Yaponiya banklari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarning moliyalashtirish tartibi oʻzgarishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banki ishtirokida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-sentabrdagi 547-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (18-son)
16.01.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banki kreditlarini jalb qilgan holda “Oʻzbektelekom” AK telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banki ishtirokida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-sentabrdagi 547-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banki kreditlarini jalb qilgan holda “Oʻzbektelekom” AK telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining moliyalashtirish tartibi, qiymati va foiz stavkalarining oʻzgarishi;
investitsiya loyihalari doirasida dastlabki toʻlovni amalga oshiruvchi Yaponiya tijorat bankining oʻzgarishi;
investitsiya loyihalari texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy parametrlari oʻzgarishi.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 16-yanvar,
18-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-yanvardagi 18-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banki ishtirokida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-sentabrdagi 547-son qaroriga kiritilayotgan
OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR
1. 1-bandda:
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun JBIC va Yaponiyaning “MUFG Bank, Ltd” bankining (keyingi oʻrinlarda — MUFG) jami 157,37 mln. AQSh dollari ekvivalentida yapon yenasidagi kreditlarini jalb qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin”;
b) quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
““Oʻzbektelekom” AKga investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida JBIC va MUFG banklari bilan kredit bitimlarini imzolashga ruxsat berilsin”.
2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Quyidagilar umumiy qiymati 209,89 mln. AQSh dollariga teng investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
JBICning 12 yil muddatga, 2 yil 6 oylik imtiyoz davri bilan 2,54 foiz (JPY CIRR 1,17 foiz, JBIC Premium 1,37 foiz) yillik foiz stavkada 133,76 mln. AQSh dollari ekvivalentida yapon yenasidagi krediti;
MUFGning 3 yil muddatga, 18 oylik imtiyoz davri bilan, TORF+3,1 foiz yillik foiz stavkada 23,6 mln. AQSh dollari ekvivalentida yapon yenasidagi krediti;
“Oʻzbektelekom” AKning 52,53 mln. AQSh dollari miqdoridagi oʻz mablagʻlari”.
3. 3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “SMBC” soʻzi “MUFG” soʻzi bilan almashtirilsin.
4. 4-bandning oltinchi xatboshisidagi “Sumitomo Mitsui Banking Corporation” soʻzlari “MUFG” soʻzi bilan almashtirilsin.
5. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Iqtisodiyot va moliya vaziriga investitsiya loyihalari doirasida jalb qilinayotgan kreditlar boʻyicha “Oʻzbektelekom” AKning xorijiy banklar oldidagi majburiyatlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini belgilangan tartibda berish vakolati taqdim etilsin”.
6. Quyidagi tahrirdagi 51 va 52-bandlar bilan toʻldirilsin:
“51. Toshkent, Buxoro hamda Fargʻona viloyatlari hokimliklari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq Raqamli texnologiyalar vazirligiga “Maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini tashkil etish (data-markaz)” uchun Toshkent, Buxoro hamda Fargʻona viloyatlaridan har biri 3 gektardan kam boʻlmagan, yer maydonlarini doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishini taʼminlasinlar.
Raqamli texnologiyalar vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi belgilangan tartibda kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishini hamda erga boʻlgan huquqlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Bunda:
yer maydonlari Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan “Oʻzbektelekom” AKga Maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini tashkil etish uchun 30 yil muddatga ijaraga beriladi;
ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan yer uchastkalari boʻyicha ijara toʻlovi yer soligʻiga teng miqdorda amalga oshiriladi.
52. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Toshkent, Buxoro va Fargʻona viloyatlari hududlarida Maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini tashkil etish va uzluksiz faoliyat yuritishi uchun “Oʻzbektelekom” AKning murojaatiga asosan zaruriy quvvatga ega boʻlgan birinchi toifali elektr energiyasi taʼminoti bilan taʼminlasin va uning uzluksizligini taʼminlab borsin”.
7. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
““Maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini tashkil etish (data-markaz)” investitsiya loyihasi boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslarning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari
T/r Koʻrsatkichlar nomi Oʻlchov birligi Jami Shu jumladan: JBIC krediti MUFG krediti Oʻz mablagʻlari 1. Loyihaning umumiy qiymati ming AQSh doll. 115 446,01 74 961,35 13 228,47 27 256,19 2. Kapital qoʻyilmalar miqdori, jami: ming AQSh doll. 115 446,01 74 961,35 13 228,47 27 256,19 shu jumladan: mashina va uskunalar ming AQSh doll. 88 189,82 74 961,35 13 228,47 qurilish-montaj ishlari ming AQSh doll. ekv. 5 062,31 5 062,31 investitsiya davrida moliyaviy xarajatlar ming AQSh doll. ekv. 1 954,63 1 954,63 dastlabki aylanma mablagʻlar ming AQSh doll. - Boshqa xarajatlar: milliy valyutada ming AQSh doll. ekv. 20 239,25 20 239,25 3. Korxonaning quvvati, Toshkent, Buxoro va Fargʻona viloyatlarida Data-markazlarni tashkil etish. 4. Tashkil etiladigan ish oʻrinlari 14 ta ish oʻrni 5. Loyihaning oʻzini oqlash muddati: Oddiy (yil) 6 yil 4 oy Diskontli (yil) 8 yil 11 oy 6. Investitsiya davrining davomiyligi 15 oy 7. Yaratiladigan ishlab chiqarish fondlarining qiymati 101 362,83 ming AQSh doll.ekv. 8. Kredit va boshqa qarz mablagʻlarining qaytarilish muddati, valyutada JBIC — 12 yil (shundan 2 yil 6 oyi imtiyozli), MUFG — 3 yil (shundan 18 oyi imtiyozli) ”.
8. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
““Oʻzbektelekom” AKning xalqaro paketli kommutatsiya markazlarini kengaytirish” investitsiya loyihasi boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslarning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari
T/r Koʻrsatkichlar nomi Oʻlchov birligi Jami Shu jumladan: JBIC krediti MUFG krediti Oʻz mablagʻlari 1. Loyihaning umumiy qiymati ming AQSh doll. 59 437,53 36 973,01 6 524,65 15 939,87 2. Kapital qoʻyilmalar miqdori, jami: ming AQSh doll. 59 437,53 36 973,01 6 524,65 15 939,87 shu jumladan: mashina va uskunalar ming AQSh doll. 43 497,66 36 973,01 6 524,65 qurilish-montaj ishlari ming AQSh doll. ekv. - investitsiya davrida moliyaviy xarajatlar ming AQSh doll. ekv. 964,08 964,08 dastlabki aylanma mablagʻlari ming AQSh doll.ekv. - boshqa xarajatlar: milliy valyutada ming AQSh doll. ekv. 14 975,79 14 975,79 3. Korxonaning quvvati Xalqaro paketli kommutatsiya markazlarining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini 4200 Gbit/s ga yetkazish 4. Tashkil etiladigan ish oʻrinlari - 5. Loyihaning oʻzini oqlash muddati: Oddiy (yil) 6 yil Diskontli (yil) 8 yil 10 oy 6. Investitsiya davrining davomiyligi 15 oy 7. Yaratiladigan ishlab chiqarish fondlarining qiymati 51 079,31 ming doll. 8. Kredit va boshqa qarz mablagʻlarining qaytarilish muddati, valyutada JBIC krediti — 12 yil (shundan — 2 yil 6 oyi imtiyozli), MUFG krediti — 3 yil (shundan — 18 oyi imtiyozli) ”.
