QL-970, QL-975, QL-984 va QL-989-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida (2812-IV-son)
27.12.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Ikkinchi oʻqishda qabul qilingan “Kameral soliq tekshiruvi tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-970-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-975-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-984-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda “Soliq va budjet siyosatining 2023-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-989-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Soliq va budjet siyosatining 2023-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 27-dekabr,
2812-IV-son
