish tizimini raqamlashtirish, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish va hisobotlarni yuritishni soddalashtirish maqsadida OIV infeksiyasi boʻyicha idoralararo axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish.1. OIV infeksiyasi aniqlangan holatlar monitoringini olib borish, real vaqt rejimida dori vositalari, test-tizimlar va boshqa vositalarning harakatlanishini kuzatib borish hamda idoralararo hamkorlikni amalga oshirish imkonini beruvchi elektron axborot tizimini yaratish.2. Mazkur tizim hamda Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi va boshqa manfaatdor tashkilotlarning elektron bazalari oʻrtasida “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali elektron hamkorlikni amalga oshirish.2023-yil yakuniga qadarOITS, sil va bezgakka qarshi kurashish boʻyicha Global jamgʻarma mablagʻlari0,1 mln AQSH doll.Sogʻliqni saqlash vazirligi,Ichki ishlar vazirligi,Adliya vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar24.OIV infeksiyasiga qarshi kurash sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish.1. OIV infeksiyasi bilan bogʻliq meʼyoriy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish, ilgʻor amaliyotlarni joriy etish yoʻnalishida xorijiy tajribani oʻrganish.2. Ilgʻor xorijiy ilmiy-amaliy markazlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.3. OIV infeksiyasiga qarshi kurash sohasida xalqaro standartlarni keng joriy etish.2023 — 2027-yillarXalqaro tashkilotlar grantlariSogʻliqni saqlash vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar,nodavlat notijorat tashkilotlar, hamkor tashkilotlarDasturda nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishi uchun jami xarajatlar:119 940,64 mln soʻm va 53,93 mln AQSH dollarishundan:mln soʻmmln AQSH dollariDavlat budjeti mablagʻlari45 851,928,27OITS, sil va bezgakka qarshi kurashish boʻyicha Global jamgʻarma mablagʻlari va boshqa donor tashkilotlar mablagʻlari-18,16Mahalliy budjet mablagʻlari13 383,34-OITSga qarshi kurash markazlariga ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar178,5Investitsiya dasturi mablagʻlari50 944,9Osiyo taraqqiyot banki hamda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining qarz mablagʻlari-7,5Xalqaro tashkilotlar mablagʻlari9 582,0
Izoh: loyihalarning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari loyiha-smeta hujjatlari va tanlov (tender) savdolari natijalari boʻyicha aniqlashtiriladi.