9. 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
““Oʻzbektelekom” AKning telekommunikatsiya transport tarmogʻi va maʼlumotlarni uzatish tarmogʻini kengaytirish” investitsiya loyihasi boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslarning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari
T/r Koʻrsatkichlar nomi Oʻlchov birligi Jami Shu jumladan: JBIC krediti MUFG krediti Oʻz mablagʻlari 1. Loyihaning umumiy qiymati ming AQSh doll. 35 011,62 21 826,02 3 851,65 9 333,95 2. Kapital qoʻyilmalar miqdori, jami: ming AQSh doll. 35 011,62 21 826,02 3 851,65 9 333,95 shu jumladan: mashina va uskunalar ming AQSh doll. 25 677,67 21 826,02 3 851,65 qurilish-montaj ishlari ming AQSh doll. ekv. - investitsiya davrida moliyaviy xarajatlar 569,12 - 569,12 dastlabki aylanma mablagʻlar: milliy valyutada ming AQSh doll. ekv. - - boshqa xarajatlar: milliy valyutada ming AQSh doll. ekv. 8 764,84 8 764,84 3. Korxonaning quvvati “Oʻzbektelekom” AK transport tarmogʻi tezligini 52 Tbit/s dan 60 Tbit/s ga yetkazish. 4. Tashkil etiladigan ish oʻrinlari - 5. Loyihaning oʻzini oqlash muddati: Oddiy (yil) 4 yil 5 oy Diskontli (yil) 5 yil 5 oy 6. Investitsiya davrining davomiyligi 15 oy 7. Yaratiladigan ishlab chiqarish fondlarining qiymati 30 177,12 ming AQSh doll. ekv. 8. Kredit va boshqa qarz mablagʻlarining qaytarilish muddati, valyutada JBIC — 12 yil (shundan 2 yil 6 oyi imtiyozli), MUFG — 3 yil (shundan 18 oyi imtiyozli) ”.
10. 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
““Oʻzbektelekom” AKning investitsiya loyihalari boʻyicha Yaponiya xalqaro hamkorlik banki kreditini qaytarish prognoz GRAFIGI
Qarz summasi — 133 760 378 AQSh dollar Qarzni qaytarish muddati — 12 yil Imtiyozli davr — 2 yil 6 oy JBIC foiz stavkasi — 2,54% (yillik)* Majburiyat komissiyasi — 0,2% (yillik) Kreditni tashkil etish uchun komissiya — 1,5 % (bir marotabalik)** Davlat kafolati komissiyasi — 0,5 % (yillik) AQSh doll. Toʻlov muddati Kredit qoldigʻi Asosiy qarzni toʻlovi Foiz toʻlovlari Kreditni tashkil etish komissiyasi Majburiyat komissiyasi Davlat kafolati komissiya Jami toʻlovlar 31.12.2022-y. - - - - - - - 31.01.2023-y. - - - - - - - 28.02.2023-y. - - - 802 562 - - 802 562 30.06.2023-y. 44 586 793 - 187 717 - 81 966 36 952 306 635 31.12.2023-y. 111 466 982 - 999 086 - 67 552 196 671 1 263 309 30.06.2024-y. 133 760 378 - 1 646 010 - 7 329 324 018 1 977 357 31.12.2024-y. 133 760 378 - 1 712 719 - - 337 149 2 049 869 30.06.2025-y. 127 072 356 6 688 022 1 684 794 - - 331 652 8 704 469 31.12.2025-y. 120 384 334 6 688 022 1 627 083 - - 320 292 8 635 397 30.06.2026-y. 113 696 312 6 688 022 1 516 315 - - 298 487 8 502 824 31.12.2026-y. 107 008 290 6 688 022 1 455 811 - - 286 577 8 430 410 30.06.2027-y. 100 320 267 6 688 022 1 347 835 - - 265 322 8 301 179 31.12.2027-y. 93 632 245 6 688 022 1 284 539 - - 252 862 8 225 423 30.06.2028-y. 86 944 223 6 688 022 1 