“2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi QL-982-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (2793-IV-son)
22.12.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi QL-982-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 22-dekabr,
2793-IV-son