185 872 - - 233 439 8 107 333 31.12.2028-y. 80 256 201 6 688 022 1 113 267 - - 219 147 8 020 436 30.06.2029-y. 73 568 179 6 688 022 1 010 876 - - 198 991 7 897 890 31.12.2029-y. 66 880 157 6 688 022 941 995 - - 185 432 7 815 449 30.06.2030-y. 60 192 135 6 688 022 842 397 - - 165 826 7 696 245 31.12.2030-y. 53 504 113 6 688 022 770 723 - - 151 717 7 610 462 30.06.2031-y. 46 816 091 6 688 022 673 917 - - 132 661 7 494 600 31.12.2031-y. 40 128 069 6 688 022 599 451 - - 118 002 7 405 475 30.06.2032-y. 33 440 047 6 688 022 508 230 - - 100 045 7 296 298 31.12.2032-y. 26 752 024 6 688 022 428 179 - - 84 287 7 200 489 30.06.2033-y. 20 064 002 6 688 022 336 958 - - 66 330 7 091 311 31.12.2033-y. 13 375 980 6 688 022 256 907 - - 50 572 6 995 502 30.06.2034-y. 6 687 958 6 688 022 168 479 - - 33 165 6 889 666 31.12.2034-y. - 6 687 958 85 635 - - 16 857 6 790 451 Jami 133 760 378 22 384 795 802 562 156 847 4 406 456 161 511 042
* ushbu foiz stavkasi JBIC Premium va CIRR stavkalari yigʻindisidan iborat boʻlib, har oyda oʻzgaradi. 2022-yil 20-dekabr holatiga CIRR qiymati 1,17 foizni, JBIC Premium qiymati 1,37 foizni tashkil etadi. Kredit bitimini imzolash jarayonida ushbu hujjat imzolanadigan sanadagi amaldagi foiz stavkasi inobatga olinadi.
** Kreditni tashkil etish uchun 1,5 foizlik (bir martalik) komissiya faqat MUFG ulushi yaʼni JBIC banki bilan imzolanadigan qarz bitimi doirasidagi jami qarzning 40 foizi (7 750 076 296 yena) hisobidan toʻlanadi”.
11. 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
““Oʻzbektelekom” AKning investitsiya loyihalari boʻyicha Yaponiyaning MUFG banki kreditini qaytarish prognoz GRAFIGI
Qarz summasi — 23 604 773 AQSh dollar Qarzni qaytarish muddati — 3 yil Imtiyozli davr — 18 oy MUFG foiz stavkasi — 3,1% (yillik) + TORF* (Tokyo Term Risk Free Rate) Majburiyat komissiyasi — 0,93% (yillik) Kreditni tashkil etish uchun komissiya — 2 % (bir marotabalik) Davlat kafolati komissiyasi — 0,5 % (yillik) AQSh doll. Toʻlov muddati Kredit qoldigʻi Asosiy qarzni toʻlovi MUFG foiz stavkasi Kreditni tashkil etish komissiyasi Majburiyat komissiyasi Davlat kafolati komissiya Jami toʻlovlar 31.12.2022-y. - - - - - - - 31.01.2023-y. 23 604 773 - - 472 095 18 645 - 490 740 31.07.2023-y. 23 604 773 - 367 907 - - 59 340 427 246 31.01.2024-y. 23 604 773 - 374 005 - - 60 323 434 328 31.07.2024-y. 17 703 579 5 901 193 369 939 - - 59 668 6 330 800 31.01.2025-y. 11 802 386 5 901 193 280 503 - - 45 242 6 226 939 31.07.2025-y. 5 901 193 5 901 193 183 953 - - 29 670 6 114 816 31.01.2026-y. - 5 901 194 93 501 - - 15 081 6 009 775 Jami 23 604 773 1 669 808 472 095 18 645 269 324 26 034 644
* 2022-yil 20-dekabr holatiga 6 oylik TORF koʻrsatkichi — 0,02 foizga teng. TORF stavkasi MUFG foiz toʻlovlarini hisoblashdan tashqari, JBIC kredit shartnomasi boʻyicha muddati oʻtgan foiz toʻlovlari uchun qoʻshimcha toʻlovlarni hisoblashda ham qoʻllaniladi”.
